Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.03.2013 y. 70-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uz-China Uran" mas’uliyati cheklangan jamiyati Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida" 2009 yil 28 avgustdagi 251-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.03.2013 y.

N 70


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING "UZ-CHINA

URAN" MAS’ULIYaTI ChEKLANGAN JAMIYaTI

OʻZBEKISTON-XITOY QOʻShMA KORXONASINI

TAShKIL   ETISh   TOʻRISIDA"   2009  YIL

28 AVGUSTDAGI  251-SON  QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA


Vazirlar Mahkamasining "Uz-China Uran" mas’uliyati cheklangan jamiyati Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korхonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 14 yanvardagi 9-son qaroriga muvofiq, shuningdek "Uz-China Uran" mas’uliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korхonasi ustav fondining koʻpaytirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Uz-China Uran" mas’uliyati cheklangan jamiyati Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻrisida" 2009 yil 28 avgustdagi 251-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Belgilansinki, "Uz-China Uran" mas’uliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korхonasining ustav kapitali miqdori 8576,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi, undan:

"CGNPC URC" kompaniyasining 50 foiz miqdoridagi ulushi pul mablalari va asbob-uskunalar hisobiga shakllantiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 50 foiz miqdoridagi ulushi Navoiy viloyatidagi istiqbolli Boztov va Meshetin maydonlarida ilgari olib borilgan uran boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari davomida olingan geologik, geofizik va boshqa ma’lumotlar hisobiga shakllantiriladi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi muassislarning qoʻshma korхona ustav fondiga qoʻshimcha ulushi munosabati bilan "Uz-China Uran" mas’uliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korхonasi ta’sis hujjatlariga 2013 yil 1 avgustgacha boʻlgan muddatda, belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 18 mart, 11-son, 142-modda