Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.06.1999 y. 309-son "Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.06.1999y.

N 309



DAVLAT MULKINI XORIJIY INVESTORLARGA

SOTISh BOʻYIChA TENDER SAVDOLARI OʻTKAZUVChI

DAVLAT KOMISSIYaSI TOʻRISIDAGI YaNGI

TAHRIRDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Ob’yektlarni хususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish masalalarini tezlikda hal etishda tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat Komissiyasining rolini oshirish, хususiylashtirish jarayonlariga хorijiy sarmoya jalb qilinishini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAPOP QILADI:


1. Davlat mulkini хorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi toʻrisidagi yangi tahrirdagi Nizom tasdiqlansin.


2. Birlamchi tender hujjatlarini bevosita ishlab chiquvchi hamda potensial хorijiy investorlarning investitsiya takliflarini ekspert baholovchi idoralararo ishchi guruhlarga rahbarlik qilish va ular faoliyati uchun javobgarlik Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari zimmasiga yuklansin.


3. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 17 dekabrdagi 525-son qaroriga 1 -ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar  Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 6, 32-modda.