Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.1993 y. 463-son "Un va nonning chakana narхlarini oshirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.09.1993 y.

N 463



UN VA NONNING ChAKANA

NARXLARINI OShIRISh TOʻRISIDA


Respublikaga keltirilayotgan donning narхi oshganligini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1993 yilning 20 sentyabridan boshlab unning bir kilogrammi uchun oʻrta hisobda 60 soʻm va va nonning bir kilogrammi uchun oʻrta hisobda 50 soʻm miqdorda chegaralangan chakana narхlar belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi un va nonning yangi chakana narхlari preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 27 maydagi 259-son qarori 1-ilovasining un va non narхlariga taalluqli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A.Mutalov