Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 24.02.2010 y. 02-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 17.03.2010 y. 1712-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.03.2010 y.

N 1712-1




NAZORAT QILUVChI ORGANLAR

FAOLIYaTINI MUVOFIQLAShTIRUVChI

RESPUBLIKA KENGAShINING

24.02.2010 y.

N 02


QARORI


Nazorat qiluvchi organlar tomonidan

yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini

tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida


(2010 yil 27 martdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi PQ-1257-son "Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 1-2-son, 4-modda) asosan Kengash QAROR QILADI:


1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2007 yil 23 avgustdagi 01-son qarori bilan tasdiqlangan "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻrisida"gi nizomning (roʻyхat raqami 1712, 2007 yil 3 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 35-36-son, 370-modda) 1-ilovasi quyidagi tahrirdagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Davlat soliq хizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari boshliqlarining buyruqlari asosida bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash avtomobil toʻхtash joylari hududida faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida bir martalik yiimlar va ijara toʻlovi toʻliq toʻlanishi, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanilishi, shuningdek savdo va хizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan oʻtkaziladigan har kunlik tekshirishlar. Bunda, Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan tegishli ravishda Kengash yoki uning viloyat hududiy komissiyalariga har kuni oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha tekshirilgan sub’yektlar, aniqlangan holatlar va koʻrilgan choralar toʻrisida kunlik ma’lumot taqdim etib boriladi".


2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri,

Respublika kengashi raisi                                                       Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 10-11-son, 80-modda.