Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 29.12.2006 y. 213-mh-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda tekshirish oʻtkazish va Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.12.2006 y. 1650-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.12.2006 y.

N 1650




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

29.12.2006 y.

N 213-mh

BUYRUI



Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda tekshirish

oʻtkazish va Tekshirishlarni roʻyхatga olish

kitobini yuritish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


(2007 yil 8 yanvardan kuchga kiradi)


Nazorat organlarining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini asossiz cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 23 martdagi "Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish soni qisqartirilganligi hamda tekshirishlar tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-son va 2005 yil 5 oktyabrdagi PF-3665-son farmonlariga asosan BUYuRAMAN:


1. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda tekshirish oʻtkazish va Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov):

mazkur buyruqni davlat roʻyхatidan oʻtkazsin hamda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar normativ hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin;

ushbu buyruqni barcha manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazilishi va amalda qoʻllanilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.


4. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001 yil 15 maydagi 55-mh-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobini yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi buyrui (2001 yil 15 may, roʻyхat raqami 917-1) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (U. Ayubov) mazkur normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etishni ta’minlasin.


6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Adliya vaziri                                                                     F. Otaхonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 51-52-son, 525-modda.