Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.1996 y. 10-son "Buхoroteks" aksionerlik jamiyati uchun toʻqimachilik uskunalarini хarid qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.1996 y.

N 10


"BUXOROTEKS" AKSIONERLIK JAMIYaTI

UChUN TOʻQIMAChILIK USKUNALARINI

XARID QILISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori sifatli kalava ip ishlab chiqarishni koʻpaytirish va Shveysariya Konfederatsiyasi bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekengilsanoat" uyushmasiga qarashli "Buхoroteks" aksionerlik jamiyati bilan "Mashiniyenfabrik Riter AG" firmasi (Shveysariya) oʻrtasida uskunalarni montaj qilish va ishga tushirishni 0997 yil aprel oyida tamomlash sharti bilan 54/1-kardaltak ip ishlab chiqaruvchi uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishga qiymati 5.04 mln Shveysariya franki boʻlgan kontrakt tuzilganligi ma’lumot oʻrnida qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

kontrakt qiymatining 85 foizi - Shveysariya Birlashgan Banki (YuBS) krediti asosida;

kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovi - "Buхoroteks" aksionerlik jamiyatining oʻz mablalari hisobidan mabla bilan ta’minlanadi.

Chet el valyutasidagi kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni toʻlash 5 yil davomida "Buхoroteks" aksionerlik jamiyatining oʻz mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:

bir hafta muddatda Shveysariya Birlashgan Banki (YuBS) bilan Yakka tartibdagi kredit bitimini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin;

"Buхoroteks" aksionerlik jamiyati tomonidan olinadigan kredit resurslarini oʻz vaqtida mabla bilan qayta ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga "Buхoroteks" aksionerlik jamiyati bilan "Mashiniyenfabrik Riter AG" firmasi (Shveysariya) oʻrtasida uskunalar yetkazib berish va montaj qilishga tuzilgan kontrakt boʻyicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish vakolati berilsin.


5. Davlat soliq qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi, "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi bojхona hujjatlari oʻz vaqtida (uch kundan koʻp emas) rasmiylashtirilishini hamda ushbu kontrakt boʻyicha "Buхoroteks" aksionerlik jamiyati uchun keltirilayotgan asbob-uskunalar va moddiy resurslar belgilangan joyga toʻsiqsiz yetkazib berilishini ta’minlasinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov