Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 24.11.2011 y. 24-son "Iste’molchi ob’yektlarini elektr ta’minoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 21.12.2011 y. 1731-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.12.2011 y.

N 1731-1




ELEKTR ENERGETIKADA

NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT

INSPEKSIYaSI BOShLIINING

24.11.2011 y.

N 24


BUYRUI



Iste’molchi ob’yektlarning elektr ta’minoti

loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida


(2011 yil 31 dekabrdan kuchga kiradi)


Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi 96-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi) toʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshliining 2007 yil 17 sentyabrdagi 144-son buyrui bilan tasdiqlangan Iste’molchi ob’yektlarning elektr ta’minoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1731, 2007 yil 20 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 43-son, 436-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Boshliq                                                                                     A. Nimatullayev






Buyruqqa

ILOVA



Iste’molchi ob’yektlarning elektr ta’minoti

loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritiladigan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 3-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 yil, 3-4-son, 26-modda)" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Ulangan quvvati 750 kVA gacha boʻlgan elektr ta’minoti ob’yektlarining loyihalari boʻyicha хulosalar Oʻzdavenergonazoratning hududiy boʻlimlari (Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari bundan mustasno), 750 kVA va undan yuqorilari Oʻzdavenergonazorat tomonidan beriladi.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan elektr ta’minoti ob’yektlarining loyihalari boʻyicha хulosalar berish Oʻzdavenergonazorat tomonidan amalga oshiriladi".


3. 9-bandda "loyihasi boʻyicha" degan soʻzlar "loyihasining kelishuvi toʻrisida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining quvvati 50 kVt gacha boʻlgan elektr ta’minoti ob’yektlarining loyihalari kelishuvini oʻtkazish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak".


5. 13-band toʻrtinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan "Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari", "Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi va "Oʻzbekenergo" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishildi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 51-son, 547-modda