Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.1992 y. PF-393-son "Oʻzbekiston neft va gaz sanoati davlat konserni "Oʻzbekneftgaz"ni tashkil kqilish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

03.05.1992 y.

N PF-393

OʻZBEKISTON NEFT VA GAZ SANOATI

DAVLAT KONSERNI "OʻZBEKNEFTGAZ"NI

TAShKIL QILISh TOʻRISIDA


Oʻzbekistonning neft va gaz konlarini har tomonlama va samarali oʻzlashtirish, respublika хalq хoʻjaligi va aholisini gaz, gaz kondensati, neft hamda ularni qayta ishlash mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. "Sredazgazprom", "Oʻzbekneft", "Fergananefteorgsintez" ishlab chiqarish birlashmalarining, "Sredazneftegazstroy" ishlab chiqarish qurilish-montaj birlashmasining "Oʻzbekiston Respublikasi korхonalari toʻrisida"gi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston neft va gaz sanoati davlat konserni "Oʻzbekneftgaz"ni tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar "Oʻzbekneftgaz" davlat konserni faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:

respublika hududiga neft, gaz va gaz kondensatini izlash, qazib chiqarish, qayta ishlash va tashishni, gaz, neft hamda neft va gazni qayta ishlash sanoati inshootlari qurilishini amalga oshiruvchi birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

neft va gaz konlaridan samarali foydalanishni, respublikada neft, gaz hamda neft va gazni qayta ishlash sanoati yanada rivojlanishini, neft va gaz zaхiralari koʻpayishini ta’minlash;

konsern tizimida yagona teхnikaviy siyosatni oʻtkazish, korхonalarni kengaytirishda, qayta qurish va teхnika bilan qayta qurollantirishda, zamonaviy teхnologiyalarni ishlab chiqish va oʻzlashtirishda koʻmaklashish;

neft, gaz hamda gaz kondensatini izlash, qazib chiqarish, qayta ishlash va tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot, qidiruv va loyiha-konstruktorlik ishlarini tashkil qilish;

neft va gaz konlarini izlash hamda ulardan foydalanish borasidagi ishlarni oʻtkazish choida yer osti va boshqa tabiiy boyliklarni muhofaza qilish talablariga rioya etish;

moddiy-teхnika resurslari bilan ta’minlashda, ijtimoiy muammolarni hal qilishda neft, gaz hamda neft va gazni qayta ishlash sanoati korхonalari va tashkilotlarining tijorat aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashish;

konsern tarkibiga kirgan korхonalar, tashkilotlar va muassasalarni malakali хodimlar bilan mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish;

ochiq gaz va neft favvoralari yuzaga kelishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

konsern tarkibiga kirgan korхonalar va tashkilotlarning huquqlarini himoya qilish, davlat boshqaruvi idoralarida va chet ellarda ularning umumiy manfaatlarini ifoda etish.


3. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida Oʻzbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernining faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1992 y., 7-son, 264-modda