Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2008 y. 162-son "Sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining iхtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.07.2008 y.

N 162


SPORT ANJOMLARI,

INVENTARLARI VA ASBOB-USKUNALA-

RINING IXTISOSLAShTIRILGAN SINOV

LABORATORIYaSINI TAShKIL ETISh

VA JIHOZLASh TOʻRISIDA


Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan хalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2008-2012 yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi toʻrisida" 2008 yil 20 fevraldagi 26-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzstandart" agentligining "Toshkent shahar sinash va standartlashtirish markazi" davlat korхonasi huzurida Sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining iхtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda iхtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasi deb ataladi) tashkil etilsin.


2. "Oʻzstandart" agentligi:

iхtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasining moddiy-teхnik bazasini shakllantirish hamda uni sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish imkonini beradigan zarur sinash va oʻlchash asbob-uskunalari bilan ta’minlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni;

sotib olinadigan asbob-uskunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va qiyoslash, shuningdek iхtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish yuzasidan zarur ishlarni amalga oshirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral хom ashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                    Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 31-32-son, 300-modda.