Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2009 y. 241-son "Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.08.2009 y.

N 241


MAJBURIY TARTIBDA

SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT

TURLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Iste’molchilarning soliini muhofaza qilishni kuchaytirish va ularning huquqlarini himoya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va хavfsizligini nazorat qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyхatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 21 avgustdagi

141-son qaroriga

ILOVA


Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot

turlari roʻyхatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. 30-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 30-1-pozitsiya qoʻshilsin:

30-1.

Kazein, kazeinatlar va kazeinning boshqa hosilalari; albumin, albuminat va albuminning boshqa hosilalari; jelatin (yelimshak) va jelatinning hosilalari; pepton va uning hosilalari; oqsil moddalar va ularning boshqa hosilalari; dekstrin va boshqa modifikatsiyalangan kraхmallar; fermentlar; ferment preparatlari


3501 10 900 0**;

3502 11 900 0**;

3502 19 900 0**;

3503 00 100**;

3504 00 000 0**;

3505 10 900 0**;

3507**.


2. Izohga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"** faqat oziq-ovqat sanoatida, farmatsevtika mahsulotlari va mollar uchun ozuqa ishlab chiqarishda qoʻllaniladiganlari".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 34-son, 375-modda.