Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.06.2003 y. 271-son "Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.06.2003 y.

N 271



ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYaSIDAN

FOYDALANISh QOIDALARINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


"Energiyadan oqilona foydalanish toʻrisida"gi 1997 yil 25 apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;

Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzdavenergonazorat" agentligi:

bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan qoidalarni vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari boʻyicha respublikaning barcha elektr va issiqlik energiyasidan foydalanuvchilariga, shu jumladan joylardagi davlat hokimiyati organlariga yetkazsinlar, shuningdek belgilangan tartibda aholini хabardor qilsinlar;

"Oʻzteleradio" kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bilan birgalikda ommaviy aхborot vositalarida elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari mazmunini keng yoritsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 Oʻ.Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 6, 46-modda.