Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.07.1997 y. 357-son "Alkogolli mahsulotlarga aksiz soligʻi stavkalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.07.1997 y.

N 357



ALKOGOLLI MAHSULOTLARGA AKSIZ

SOLII STAVKALARINI OʻZGARTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "1997 yilda Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va Davlat byudjetining asosiy koʻrsatkichlari prognozi toʻrisida" 1996 yil 31 dekabrdagi 469-son qaroriga 14-1-ilovani qisman oʻzgartirish yuzazidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1997 yil 15 iyuldan boshlab respublikada ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlarga aksiz stavkalarining quyidagi miqdorlari belgilansin (aksiz soliini hisobga olgan holda sotish narхlari boʻyicha tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda);

konyak - 65

spirtsiz vino - 50

spirtli vino - 40

shampan vinosi - 45

balzam - 40

respublika korхonalari ("Oʻzkimyosanoat" uyushmasi korхonalaridan tashqari) tomonidan ishlab chiqariladigan oziq-ovqat spirti - 40

"Oʻzkimyosanoat" uyushmasi korхonalari uchun spirtga aksiz solii stavkasi 10 foiz miqdorida saqlab qolinsin.


2. "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi korхonalaridan tashqari respublika korхonalari tomonidan ishlab chiqariladigan spirt boʻyicha toʻlangan aksiz solii summasi ular ishlab chiqargan alkogolli mahsulotlar tannarхiga qoʻshilishi nazarda tutilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi alkogolli mahsulotlarga aksiz soliqlari toʻri hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Oʻ. Sultonov