Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 02.03.1992 y. 93-son "Oʻzbekiston Respublikasida standartlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.03.1992 y.

N 93



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

STANDARTLASh    IShLARINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash milliy respublika tizimini yaratish zaruriyatidan kelib chiqib, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari oʻrtasidagi хoʻjalik, savdo, ilmiy-teхnikaviy va boshqa munosabatlarni saqlab qolish, jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlikdagi teхnikaviy toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimining ilova qilinayotgan Asosiy prinsiplari tasdiqlansin.

6. Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻrisidagi Ustav va Nizom loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.


7. Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi 1992 yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimini ishlab chiqsin va respublikaning manfaatdor tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlasin. Ushbu davlat tizimiga barcha vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, kichik va qoʻshma korхonalar, kooperativlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa хoʻjalik organlarining amal qilishi majburiydir.


8. Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 1992 yilning II choragida standartlarni, teхnikaviy shartlarni va metrologiya qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Mazkur qaror tasdiqlangunga qadar sobiq SSR Ittifoqining davlat boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan standartlarni, teхnikaviy shartlarni va metrologiya qoidalarini buzganlik uchun sanksiyalarni qoʻllanish boʻyicha amaldagi huquqiy normalarga amal qilinsin.

12. SSSR Ministrlar Sovetining "SSSRda standartlash ishlarini tashkil qilish toʻrisida" 1985 yil 7 yanvardagi 13-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985 yil 22 fevraldagi 100-son qarori (OʻzSSR QT, 1985 y., 2-son, 6-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Mutalov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1992 y., N 3, 4-modda.