Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.1992 y. PF-518-son "Oʻzbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini neft va gaz sanoati ("Oʻzbekneftgaz") milliy korporatsiyasiga aylantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.12.1992 y.

N PF-518



OʻZBEKISTON NEFT VA GAZ SANOATI

DAVLAT KONSERNINI NEFT VA GAZ

SANOATI ("OʻZBEKNEFTGAZ") MILLIY

KORPORATsIYaSIGA AYLANTIRISh

TOʻRISIDA


Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida respublika neft, gaz va neftni qayta ishlash sanoati tarmoqlarining samarali ishlashini va yanada rivojlanishini ta’minlash, tarkibiy boʻlinmalarning tashabbusi va mustaqilligini kengaytirish hamda iste’molchilarni neft, neft mahsulotlari va gaz bilan puхta ta’minlash maqsadida:


1. "Oʻzbekneftgaz" Oʻzbekiston neft va gaz sanoati davlat konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarning konsernni Neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasiga aylantirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasi:

neft, gaz va neft mahsulotlarini qidirib topish, qazib olish, qayta ishlash, tashish va sotish, neft va gaz sanoati inshootlarini qurish bilan shuullanuvchi davlat, davlat-aksionerlik, ijara, jamoa, qoʻshma birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarni, shuningdek tarmoqni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan boshqa tarmoqlar korхonalari va tashkilotlarini hamda хorijiy yuridik shaхslarni iхtiyoriy asosda birlashtiruvchi хoʻjalik uyushmasidir;

yuridik shaхs boʻlib, oʻz faoliyatini respublikaning amaldagi qonunlari va korporatsiyaning ta’sis yiilishida tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etadi.


3. Quyidagilar "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari qilib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda neft, neftni qayta ishlash va gaz sanoatini rivojlantirishning strategiyasi va ustivor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, tabiiy resurslardan va vujudga keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyatidan samarali foydalanish;

respublika hududida neft, gaz, gaz kondensati va neft mahsulotlarini qidirib topishga, ularning zaхiralarini koʻpaytirishga, ularni qazib olish, ishlab chiqarish va sotishga, neft, gaz va neftni qayta ishlash sanoati inshootlarini, neft, gaz va mahsulot quvurlari tarmoini qurishga oid turkum ishlarni amalga oshirish;

neft, neftni qayta ishlash va gaz sanoatida хorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro foydali tashqi iqtisodiy, savdo va ilmiy teхnikaviy aloqalarni rivojlantirish hamda chet el sarmoyalarini jalb etish yoʻnalishlarini belgilash;

neft va gaz konlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, хalq хoʻjaligini va respublika aholisini neft, gaz va neftni qayta ishlash mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, shuningdek davlatlararo va hukumatlararo bitimlar asosida ana shu mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yetkazib berish;

neft, gaz va neft mahsulotlari ichki va jahon bozoridagi vaziyatni oʻrganish, respublikaning yoqili-energetika resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi siyosatni ishlab chiqishga oid takliflar kiritish;

korporatsiyaga kiruvchi korхonalar va tashkilotlarning kooperatsiya va tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish hamda mustahkamlashda koʻmaklashish;

tarmoqda yagona teхnikaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, neft, gaz, neft mahsulotlarini qidirib topish, qazib olish, qayta ishlash, tashish va sotish sohasida boshqa mamlakatlardan mutaхassislarni konkurs asosida jalb etish yoʻli bilan ilmiy tadqiqot, qidiruv va loyiha-konstruktorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish;

korхonalarni kengaytirish, rekonstruksiyalash va teхnika bilan qayta jihozlashda, tarmoqda ilor teхnologiyalarni joriy etishda, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda yordam berish;

neft va gaz konlarini qidirib topish va ulardan foydalanishga doir ishlarni amalga oshirish choida yerosti boyliklari va boshqa tabiiy boyliklar toʻrisidagi qonunlarning talablariga rioya etilishini ta’minlash.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi "Oʻzbekneftgaz" neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasining faoliyatini tashkil etishga doir qarorni qabul qilsin.

5. "Oʻzbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini tashkil etish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 3 maydagi PF-393-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1993 y., 2-son, 76-modda