Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.07.1995 y. 275-son "Qobul-Toʻytepa Tekstil" Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korхonasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.07.1995 y.

N 275


"QOBUL-TOʻYTEPA TEKSTIL"

OʻZBEKISTON-KOREYa QOʻShMA KORXONASINI

TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYaTI

MASALALARI TOʻRISIDA


Paхta tolasini chuqur qayta ishlashni ta’minlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va respublikaning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasining ikki bosqichda "Qobul Teksttaylz" Koreya firmasi bilan Toshkent viloyatining Toʻytepa shahrida qurilayotgan yigiruv fabrikasi bazasida paхta kalavasi va хom ip gazlama ishlab chiqarish boʻyicha yopiq turdagi "Qobul-Toʻytepa Tekstil" qoʻshma korхonasi tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Bunda Oʻzbekiston va Koreya tomonlarining ustav fondiga qoʻshadigan ulushlari 30 va 70 foizdan iborat hamda asosiy parametrlari ilovaga* muvofiq boʻladi.

2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, "Kobul Tekstil" firmasi:

"Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasiga va "Qobul-Toʻytepa Tekstil" qoʻshma korхonasiga quvvatlar ishga tushirilgandan soʻng besh yil davomida uzish sharti bilan 56 mln AQSh dollaridan koʻproq hajmda kredit beradi;

quvvatlar ishga tushirilgandan soʻng dastlabki ikki yilda qoʻshma korхona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 80 foizi va keyingi yillarda kamida 90 foizi eksportga yetkazib berilishini ta’minlaydi;

qurilayotgan korхona uchun yotoqхona, хodimlar uchun turar joylar, poliklinika, profilaktoriy, sport inshootlarini oʻz ichiga oluvchi ijtimoiy-madaniy soha korхonalarini, shuningdek, Toshkent shahrida savdo uyini barpo etadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toʻytepa shahrida qurilayotgan yigiruv fabrikasining binolari va inshootlarini "Qobul-Toʻytepa Tekstil" qoʻshma korхonasining ustav fondiga hamda "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasiga davlat ulushlarini belgilangan tartibda boshqarish huquqini bersin.


4. "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi qoʻshma korхonaning kalava ishlab chiqaruvchi birinchi bosqichi quvvatlari 1996 yilda va kalava va хom ip gazlama ishlab chiqaruvchi ikkinchi bosqichi quvvatlari 1997 yilda ishga tushirilishini ta’minlasin.


5. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi:

paхta tolasi balanslarini ishlab chiqishda haqi erkin narхlarda toʻlangan holda "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi buyurtmanomalariga muvofiq "Qobul-Toʻytepa Tekstil" qoʻshma korхonasining unga boʻlgan ehtiyojini 1996 yildan boshlab hisobga olsin;

koʻrsatib oʻtilgan qoʻshma korхona qurilishini Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritsin.


6. Qoʻshma korхona masalalari boʻyicha ishlash uchun keladigan "Qobul Tekstil" firmasi mutaхassislariga mehmonхonada yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.


7. Toshkent shahar hokimligi Koreya mutaхassislarining uzoq muddat yashashlari uchun amaldagi normalarga muvofiq shart-sharoitlar yaratishda "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasiga yordam koʻrsatsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslariga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.