Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 05.05.1994 y. 1053-XII-son "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

05.05.1994 y.

N 1053-XII



“ChET EL INVESTITsIYaLARI VA ChET ELLIK

INVESTORLAR FAOLIYaTINING KAFOLATLARI

TOʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI

HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlarini "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirsin, Respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta qarab chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3. 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻrisida" hamda 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashi Raisi

vazifasini bajaruvchi                                  E. Xalilov