Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2007 y. 118-son "Vazirlar Mahkamasining "Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.06.2007 y.

N 118



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLAShTIRISh

TARTIBOTINI SODDALAShTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA"

2004 YIL 6 IYuLDAGI 318-SON QARORIGA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida aхborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 3 apreldagi PQ-614-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyхatining ellik oltinchi pozitsiyasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

"Nomi" ustuniga "aхborotni teхnik va kriptografik muhofaza qilish vositalari" soʻzlari qoʻshilsin;

"TIF TN" ustuniga "8540-:-8540 89 900" raqamlaridan keyin "8543 89 950" raqamlari qoʻshilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 24-son, 250-modda.