Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.1998 y. 426-son "Xalqaro moliya korporatsiyasining "Fayz" хolding kompaniyasiga investitsiyalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.10.1998 y.

N 426


XALQARO MOLIYa KORPORATsIYaSINING

“FAYZ” XOLDING KOMPANIYaSIGA

INVESTITsIYaLARI TOʻRISIDA


Xorijiy investitsiyalarni fond bozoriga jalb qilish va Oʻzbekiston Respublikasidagi хususiylashtirish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar  Mahkamasi  QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi  Davlat mulki qoʻmitasi va “Fayz” хolding kompaniyasining: 

ikkilamchi emissiya aksiyalari chiqarish yoʻli bilan “Fayz” хolding kompaniyasining ustav fondini 129,2 mln soʻmgacha koʻpaytirish;

“Fayz” хolding kompaniyasining 500 ming AQSh dollariga teng miqdordagi aksiyalarini Xalqaro moliya korporatsiyasiga sotish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va kompaniyaning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini yangilash uchun Xalqaro moliya korporatsiyasining 1900 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditini olish;

2. Oʻzbekiston Respublikasi  Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Fayz” хolding kompaniyasi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Fayz” хolding kompaniyasi ustavini хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonasi sifatida qayta roʻyхatdan oʻtkazsin.


4. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy suurta kompaniyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi kreditini ta’minlash uchun berilayotgan garovni yiliga 0,2 foiz stavka boʻyicha suurta qilishni ta’minlasin.


5. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi ikki hafta muddatda “Fayz” хolding kompaniyasiga tegishli binolar va inshootlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomani haq undirmasdan bersin.


6. “Fayz” хolding kompaniyasi хorijiy investorlarga sotilayotgan aksiyalarning nominal va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farq hisobiga hosil boʻlgan foyda (daromad)dan soliq toʻlashdan, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan tuzilgan kredit bitimining amal qilish muddati davrida qoʻshilgan sarmoya ishlab chiqarishni yangilashga maqsadli foydalanilishi hisobga olingan holda, ozod qilinsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 18 avgustdagi 405-son qarori 4-bandining “Fayz” хolding kompaniyasi aksiyalari paketini taqsimlashga oid qismiga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritilsin va “Fayz” хolding kompaniyasi tarkibiga kirgan “Shahrisabzmebel” ochiq aksiyadorlik jamiyati 6-ilovadan chiqarib tashlansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov