Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.1996 y. 333-son "Chetdan keltirilayotgan tovarlarning ayrim turlariga aksiz soligʻi joriy etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.09.1996 y.

N 333



ChETDAN KELTIRILAYoTGAN TOVARLARNING

AYRIM TURLARIGA AKSIZ SOLIFI

JORIY ETISh TOʻFRISIDA


Vatanimizning tovar ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1996 yil 1 oktyabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirilayotgan tovarlarga ilovaga muvofiq roʻyhat va stavka boʻyicha aksiz solii joriy etilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 sentyabrdagi 304-son qarori bilan chetdan keltirilayetgan yengil avtomobillarga belgilangan aksiz solii stavkalari chetdan keltirilayotgan foydalanilgan yengil avtomobillarga ham joriy etilsin.

Agar avtomobil ishlab chiqarilganligiga uch yil va undan ortiq boʻlgan boʻlsa, qancha masofa yurganligidan qat’i nazar, u foydalanilgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq Qoʻmitasi bir hafta muddatda aksiz solii solinadigan chetdan keltirilayotgan tovarlar uchun aksiz solii toʻlash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

Davlat soliq qoʻmitasi aksiz solii toʻri hisoblanishi va toʻliq toʻlanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                   I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 23 ssntyabrdagi

333-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi huludiga

keltirilayotgan aksiz solii solinadigan

tovarlar boʻyicha aksiz solii

STAVKALARI


Tashki iqtisodiy faoliyat

tovar no menklaturasi

kodi

Tovarlariing nomi


Aksiz solii stavkalari

(kontrakt qiymatiga iisbatan

foizlarda yoki oʻlchov birligi

uchun EKYu da)


1701-5704


Gilam va gilam mahsulotlari


35%

7113, 7114, 7116, 711590,

711590 100 711590 900


Qimmatbaho metallardan

yasalgan zargarlik

buyumlari


20%

2203


Pivo


35%, biroq 1 litri uchun

kamida 0,3 EKYu


1704, 1905, 1806


Qandolatchilik

mahsulotlari


20%


2202

200950200980


Alkogolsiz ichimliklar,

sharbatlar (sitrus

oʻsimliklar sharbatidan

tashqari)


25%, biroq 1 litri uchun

kamida 0,15 EKYu


8528, 8521, 8520


Video va audioapparatlar


25%



Izoh. Quyidagilarga aksiz solii solinmaydi.

jismoniy shaхslar tomonidan keltirilyotgan qandolatchilik mahsulotlariga bir jismoniy shaхsga 3 kilogrammgacha

jismoniy shaхslar tomonidan keltiriyotgan pivoga alkogolsiz ichimliklar va sharbatlarga bir jismoniy shaхsga ikki litrgacha

jismoniy shaхslar tomonidan keltirilayotgan boshqa mahsulotlarga, bir jismoniy shaхsga bir dona tovargacha



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1996 y., N 9, 27-modda.