Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 04.12.2013 y. 04-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 11.12.2013 y. 1712-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.12.2013 y.

N 1712-5




NAZORAT QILUVChI ORGANLAR

FAOLIYaTINI MUVOFIQLAShTIRUVChI

RESPUBLIKA KENGAShINING

04.12.2013 y.

N 04


QARORI


Nazorat qiluvchi organlar tomonidan

yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini

tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 avgustdagi 221-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 11 iyundagi 165-son qarori)"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 33-son, 438-modda) asosan Kengash QAROR QILADI:


1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2007 yil 23 avgustdagi 01-son qarori (roʻyхat raqami 1712, 2007 yil 3 sentyabr) bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻrisidagi nizomning 1-ilovasi uchinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh vazir, Kengash Raisi                                                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 16 dekabr, 50-son, 657-modda