Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 25.06.2012 y. 02-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 06.07.2012 y. 1712-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.07.2012 y.

N 1712-4




NAZORAT QILUVChI ORGANLAR

FAOLIYaTINI MUVOFIQLAShTIRUVChI

RESPUBLIKA KENGAShINING

25.06.2012 y.

N 02


QARORI


Nazorat qiluvchi organlar tomonidan

yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini

tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida


(2012 yil 16 iyuldan kuchga kiradi)


Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Kengash QAROR QILADI:


1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2007 yil 23 avgustdagi 01-son qarori bilan tasdiqlangan "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻrisida"gi nizomning (roʻyхat raqami 1712, 2007 yil 3 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 35-36-son, 370-modda) 1-ilovasi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan goʻsht va sut mahsulotlarining belgilanmagan joylarda hamda kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotilishi ustidan nazorat ishlarining amalga oshirilishi".


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.



Bosh vazir, Kengash raisi                                                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 26-27-son, 306-modda