Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

OʻzSSR Prezidentining 06.05.1991 y. PF-202-son "Oʻzbekiston SSR Yengil sanoat vazirligi negizida Oʻzbekiston davlat yengil sanoat mollari ishlab chiqarish uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SOVET

SOTsIALISTIK RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

06.05.1991 y.

N PF-202

OʻZBEKISTON SSR YeNGIL SANOAT VAZIRLIGI

NEGIZIDA OʻZBEKISTON DAVLAT YeNGIL

SANOAT MOLLARI IShLAB ChIQARISh

UYuShMASINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Jumhuriyat yengil sanoat birlashmalari va korхonalarining mustaqilligini kengaytirish, bozor munosabatlari sharoitida ularning ishi hamda "Oʻzbekiston SSRdagi korхonalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston SSR Qonunining amal qilish samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek, muassis tashkilotlarning takliflari hisobga olinib:


1. Jumhuriyat Yengil sanoat vazirligi negizida Oʻzbekiston Davlat yengil sanoat mollari ishlab chiqarish uyushmasi tuzilib, uning tarkibiga quyidagilar kiritilsin:

toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan "Oʻzbektoʻqimachi" Oʻzbekiston davlat konserni;

tikuvchilik va trikotaj buyumlari ishlab chiqaradigan "Oʻzbekkiyim" Oʻzbekiston davlat konserni;

charm-poyabzal sanoati mollarini ishlab chiqaradigan "Oʻzbekpoyabzal" Oʻzbekiston davlat konserni;

chinni buyumlar ishlab chiqaradigan "Oʻzbekiston chinnisi" Oʻzbekiston davlat konserni;

yuqorida sanab oʻtilgan konsernlar tuzilmasiga kirmagan va umumtarmoq vazifalarini bajaradigan birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar.


2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti (oʻrtoq Oʻ.K. Ismoilov) Ushbu Farmonni amalga oshirishga doir tashkiliy choralarni koʻzda tutuvchi tegishli qarorni tayyorlasin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik

Respublikasining Prezidenti                                              I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1991 y., 7-son, 128-modda