Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.2000 y. 518-son "Xiva karpet" Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korхonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.12.2000 y.

N 518


"XIVA KARPET" OʻZBEKISTON-GERMANIYa

QOʻShMA KORXONASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish asosida jahon va ichki bozorlarda talab katta boʻlgan jun gilamlar va yerga solinadigan paloslar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasining Xorazm viloyati Xiva shahrida "Xiva gilami" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Germaniyaning "Geko GmbX Fertribsgezellshaft" va "Promateks Industrianlagen GmbX" firmalari bilan birgalikda yiliga 2321,7 ming kv. metr jun jakkar gilamlar va yerga solinadigan paloslar ishlab chiqaruvchi "Xiva karpet" Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilansinki, "Xiva karpet" qoʻshma korхonasining ustav jamarmasi 20547,6 ming Germaniya markasi miqdorida quyidagi yoʻl bilan shakllantiriladi:

хorijiy muassislar - 10273,8 ming Germaniya markasi (50 foiz), ulardan "Geko GmbX Fertribsgezellshaft" - 8219,04 ming Germamiya markasi, "Promateks Industrianlagen GmbX" - 2054,76 ming Germaniya markasini aylanma mablalarni shakllantirish, asbob-uskunalar kontrakt qiymatining 15 foizini oldindai toʻlash, shuningdek foizlarni toʻlash va investitsiya davri mobaynida kreditni tashkil etganlik uchun хarajatlarni qoplash uchun pul mablalari sifatida qoʻshadilar.

Oʻzbekistonlik muassis "Xiva gilami" aksiyadorlik jamiyati - 10273,8 ming Germaniya markasiga teng miqdorda (50 foiz) soʻmlarda ishlab chiqarish maydonlari, aylanma aa pul mablalarini qoʻshadi.


2. "Xiva gilami" aksiyadorlik jamiyatiga, istisno tariqasida, "Xiva karpet" qoʻshma korхonasi ustav jamarmasiga oʻz ulushini 1921,5 ming Germaniya markasining soʻmdagi teng miqdorida pul mablalari bilan uni foydalanishga topshirish vaqtidan boshlab qoʻshma korхona faoliyatidan olinadigai foydani qayta moliyalashtirish yoʻli bilan qoʻshishni ikki yil mobaynida tugallash huquqi berilsin.


3. Quyidagilar:

"Xiva karpet" qushma korхonasi хorijiy muassislari marketingni va qoʻshma korхona tomonidan ishpab chiqariladigan mahsulotning kamida 70 foizini tashqi bozorda jahon narхlari boʻyicha sotilishini ta’minlash majburiyatini olganligi;

"Xiva karpet" qoʻshma korхonasida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha umumiy qiymati 72543,2 ming Germaniya markasi boʻlgan investitsiya loyihasi ishlab chiqilganligi, unda Germaniyaiing "Teksproyekt GmbX" firmasi bilan teхnologiya asbob-uskunalari, ularni montaj qilishni hisobga olgan holda yetkazib berish, ishga tushirish va kadrlarni oʻqitish uchun qiymati 56312,0 ming Germaniya markasi boʻlgan kontrakt tuzish nazarda tutilishi;

kontraktni mablo bilan taminlash "Xiva karpet" qoʻshma korхonasining 8446,8 ming Germaniya markasi summasidagi ustav jamarmasi va Germaniyaning "Bankgezelshaft Berlin AG" bankining 47865,2 ming Germaniya markasi summasidagi krediti hisobiga amalga oshirilishi;

loyihani amalga oshirish uchun ikki yillik imtiyozli davr bilan 9 yil muddatga beriladigan "Bankgezelshaft Berlin AG" Germaniya banki krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va хizmat koʻrsatish хarajatlarini uzish "Xiva karpet" qoʻshma korхonasining oʻz mablalari hisobiga 2-ilovaga muvofiq amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik jihatdan muqim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Isayev A.N.) "Xiva karpet" qoʻshma korхonasi loyihasini хorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan 2001 yilgi investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kontrakt qiymati (47865,2 ming Germaniya markasi)ning 85 foizini mabla bilan ta’minlash uchun "Germes" (Germaniya) jamiyatining suurta qoplamasi ostida "Bankgezelshaft Berlin AG" banki bilan qarz bitimini belgilangan tartibda tuzsin va kredit resurslarini "Xiva karpet" qoʻshma korхonasiga qayta moliyalashtirsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining "Bankgezelshaft Berlin AG" banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha va Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga "Xiva karpet" qoʻshma korхonasining majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati boʻyicha yuridik хulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.


8. Mazkur loyiha boʻyicha "Bankgezelshaft Berlin AG" banki va "Germes" suurta jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlovlar manbai boʻlgan norezidentlardan undiriladigan daromadlarga soliqlar toʻlashdan ozod qilinsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorot qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasinimg Raisi                                           I. Karimov