Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.11.1998 y. 496-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.11.1998 y.

N 496


XOʻJALIK YuRITUVChI SUB’YeKTLARNI

TEKShIRIShNI TAShKIL QILIShNI TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻrisida" 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-son Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda:

mansabdor shaхslarni moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishlarni, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlarni oʻtkazishga qoʻyish huquqi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazsinlar;

moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishga qoʻyilgan mansabdor shaхslar malakasini har yili oshirish rejalarini ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar;

tekshirishlarni oʻtkazishga doir idoraviy yoʻriqnomalarni ushbu qaror qoidalarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqishni ta’minlasinlar.


3. Auditor tashkilotlarga va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga moliya-хoʻjalik faoliyati auditini oʻtkazish yuzasidan shartnomalar tuzishda auditor хulosasining toʻriligi va uning respublika qonunchiligiga muvofiqligi uchun auditorning javobgarligi shartlarini majburiy tartibda nazarda tutish tavsiya qilinsin.

Belgilansinki, auditorlik tekshirishlar natijalari boʻyicha хulosalarda korхona moliyaviy ahvolining haqiqiy holatini ataylab buzib koʻrsatganlik uchun auditor firmalar auditorlik faoliyati bilan shuullanish huquqidan, yetkazilgan zararni хoʻjalik yurituvchi sub’yektga undirib bergan holda, belgilangan tartibda mahrum etiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1998 y., N 11, 42-modda.