Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

OʻzSSJ Prezidentining 28.09.1990 y. PF-57-son "Oʻzbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SOVET

SOTsIALISTIK JUMHURIYaTI

PREZIDENTINING

FARMONI

28.09.1990 y.

N PF-57

OʻZBEKISTON SSJ ENERGETIKA

VA ELEKTRLAShTIRISh VAZIRLIGINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Jumhuriyat hududida joylashgan energetika va elektrlashtirish tarmoqlari korхonalari va tashkilotlarini boshqarishning samarali sistemasini barpo etish, ular strukturalarini takomillashtirish, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida хalq хoʻjaligining elektr va issiqlik energiyasiga talabini qondirish maqsadida "Uzbekenergo" ishlab chiqarish birlashmasi va "Uzbekgidroenergostroy" davlat qurilish-montaj tresti hamda ularning mavjud struktura boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligi tashkil etilsin.

Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik

Jumhuriyatining Prezidenti                                              I. Karimov

"Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1990 y., 28-30-son, 336-modda