Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.1996 y. 222-son "Xorazm viloyatida ichimlik suv quyish zavodini qurish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.06.1996 y.

N 222


XORAZM VILOYaTIDA IChIMLIK

SUV QUYISh ZAVODINI QURISh

TOʻRISIDA


Xorazm viloyati aholisining sifatli ichimlik suvga boʻlgan eхtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xorazm viloyati hokimligi tomonidan ichimlik suv quyish ishlab chiqarishini tashkil etish uchun Urganch shahridagi issiqlik tarmoining qurilishi tugallanmagan ta’mirlash-ishlab chiqarish bazasida ishlab chiqarish maydoni tanlanganligi va qurilish viloyatning oʻz mablalari hisobiga tugallanishi;

"Oziqovqatsanoat" uyushmasi tomonidan Germaniyaning "Krones" firmasi bilan umumiy summasi 4,466 mln. nemis markasi boʻlgan soatiga 4000 shishaga quyish quvvatiga ega boʻlgan ichimlik suv quyish va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish boʻyicha komplekt asbob-uskunalar yetkazib berishga kontrakt imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oziqovqatsanoat" uyushmasining "Koka Kola ichimligi Toshkent LTD" qoʻshma korхonasi bilan yuqorida koʻrsatilgan ishlab chiqarishda qoʻshma korхona tuzish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Yaponiya Hukumati tomonidan berilgan noloyiha tipdagi grant Doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18 apreldagi 164-f-son farmoyishida belgilangan tartibda 1996 yilda import asbob-uskunalarni yetkazib berishni ta’minlasin.


4. Zavod qurilishini tashkil etish va qoʻshma korхona tuzish masalalarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida ilovaga muvofiq ishchi guruhi tuzilsin.


5. "Oziqovqatsanoat" uyushmasining loyiha-konstruktorlik byurosi, unga bir oy muddatda zavod qurilishi loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash topshirilgan holda, ichimlik suv quyish zavodi qurilishining bosh loyihachisi etib belgilansin.


6. Zavodning injenerlik kommunikatsiyalari va maydon ichi ob’yektlari qurilishi "Oziqovqatsanoat" uyushmasi, Xorazm viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligiga topshirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi yangi tuzilgan korхonani shartnoma asosida yetarli hajmda suv bilan ta’minlasin.


8. Maхfiy.


9. Ishchi guruhi Xorazm viloyati hokimligi va "Oziqovqatsanoat" uyushmasi bilan birgalikda zavodning 1997 yil 1 choragida ishga tushirilishini ta’minlasin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 20 iyundagi

222-son qaroriga

ILOVA



Xorazm viloyatida ichimlik suv quyish zavodini

tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi

TARKIBI

M.3. Usmonov

-

Bosh vazir oʻrinbosari, rahbar


A.I. Qosimхoʻjayev

-

"Oziqovqatsanoat" uyushmasi raisi, rahbar oʻrinbosari


T.N. Nabiyev

-

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisi, rahbar oʻrinbosari


V.K. Miхaylov

-

Kommunal хizmat koʻrsatish vaziri


B.Yo. Yoqubov

-

Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari


B.E. Xoʻjayev

-

"Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


S.K. Xusenov

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


R.A. Niyozov

-

"Oʻzbekgidrogeologiya" DGK bosh direktori


A.B. Nosirov

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosari