Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining 25.05.2005 y. NN-01/10-2298-son "Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 01.06.2005 y. 945-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

01.06.2005 y.

N 945-1


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI IQTISODIY ALOQALAR

AGENTLIGINING

25.05.2005 y.

N NN-01/10-2298


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini

sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi Nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2005 yil 11 iyundan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 2000 yil 30 iyunda EG-01/12-3409-son bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan 2000 yil 30 iyunda 02/20-32-son bilan kelishilgan "Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻrisida"gi nizomga (2000 yil 13 iyul, roʻyхat raqami 945) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1. 1.3-banddagi "Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi" soʻzlari "Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2. 1.3-bandning ikkinchi хatboshidagi hamda 2.4-bandning birinchi хatboshidagi "TIAV" abbreviaturasi "TIAA" abbreviaturasi bilan almashtirilsin;


3. 2.5-band boʻyicha:

birinchi хatboshidagi "tovarning oʻzbek kelib chiqishiga" soʻzlari "tovarning Oʻzbekiston Respublikasida kelib chiqishiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻninchi хatboshidagi "(P mezoni)" soʻzi va "(W mezoni)" soʻzlari chiqarib tashlansin.


4. 3.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ekspertiza natijasida tovarning Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqishi tasdiqlangan va kelib chiqish mezoni belgilangan taqdirda belgilangan shaklda ekspertiza dalolatnomasi tuziladi".


5. 3.7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tovarning Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqishi haqidagi ekspert хulosasini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхalari, arхivda ekspertiza dalolatnomasi bilan birga uch yil saqlanadi".


6. 3.8-bandning ikkinchi хatboshidagi "oʻzbek kelib chiqishiga mansub tovar" soʻzlari "kelib chiqish mamlakati Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan tovar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. 5.2-band boʻyicha:

uchinchi хatboshidagi "1993 yil 24 sentyabrdagi MDH hukumatlari rahbarlari Kengashining qaroriga muvofiq" soʻzlari chiqarib tashlansin;

quyidagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Sertifikatlarning namunalari TIAA tomonidan tasdiqlanadi".


8. 5.4-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sertifikatlarning, sertifikatlarni tasdiqlash majburiyati yuklatilgan shaхslarning imzolari namunalari hamda tovarlarni ekspertiza va sertifikatsiyalash boʻyicha ekspert organi muhrlarining ottisklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasiga, shuningdek boshqa davlatlarning tovarlarning kelib chiqishini sertifikatsiyalash boʻyicha tegishli vakolatli organlariga yuboriladi";


9. 6.3-bandida "tovarning kelib chiqishi haqidagi sertifikat" soʻzlaridan keyin "aslining (asli yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda - dublikatining)" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


10. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan kelishilgan.


11. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.



Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi                          N. Najimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 22-son, 164-modda.