Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.09.1999 y. 420-son "Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.09.1999 y.

N 420



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITsIYa

DASTURINI ShAKLLANTIRISh VA AMALGA

OShIRISh BOʻYIChA ME’YoRIY-HUQUQIY

HUJJATLARNI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining 1999 yilning I yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yakunlari, iqtisodiy islohotlarning borishini hamda iqtisodiyotni rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlarining amalga oshirilishini baholash yuzasidan qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qurilishni mabla bilan ta’minlash va kreditlash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy investitsiyalar departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy ravishda amal qilsinlar.

3. Vazirlar Mahkamasining "Investitsiya faoliyatini ta’minlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida" 1998 yil 15 maydagi 215-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 9, 52-modda.