Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.07.2004 y. PF-3454-son "Sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.07.2004 y.

N PF-3454



SANOATDA VA KONChILIKDA

IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI

NAZORAT QILISh AGENTLIGINI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI SANOATDA, KONChILIKDA VA

KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING

BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh

DAVLAT INSPEKSIYaSIGA AYLANTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq va Sanoatda, gaz ta’minoti hamda kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish samaradorligini ta’minlash maqsadida:


1. Sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ("Sanoatkonteхnazorat" davlat inspeksiyasi)ga aylantirilsin,

3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qayta tashkil etilayotgan Sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasini Sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish toʻrisida" 2000 yil 7 fevraldagi PF-2535-son Farmoni oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin.

6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 28-son, 319-modda.