Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 1-p-son, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 80-TK-son "Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan "M2", "M3" va "N2" toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini "Yevro-2" ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi 28.02.2007 y. Qarori (AV tomonidan 07.04.2007 y. 1670-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.04.2007 y.

N 1670

OʻZBEKISTON

STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYa

VA SERTIFIKATLAShTIRISh

AGENTLIGINING

28.02.2007 y.

N 1-p


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TABIATNI MUHOFAZA QILISh

DAVLAT QOʻMITASINING

28.02.2007 y.

N 80-TK


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan

benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan

"M2", "M3" va "N2" toifalaridagi yangi avtotransport

vositalarini "Yevro-2" ekologik darajadan kam

boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik

sertifikatlashtirish tartibi toʻrisidagi

Vaqtinchalik yoʻriqnomani tasdiqlash haqida


(2007 yil 17 apreldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 dekabrdagi "Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransport parkini yangilash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-531-son qarori ijrosini ta’minlash va Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida", "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻrisida", "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 sentyabrdagi "Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" PQ-183-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 apreldagi "Ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning хududidan olib chiqishni tartibga solish toʻrisida" 151-son, 2004 yil 6 iyuldagi "Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 318-son qarorlariga muvofiq, QAROR QILAMIZ:


1. "Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan "M2", "M3" va "N2" toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini "Yevro-2" ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻrisida vaqtinchalik yoʻriqnoma" ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. "Yevro-2" ekologik daraja talablariga muvofiq boʻlgan "M2", "M3" va "N2" toifalardagi kiritilayotgan yangi ATV uchun Oʻzbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining zararli moddalar chiqarish qismiga taalluqli normativ hujjatlari 2007 yil 1 martdan boshlab, 2010 yil 1 yanvardan boshlab esa, "Yevro-3" talablariga muvofiq qismi joriy qilinsin:

a) GOST R 41.24-2003;

b) GOST R 41.49-2003;

v) GOST R 41.83-2004;

g) GOST R 51832-2001.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlash, standartlashtirish va me’yorlashtirish Bosh boshqarmasi "Boshdavekosertifikat" Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan "M2", "M3" va "N2" toifalaridagi, benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan yangi avtotransport vositalariga ekologik sertifikatlarni, ushbu avtotransport vositalari tomonidan zararli chiqindi chiqarish darajasi "Yevro-2" ekologik darajadan kam boʻlmagan talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi eksport qiluvchi davlatlar tomonidan ATV ishlab chiqishda "Yevro-2" ekologik darajadan kam boʻlmagan talablariga rioya qilganliklarini tasdiqlovchi tegishli qonunchilik hujjatlarini yoki murojaat qiluvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tan olish asosida berilishini ta’minlasin.


4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng, oʻn kundan keyin amalga kiritiladi.



"Oʻzstandart" agentligining

Bosh direktori                                                                  R. Boʻriyev



Tabiatni muhofaza qilish

davlat qoʻmitasi raisi                                                     B. Aliхonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 15-son, 159-modda.