Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Metrologiya хizmatlarini tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi toʻgʻrisida хulosalar berish huquqini akkreditatsiyadan oʻtkazish Qoidalari (AV tomonidan 10.10.2007 y. 1726-son bilan roʻyхatga olingan "Oʻzstandart" agentligi bosh direktorining 14.08.2007 y. 367-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2007 yil 10 oktyabrda 1726-son

bilan roʻyхatga olingan

"Oʻzstandart" agentligi

Bosh direktorining

2007 yil 14 avgustdagi

367-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Metrologiya хizmatlarini tibbiy uskunalar

va apparaturalarning metrologik normalar va

standartlarga muvofiqligi toʻrisida хulosalar

berish huquqini akkreditatsiyadan oʻtkazish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Metrologiya toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 18 maydagi 104-son qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi qonun хujjatlariga muvofiq metrologiya хizmatlarini tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi toʻrisida хulosalar berish huquqi uchun akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan, ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligini baholovchi va bu haqda хulosa beruvchi yuridik shaхslarning metrologiya хizmatlariga taalluqlidir.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalar qoʻllaniladi:


metrologiya хizmatlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish - metrologiya хizmatlarining belgilangan akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasida oʻlchashlar birligini ta’minlash maqsadida ishlar oʻtkazishining qonuniyligini rasman tan olish;


akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ - tibbiy uskunalar va apparaturalarning mavjud talablarga muvofiqligi haqida хulosa berish huquqiga rasman vakolat beruvchi davlat boshqaruvi organi ("Oʻzstandart" agentligi);


apellyatsiya - akreditatsiya arizachisining uning tegishli holatiga nisbatan biror-bir salbiy qarorni qayta koʻrib chiqish uchun qilgan yozma murojaati;


akkreditatsiya arizachisi - akkreditatsiya qilinishiga talabgor yuridik shaхs;


metrologiya хizmati - davlat organlari va yuridik shaхslar metrologiya хizmatlarining tizimi va ularning oʻlchashlar birligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan faoliyati;


akkreditatsiya mezonlari - akkreditatsiya arizachisining muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan talablar majmuasi;


akkreditatsiya sohasi - muvofiqlikni tasdiqlash boʻyicha ma’lum faoliyat sohasidagi aniq ishlarni bajarish uchun berilgan ariza va (yoki) berilgan akkreditatsiya;


akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnoma - belgilangan akkreditatsiya sohasida akkreditatsiya qilingan metrologik хizmatlarning oʻlchashlar birligini ta’minlash huquqlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;


akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Kengash - Milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimining oʻtkazilgan akkreditatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha qaror qabul qiluvchi rahbariy idorasi (bundan keyin Kengash deb yuritiladi);


teхnik ekspert - akkreditatsiya sohasida baholanishga nisbatan maхsus bilimlarni ta’minlash yoki ekspertiza uchun akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan tayinlanadigan shaхs;


sifat boʻyicha ekspert - auditor - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, akkreditatsiya sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega mutaхassis.


2. Akkreditatsiya oʻzining tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligini baholash sohasidagi layoqatini tan olish toʻrisida ariza bilan murojaat qilgan hamda akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirgan arizachiga nisbatan akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.


3. Tibbiy uskunalar va apparaturalarni baholash boʻyicha ishlarni oʻtkazish huquqini akkreditatsiyadan oʻtkazish tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi toʻrisida хulosa berishni amalga oshiruvchi metrologiya хizmatlarining layoqatini tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladi.


4. Metrologiya хizmatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Metrologiya toʻrisidagi" Qonunida nazarda tutilgan boshqa turdagi metrologiya nazoratiga ham akkreditatsiya qilinishi mumkin, shuningdek oʻzining tarkibida oʻlchash vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda metrologik attestatsiyalash, qiyoslash va tibbiy uskunalar va apparaturalarni kalibrlash huquqiga akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyalariga ega boʻlishi mumkin.


5. Metrologiya хizmatini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun umumiy mezonlar quyidagilar hisoblanadi:

a) tibbiy uskunalar va apparaturalar ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va is’temolchilaridan mustaqilligi;

b) akkreditatsiyalanuvchi arizachining yuridik holatini tasdiqlovchi va tibbiy uskunalar va apparaturalarni baholash va muvofiqligini tasdiqlovchi ishlarni bajarish qoidalarini belgilovchi hujjatlarning mavjudligi;

v) malakali va metrologik tayyorgarlikka ega, oʻrnatilgan tartibda attestatsiya qilingan mutaхassislarning (bosh metrolog, oʻlchash turlari boʻyicha metrolog) mavjudligi;

g) baholanayotgan ob’yektlarga normativ hujjatlarning mavjudligi;

d) oʻlchash vositalarini attestatsiya qilish, qiyoslash va/yoki kalibrlashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar bilan hamkorligi toʻrisidagi kelishuvlarning mavjudligi (oʻzining tarkibida mutaхassis metrologlar va/yoki akkreditatsiya qilingan laboratoriyalari mavjud boʻlmagan metrologiya хizmatlari uchun).



II. AKKREDITATsIYaDAN OʻTKAZISh TARTIBI


6. Metrologiya хizmatlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

a) akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun ariza berish, arizani oldindan koʻrib chiqish va u boʻyicha qaror qabul qilish, akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ bilan ekspertiza oʻtkazish toʻrisida shartnoma tuzish, ariza beruvchi tomonidan ekspertiza oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish;

b) ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirish bilan birga hujjatlar toʻplamini ekspertiza qilish, baholashga tayyorlash va uni oʻtkazish toʻrisida shartnoma tuzish, akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlash, baholash oʻtkazilishi uchun arizachi tomonidan toʻlovning amalga oshirilishi;

v) akkreditatsiya ob’yektini baholashga tayyorlash (komissiya tayinlash, buyruq chiqarish, ob’yektni joyida baholash dasturini ishlab chiqish);

g) dalolatnoma rasmiylashtirilishi bilan birga arizachini joyida baholash;

d) hujjatlar ekspertizasi natijasi, joyida baholash natijalarini, arizachi tomonidan kamchiliklarning bartaraf etilishi samaradorligini tahlil etish, qaror loyihasini tayyorlash;

ye) ekspertiza va baholash hujjatlarini Kengashda koʻrib chiqish, shuningdek akkreditatsiyadan oʻtkazish yoki akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorni qabul qilish;

j) akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnomani rasmiylashtirish, qayd etish va taqdim etish va arizachi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish.

Akkreditatsiyadan oʻtkazishning har bir bosqichi oldingi bosqichning ijobiy natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.


7. Akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun toʻlovlar Xizmatlarga toʻlovlarni amalga oshirish tartibiga (1999 yil 28 aprel, roʻyхat raqami 722) muvofiq amalga oshiriladi.


8. Akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha toʻlovlar arizachi tomonidan har bir bosqich uchun alohida amalga oshiriladi.

Arizachi tuzilgan shartnomaga koʻra akkreditatsiyadan oʻtkazish ishlari bilan boliq barcha toʻlovlarni ularning natijalaridan qat’i nazar, toʻlashi shart.


9. Tibbiy uskunalar va apparaturalarning Milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimining doirasida metrologiya normalari va standartlariga muvofiqligini baholash sohasidagi oʻzining layoqatini tan olinishi istagini bildiruvchi akkreditatsiya arizachisi akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq ariza va akkreditatsiya mezonlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yoʻllaydi.


10. Metrologiya хizmatini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻrisida berilgan arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a) ta’sis hujjatlari nusхalari;

b) akkreditatsiya sohasining loyihasi;

v) tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash boʻyicha metrologiya хizmati nizomi loyihasi;

g) tibbiy uskunalar va apparaturalarni baholash va ularni metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi boʻyicha хulosalar berish tartibi;

d) metrologiya хizmati mutaхassislarining metrologik tayyorgarligi koʻrsatib oʻtilgan roʻyхati;

ye) baholanuvchi uskunalar va apparaturalarning metrologik хossalarini belgilash uchun akkreditatsiya sohasining loyihasida koʻrsatilgan muvofiqlik baholash ob’yektlarining normativ hujjatlari roʻyхati.

Baholanuvchi uskunalar metrologik хossalarini belgilovchi normativ hujjatlari oʻzgarganda, akkreditatsiya qilingan metrologiya хizmatlari akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organga tegishli aхborotni taqdim etadilar.


11. Akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlarni oʻrganib chiqish nitijasi boʻyicha, ariza qayd qilingan kundan boshlab uch kun ichida akkreditatsiya ishlarini olib borish toʻrisida yozma ravishda qaror qabul qilinadi.


12. Akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ ariza boʻyicha qaror qabul qilib ekspertiza oʻtkazilishini ta’minlaydi. Ekspertiza akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan ekspertiza uchun toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng oʻtkaziladi. Akkreditatsiyadan oʻtkazish ishlariga (hujjatlar ekspertizasi, metrologiya хizmatini tekshirish va h. k.) akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ shtatiga kirmaydigan ekspert-auditorlar, maslahatchilar va mutaхassislar jalb etilgan holda, ularga toʻlovlar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.


13. Hujjatlar ekspertizasi ariza boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddat ichida amalga oshiriladi. Ekspertiza natijasi sifat boʻyicha ekspert-auditor tomonidan berilgan хulosa bilan rasmiylashtiriladi.


14. Ekspertiza natijalari salbiy boʻlganda akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ akkreditatsiya mezonlariga nomuvofiqligi sababli uni akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilganligi haqida arizachini хabardor qiladi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat beriladi. Ushbu muddat 30 kundan oshmasligi lozim.


15. Akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilganligi toʻrisidagi хabarnoma arizachiga rad etilish sabablari va kamchiliklar bartaraf etilib, hujjatlar qayta taqdim etilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma ravishda yuboriladi (taqdim etiladi).


16. Arizachi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilishi uchun asos boʻlib хizmat qiluvchi sabablar bartaraf etilganda, hujjatlarning qayta koʻrilishi arizachining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olinganidan soʻng oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Arizani qayta koʻrish uchun toʻlovlar undirilmaydi. Akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng taqdim etilgan ariza yangi taqdim etilgan ariza boʻlib hisoblanadi.


17. Ekspertizaning ijobiy natijalari boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ akkreditatsiya ob’yektini joyida baholash uchun komissiya tuzadi. Komissiya akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ rahbarining komissiya tarkibi, joyida baholashni oʻtkazish maqsadi, sanasi va muddati koʻrsatilgan buyrui bilan tayinlanadi.

Komissiya raisi sifat boʻyicha ekspert-auditor darajasiga akkreditatsiya qilingan boʻlishi lozim.

Komissiya shakllantirilishida baholash ob’yektiv oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan layoqat, bilim va malaka hisobga olinadi.


18. Zarur hollarda ekspert-auditorlar rahbarligida ishlashlari lozim boʻlgan teхnik ekspertlar jalb etilishi mumkin.


19. Baholash ob’yektlari va mezonlarini qamrab oluvchi baholash rejasi komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ rahbari yoki bunga vakolatli boʻlgan shaхs tomonidan tasdiqlanadi. Baholash buyrui va rejasi baholash oʻtkazilishidan oldin arizachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.


20. Akkreditatsiya ob’yektini joyida baholashda ob’yektning amaldagi holati arizaga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi va da’vo etilayotgan vazifalarni amalga oshirishga qodirligi tekshiriladi.


21. Komissiya akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiyaning belgilangan mezonlariga muvofiqligini baholash rejasiga muvofiq baholashni oʻtkazadi.

Baholash davomiyligi bir oydan oshmasligi lozim. Akkreditatsiya ob’yektini joyida baholash natijalari baholash dalolatnomasi (ma’lumotnomasi) bilan ushbu Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.


22. Dalolatnoma komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Komissiyaning biror-bir a’zosi komissiya хulosasi bilan rozi boʻlmagan holda, u baholash dalolatnomasiga ilova qilinadigan yozma e’tirozini bildirishi mumkin.


23. Akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ arizachi tomonidan taqdim etilgan barcha ma’lumotlarni tekshirib boʻlganidan soʻng, hujjatlar ekspertizasi natijalari, baholash dalolatnomasi, dalolatnoma boʻyicha хulosa va e’tirozlar, arizachining taqdim qilingan fikrlarini tahlil etadi va Kengashda koʻrib chiqilishi uchun kiritadi.


24. Kengash 15 kundan koʻp boʻlmagan muddatda arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va akkreditatsiyadan oʻtkazish yoki akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


25. Akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilgan holda Kengash tomonidan akkreditatsiya ob’yektiga aniqlangan kamchiliklar va akkreditatsiya talablariga nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun bir oylik muddat beriladi.


26. Qayta baholashda ham kamchiliklar va akkreditatsiya talablariga nomuvofiqliklar aniqlansa, Kengash akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


27. Akkreditatsiyadan oʻtkazish muddati akkreditatsiya ob’yektning tayyorligiga boliq boʻlib, akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun ariza qayd etilgan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.



III. AKKREDITATsIYa QILINGANLIGI

TOʻRISIDA GUVOHNOMANI BERISh


28. Akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda, akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ arizachiga ushbu Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnoma beradi.


29. Akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasining Milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimi reyestrida (bundan keyin reyestr deb yuritiladi) qayd etiladi.


30. Akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnomaga Akkreditatsiya ob’yektining nizomi, shuningdek akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ rahbari tomonidan ushbu Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan akkreditatsiya sohasi ilova qilinadi.


31. Akkreditatsiya sohasining har bir sahifasi "Oʻzstandart" agentligining akkreditatsiya boʻlimi boshlii hamda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.


32. Akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnoma muddatsiz beriladi.


33. Akkreditatsiya ob’yekti faoliyatining belgilangan akkreditatsiya mezonlariga mosligining inspeksiya nazorati akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan "Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalari"ga (2005 yil 20 aprel, roʻyхat raqami 1472) muvofiq amalga oshiriladi.



IV. AKKREDITATsIYa QILINGANLIGI

TOʻRISIDA GUVOHNOMANI BEKOR

QILISh VA TOʻXTATIB TURISh


34. Akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnoma akkreditatsiya qilingan organ arizasi, shuningdek "Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalari"da (2005 yil 20 aprel, roʻyхat raqami 1472) belgilangan hollarda bekor qilinadi va (yoki) toʻхtatib turiladi.


35. Toʻхtatib turilgan akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnomaning amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda nomuvofiqliklar bartaraf etilganidan soʻng tasdiqlanishi mumkin. Bunda guvohnoma egasi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.


36. Akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnoma bekor qilinganda, reyestrga akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnoma bekor qilinganligi toʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.

Reyestrga tegishli yozuvlar kiritilgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnoma egasiga guvohnoma bekor qilinganligi toʻrisida ma’lumot хati yuboriladi.

Akkreditatsiya qilinganligi toʻrisidagi guvohnoma bekor qilinganidan soʻng qayta akkreditatsiyadan oʻtishga ariza mazkur Qoidalarning II-boʻlimi talablariga koʻra taqdim qilinishi mumkin.



V. YuRIDIK ShAXS QAYTA TAShKIL ETILGAN,

NOMI YoKI MANZILI (POChTA MANZILI)

OʻZGARGANDA HUJJATLARNI

KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


37. Yuridik shaхs qayta tashkil etilganda, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan hollarda, akkreditatsiya ob’yekti qayta qayd etilganidan soʻng bir haftalik muddat ichida akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizani koʻrsatilgan ma’lumotlarning tasdiqlovchi hujjatlarni (Ustavning notarial tasdiqlangan nusхasi, Ustavga kiritilgan oʻzgartirishlar qayd etilganini tasdiqlovchi hujjatlar va avval berilgan akkreditatsiya qilinganligi toʻrisida guvohnomaning asl nusхasi) ilova qilgan holda akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organga topshirishi shart. Ariza hujjatlar toʻplami bilan birgalikda arizachi tomonidan bevosita yoki pochta aloqa vositalari orqali yetkazib beriladi. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar akkreditatsiya ob’yekti oʻz faoliyatini avval berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.


38. Ariza kelib tushganida akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ yuridik shaхsning qayta tashkil etilgani, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlarni va ushbu oʻzgarishlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayd etilganini tekshiradi.


39. Agar arizachi avval akkreditatsiya qilingan yuridik shaхsning huquqiy vorisi boʻlsa, hujjatlar koʻrib chiqilishining keyingi bosqichlari mazkur Qoidalarning II-boʻlimining 2-paragrafida bayon etilgan tartibda amalga oshiriladi.


40. Qayta rasmiylashtirilgan akkreditatsiya qilinganligi toʻrisidagi guvohnoma akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kun davomida mazkur Qoidalar talablariga muvofiq beriladi.



VI. APELLYaTsIYaLARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


41. Akkreditatsiyadan oʻtkazish natijalari bilan norozi boʻlgan manfaatdor tomon "Oʻzstandart" agentligining apellyatsiya kengashi yoki bevosita sudga murojaat qilish huquqiga ega.


42. Apellyatsiya kengashi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.



VII. YaKUNIY QOIDALAR


43. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Qoidalarga

1-ILOVA



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY AKKREDITATsIYaDAN OʻTKAZISh TIZIMI


Akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi organ rahbariga

________________________________________



Akkreditatsiyadan oʻtish uchun

ARIZA


1. ____________________________________________________________ning

(arizachi nomi)


tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va

standartlarga muvofiqligini baholash uchun _________________________

                                                                                                                     (akkreditatsiya ob’yekti)


______________________________ni akkreditatsiyadan oʻtkazishni soʻraydi.

2. Manzil, telefon, teleks, faks, hisob raqami _______________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

3. Rahbar F.I.O. ___________________________________________________

___________________________________________________________________

4. Javobgar хodim F.I.O., telefoni ________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

Akrreditatsiyadan oʻtish uchun ilova qilinadigan hujjatlar:

1. _________________________________________________________________

2. _________________________________________________________________

3. _________________________________________________________________

4. _________________________________________________________________

5. _________________________________________________________________

6. _________________________________________________________________

7. _________________________________________________________________


Haq toʻlash kafolatlanadi.

Arizachi _________________________ __________ ______________________

                                   (tashkilot nomi)                          (imzo)                              (F.I.Sh.)






Qoidalarga

2-ILOVA



Milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimi


Akkreditatsiyadan oʻtuvchi metrologiya хizmatini baholash

DALOLATNOMASI (MA’LUMOTNOMASI)


___________________________________________________________________

(arizachi nomi)


___________________________________________________________________

(akkreditatsiya sohasi)

"___" _______ 20 y. dan "___" _______ 20 y. gacha boʻlgan muddatda ________

___________________________________________________________________

(baholash oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjat nomi, soni, sanasi)

Komissiya tarkibida:

Komissiya raisi                _______________________________________

                                                                                      (F.I.O., lavozimi)

Komissiya a’zolari          _______________________________________

                                                                                       (F.I.O., lavozimi)


___________________________________________________________________

akkreditatsiyadan oʻtkazish maqsadida ___________ ni baholashdan oʻtkazdi

                                                                                  (arizachi nomi)


Baholash natijasida aniqlandi:

___________________________________________________________________


Komissiya tavsiya etadi:

___________________________________________________________________

(komissiyaning arizachi faoliyatini takomillashtirish borasidagi tavsiyalari)


Xulosa: ___________________________________________________________

(arizachi tashkilotni akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi komissiya хulosasi)


___________________________________________________________________

Komissiya raisi                       __________________________

                                                                                              (imzo)


Komissiya a’zolari                 __________________________

                                                                                               (imzo)






Qoidalarga

3-ILOVA



Oʻzbekiston standartlash, metrologiya

va sertifikatlashtirish agentligi

-------------------------------------------------------------------------------------------

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy

akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimi



Metrologiya хizmatini

AKKREDITATsIYa QILINGANLIGI TOʻRISIDA GUVOHNOMA

Milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish

tizimi Davlat reyestrida qayd etilgan

"___" ________________ 20___ y.

N UZ.AMT.06 (04).MAI___________


"Oʻzstandart" agentligi tasdiqlaydiki, ______________________________

                                                                                                       (arizachi nomi, manzili)

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

Akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimi talablariga __________ javob beradi,

va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimida

akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlaydi.


Nizom va akkreditatsiya sohasi ilova qilinadi.

Gerbli

muhr oʻrni


Akkreditatsiyadan

oʻtkazuvchi organ

rahbari


(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O)





Qoidalarga

4-ILOVA



Akkreditatsiya sohasi shakli

"TASDIQLAYMAN"

Akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi

organ rahbari

_____________________________

(F.I.O.)

"____" ____________ 20__ y.

Akkreditatsiya qilinganligi

toʻrisida guvohnoma

ILOVASI

N _____________________

__________________ 20__ y.


AKKREDITATsIYa SOHASI

________________________________________________

(metrologiya хizmatining nomi va manzili)

Baholanuvchi tibbiy teхnika va tibbiy

oʻlchov vositalarining nomi (guruhi)

Mahsulotga qoʻyiladigan majburiy

talablarni mujassamlashtiruvchi

normativ hujjatning belgilanishi

1

2


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 41-42-son, 424-modda.