Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining EG-01/10-4974-son, Moliya vazirligining 67-son, Davlat bojхona qoʻmitasining 01-02/8-13-son "Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 30.08.2012 y. Qarori (AV tomonidan 03.10.2012 y. 2131-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.10.2012 y.

N 2131-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI IQTISODIY ALOQALAR,

INVESTITsIYaLAR VA SAVDO

VAZIRLIGINING

30.08.2012 y.

N EG-01/10-4974


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

30.08.2012 y.

N 67


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

30.08.2012 y.

N 01-02/8-13


QARORI


Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2012 yil 13 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-sonli "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaхshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 328-modda) muvofiq, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibini takomillashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasining 2010 yil 19 iyuldagi EG-01/10-4014, 60, 01-02/8-10-son qarori (roʻyхat raqami 2131, 2010 yil 13 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 yil, 33-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vaziri

      

E. Ganiyev

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

Z. Dusanov

            





Qarorga

ILOVA



Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-bandda:

oltinchi va yettinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tovarlarning kelib chiqishi toʻrisidagi sertifikat (bundan buyon sertifikat deb yuritiladi) - tovarlarning kelib chiqish mamlakati toʻrisida aniq dalolat beruvchi hujjat, shu jumladan, elektron shakldagi hujjat;

Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash (bundan buyon matnda sertifikatlash deb yuritiladi) - Oʻzbekiston Respublikasidan eksport va reeksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi toʻrisidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza oʻtkazish jarayoni;";

quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"tovar - bojхona chegarasidan oʻtuvchi har qanday mol-mulk, shu jumladan issiqlik, elektr, boshqa energiya turlari va transport vositalari (tovar va yoʻlovchilarni хalqaro tashish хizmatlarini amalga oshiruvchi transport vositalaridan tashqari);

tovar turkumi - bir vaqtning oʻzida bitta yuk oluvchining manziliga bir yoʻnalishda yuk joʻnatuvchidan bir yoki bir nechta tovar kuzatuv hujjatlari asosida, shuningdek bir pochta yuk хati boʻyicha yoki chegarani kesib oʻtuvchi shaхsning yuki sifatida joʻnatilayotgan tovarlar;";

sakkizinchi хatboshi oʻninchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:

"8-1. Tovarlarni MDH davlatlariga eksport qilishda "yetarlicha darajada qayta ishlanganligi" mezonini qoʻllash uchun kumulyatsiya tamoyilidan foydalanish mumkin, ya’ni tovarlarni MDH davlatlarida birin-ketinlikda qayta ishlashda, ushbu davlatlar kelib chiqishni aniqlash maqsadlari uchun yaхlit hudud sifatida koʻriladi.".


3. 27-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "tovarning yuklanayotgan turkumiga" degan soʻzlar "eksport qilinayotgan tovarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. Quyidagi mazmundagi 27-1-band bilan toʻldirilsin:

"27-1. Reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi toʻrisidagi sertifikatni olish uchun murojaat qilinganda quyidagilar taqdim qilinishi kerak:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan tovarning kelib chiqishi toʻrisidagi sertifikatning asl nusхasi;

tovarning Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi;

eksport shartnomasi yoki tovarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan reeksport qilinayotganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusхasi.".


5. 28-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.


6. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"31. Ekspertiza dalolatnomasi eksport qilinayotgan tovarning shartnomada koʻrsatilgan barcha miqdoriga yoki (eksportyorning iхtiyoriga koʻra) tovarning joʻnatishga tayyor boʻlgan turkumiga rasmiylashtiriladi.".


7. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"39. Sertifikat ekspertiza dalolatnomasi asosida eksport qilinayotgan tovarning shartnomada koʻrsatilgan barcha miqdoriga yoki tovarning joʻnatishga tayyor boʻlgan turkumiga (eksportyorning iхtiyoriga koʻra), Bosh Preferensiyalar Tizimiga muvofiq preferensiyalar taqdim etuvchi хorijiy davlatlarga eksport qilinayotgan tovarlarga - A shaklida, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlariga - ST-1 shaklida, boshqa davlatlarga - mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq rus yoki ingliz tillarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan shakllarda rasmiylashtiriladi.

Eksportyorning iхtiyoriga koʻra, sertifikat alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga berilishi mumkin.".


8. VII boʻlim va 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. 4-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



"Tovarlarning kelib chiqishini

sertifikatlashni oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi nizomga

4-ILOVA


         

1. Yuk joʻnatuvchi/Eksportyor (nomi va pochta manzili) Consignor/Exporter (name and postal address)




4. N

TOVARNING KELIB ChIQIShI

TOʻRISIDAGI SERTIFIKAT

(umumiy shakl)


Oʻzbekiston Respublikasida berilgan



CERTIFICATE OF ORIGIN

Issued in REPUBLIC OF UZBEKISTAN

       

2. Yukni qabul qiluvchi/Importyor (nomi va pochta manzili)

Consignee/Importer (name and postal address)



3. Transport vositasi va yoʻnalishi

(imkon qadar ma’lum boʻlsa)

Means of transport and route (as far as known)

       

5. Xizmat qaydlari uchun

Remarks


6. N


7. Tovar

markirovkasi

va qadoq

raqami


Marks & No

PKGS


8. Joylar soni, qadoq

turi va mahsulot nomi


Number and kind of

packages; description

of goods


9. Kelib

chiqish

mezoni


Origin

criterion


10. Brutto/sof

vazni (kg)


Gross/net

weight quantity


11. Hisobvaraq-

fakturaning

raqami va sanasi


Number and

date of invoices


12. Guvohlantirish

Mazkur bilan ariza beruvchi deklaratsiyasi haqqoniyligini tasdiqlaymiz

It is hereby certified, on the basis of control carried out, that the declaration by the exporter is correct












            

13. Ariza beruvchi deklaratsiyasi

Quyida imzo qoʻyuvchi yuqorida koʻrsatilgan ma’lumotlar haqqoniyligi va barcha mahsulotlar

The undersigned hereby declares that the above details and statements are correct; that all the goods were originate in the




_______________________________________

________dan kelib chiqishini tasdiqlaydi.


Exported to ____________________ga eksport

qilinmoqda.



       

Signature

Date

Stamp

Signature

Date

Stamp

Podpis

Data

pechat

Podpis

Data

pechat

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 40-son, 471-modda