Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.2014 y. 307-son “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyхatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.11.2014 y.

N 307


MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA IShLAB

ChIQARILADIGAN VA UNGA OLIB KIRILADIGAN

MAHSULOTLAR TURLARI ROʻYXATIGA

OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻRISIDA


"Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻrisida" 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2003-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyхatining 34-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

             

34.

Portlovchi moddalar: olov oʻtkazuvchi va detonatsiyalovchi shnurlar; zarbali yoki detonatsiyalovchi pistonlar; piltalar; elektr detonatorlar; piroteхnik buyumlar; gugurtlar


3601 00 000 0*,

3602 00 000 0*,

3603 00*, 3604*,

3605 00 000 0


           

2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari .I. Ibragimov va U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 10 noyabr, 45-son, 548-modda