Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.1994 y. F-360-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va хorijiy sarmoyalar boʻyicha idoralararo kengashni tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

21.02.1994 y.

N F-360



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

HUZURIDAGI IQTISODIY ISLOHOT,

TADBIRKORLIK VA XORIJIY SARMOYaLAR

BOʻYIChA IDORALARARO KENGAShNI

TAShKIL QILISh TOʻRISIDA


"Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, хususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1994 yil 21 yanvardagi Farmonni ijro etish yuzasidan, shuningdek iqtisodiy siyosatning ilmiy asoslarini ishlab chiqish hamda respublika hayotining barcha sohalarnda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni jadallashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va хorijiy sarmoyalar boʻyicha idoralararo kengashning tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Kengash ijroiya apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻ.T. Sultonov, V.A. Golishev, D.T. Kamolov, R. Karimov, A.M. Mardiyev, V.I. Bronshteyn, A.E. Shayхov oʻrtoqlardan iborat Kengash a’zolarining ishchi guruhiga 10 kun muddat ichida Kengash toʻrisidagi Nizom loyihasini tayyorlash va uni tasdiqlash uchun taqdim qilish vazifasi topshirilsin. Nizom loyihasini ishlab chiqish choida quyidagilar Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlari ekanligi nazarda tutilsin:

iqtisodiy siyosatning ilmiy asoslarini, bozor munosabatlari ishlashi uchun samarali vositani ishlab chiqish;

respublikada iqtisodiy oʻzgartishlarning aniq andozalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;

iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini takomillashtirishga oid tavsiyalarni tayyorlash;

koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish, хususiy mulkchilikni rivojlantirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va bu jarayonlarning jadallashtirilishini nazorat qilish;

respublikada tadbirkorlikni rivojlantirishning ahvolini, bu sohada amaldagi qonunlar qanday bajarilayotganini muntazam tahlil qilish, kichik va oʻrtacha biznesni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirishga doir amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish;

respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga хorijiy sarmoyalarni faol jalb qilish va tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui tizimini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 2-ilovaga muvofiq Kengash ijroiya apparati хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va uni teхnika bilan jihozlash uchun zarur mablalarni ajratsin.

Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish vazifasi Kengash Raisining oʻrinbosari oʻrtoq Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

1994 yil 21 fevraldagi

F-360-son farmoyishiga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

I?tisodiy islohot, tadbirkorlik va хorijiy

sarmoyalar boʻyicha idoralararo kengash

TARKIBI

Karimov I. A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Idoralararo kengash raisi


Sultonov Oʻ. T.

-

Bosh vazir oʻrinbosari, kengash raisining muovini


Kengash a’zolari:


Abdullayev 3. A.

-

"Oʻzbeksavdo" uyushmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari


Abduqodirov A,

-

moliya vazirining oʻrinbosari


Azimov R. S.

-

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvining raisi


Butikov I. L.

-

"Toshkent" birjasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari


Golishev V. A.

-

jahon muammolari instituti direktori vazifasini ijro etuvchi


ulomov S. S.

-

Toshkent iqtisodiyot universitetining rektori


Guskova T. N.

-

moliya vazirining oʻrinbosari


Kamolov D. T.

-

Toshkentdagi хalqaro biznes markazi bosh direktorining oʻrinbosari


Qoratoyev T.

-

Oʻzbekiston televideniyesining sharhlovchisi


Karimov R.

-

Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot boʻlimining mudiri


Ibrohimov 3.

-

Andijondagi "Namuna" ishlab chiqarish savdo birlashmasining raisi


Isroilov 3. 3.

-

mas’uliyati cheklangan "Noosfera instituti" jamiyatining direktori


Ikromov X.

-

"Ipak yoʻli" aksionerlik-tijorat banki boshqaruvining raisi


Mingyasharov B.

-

Qashqadaryo viloyat Nishon tumanidagi Ch. Begimqulov nomli shirkatlar birlashmasining raisi


Mardiyev A. M.

-

Adliya vaziri


Moʻminov K. M.

-

"Oʻzbekkosmos" agentligining bosh direktori


Mullajonov F. M.

-

Markaziy bank boshqaruvining raisi


Nazarov I.

-

Farona viloyati Oʻzbekiston tumanidagn "Umid" хoʻjaligining fermeri


Rahmonov B. R.

-

Qishloq хoʻjaliga vazirining oʻrinbosari


Rahimova A. .

-

"Karvon" birjasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari


Latipov N.

-

jurnalist


Latipov N. L.

-

"Yuniteх interneyshnl" qoʻshma korхonasining bosh direktori


Saidova G. K.

-

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining prorektori


Usmonov M. 3.

-

"Oʻzbeksavdo" uyushmasi boshqaruvining raisi


Xoʻjayev E. N.

-

Oliy Kengash qoʻmitasiyushg raisi, Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasining prezidenti


Fayzullayev A. 0.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh konsultanti


Fozilbekov A. I.

-

Toshkent shahri hokimi


Nosirov P. X.

-

"Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi raisi vazifasini ijro etuvchi


Hamidov B. S.

-

Bosh vazir oʻrinbosari - moliya vaziri


Hamidov T. K.

-

"Samrad" qurilish qoʻshma korхonasining boshqaruvchisi


Chjen V. A.

-

Bosh vazir oʻrinbosari - davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining raisi


Bronshteyn V. I.

-

Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi boshqarmasi boshlii


Shayхov A. E.

-

Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi mudiri


Shoymatov Y.

-

Surхondaryo viloyati Mirobod tumanidagi Qoʻnirot fermerlar uyushmasining raisi


Ijroiya apparat rahbari

-

Kengashning mas’ul kotibi


Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

1994 yil 21 fevraldagi

F-360-son farmoyishiga

2-ILOVA



Kengash ijroiya apparati

TUZILMASI


Apparat rahbari (Kengash mas’ul kotibi)


1


Yetakchi konsultant


1


Konsultant


2


Ish yurituvchi inspektor


1


Kotiba mashinistka


1


Jami:


6 nafar хodim