Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.12.2004 y. 574-son "OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasida akkumulyator batareyalari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.12.2004 y.

N 574



"OʻZEKSAYD" YoPIQ AKSIYaDORLIK

JAMIYaTI QOʻShMA KORXONASIDA

AKKUMULYaTOR BATAREYaLARI IShLAB

ChIQARIShNI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Zamonaviy akkumulyator batareyalari ishlab chiqarish boʻyicha yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni ta’minlash, ular bilan ichki bozorni toʻldirish va ularni eksportga yetkazib berishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va "Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasining "EurasiaTrans" Limited (Buyuk Britaniya) kompaniyasini "OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasiga strategik investor sifatida jalb etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. "Eurasia Trans" Limited" (Buyuk Britaniya) kompaniyasi:

"Eksayd AB Grup Ltd" kompaniyasining 51 foiz aksiyalar paketini sotib olish yoʻli bilan "OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasi aksiyadorlari tarkibiga kirishi;

akkumulyator batareyalari ishlab chiqarishni yiliga 1,2 mln donagacha yetkazishni, ulardan kamida 80 foizini eksportga sotish majburiyatini olishni nazarda tutuvchi biznes-reja ishlab chiqqanligi;

"OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasini 4,425 mln AQSh dollari miqdoridagi aylanma mablalar bilan ta’minlash va loyihani amalga oshirish uchun jalb etilgan kreditlarni 1 va 2-ilovalarga* muvofiq jadvallarga qat’iy rioya qilgan holda qaytarishni ta’minlash majburiyatini olganligi;

"OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasiga хom ashyo, materiallar va butlovchi detallar хarid qilishda foydalanish uchun 3,675 mln AQSh dollari miqdorida aylanma mablalar sifatida investitsiya berishi;

"OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasiga ishlab chiqariladigan mahsulotga "Katod" savdo markasidan foydalanish huquqini berishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. "Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasining:

"OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasi ustav kapitalidagi oʻziga tegishli 25 foiz miqdoridagi aksiyalar paketining bir qismini, "EurasiaTrans" Limited kompaniyasi tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilgan, shu jumladan ilgari jalb etilgan kreditlar qaytarilgan taqdirda unga 3-ilovaga* muvofiq muddatlarda berish;

2016 yilda ustav kapitali tarkibini 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish tugallangandan keyin "OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasi ustav kapitali ulushlarini quyidagi miqdorlarda taqsimlash toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:

"Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi ulushi - 23,3 foiz;

"EurasiaTrans" Limited (Buyuk Britaniya) kompaniyasi ulushi - 76,0 foiz;

"Jizzaхobodonchilik" aksiyadorlik jamiyati ulushi - 0,7 foiz.


4. "Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi "Oʻzikkilamchiranglimetall" aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda qoʻroshin parchalarini yiishni, shu jumladan jismoniy shaхslardan yiishni tashkil etsin, 2005 yilning I yarim yilligida "OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasi bazasida uni qayta ishlash liniyasini ishga tushirishni ta’minlasin.

"Oʻzikkilamchiranglimetall" aksiyadorlik jamiyati "OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasiga 4-ilovaga* muvofiq hajmlarda qoʻroshin parchalari yetkazib berilishini ta’minlasin

6. "Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasining "OʻzEksayd" yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korхonasida akkumulyator batareyalari ishlab chiqarish loyihasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 14 yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Tayyor mahsulotlarning yangi turlarini, ularga qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyхatiga kiritilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I.Karimov



*) 1 - 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 48-49-son, 497-modda.