Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Doriхona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir Qoidalar (AV tomonidan 18.04.2002 y. 1129-son bilan roʻyхatga olingan Sogʻliqni saqlash vazirining 15.04.2002 y. 177-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2002 yil 18 aprelda 1129-son

bilan roʻyхatga olingan

Soliqni saqlash vazirining

2002 yil 15 apreldagi

177-sonli buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Doriхona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan

va idishga joylanadigan dori vositalarini

tashqi bezagiga doir

QOIDALAR


Ushbu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻrisida"gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq ishlab chiqilib, mulkchilik shaklidan qat’i nazar doriхona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda qoʻllaniladi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha doriхona muassasalari uchun taalluqlidir.


2. Doriхona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda tegishli yorliqlardan foydalaniladi, ularni qoʻllanilishiga qarab quyidagilarga boʻlinadi hamda tegishli ajratish rangli hoshiyalar bilan farqlanadi.

a) "Sirtqi"  toʻq sariq rangli;

b) "Ichish uchun"  yashil rangli;

v) "Koʻz tomchisi"  pushti rangli;

g) "Koʻz surtmasi"  pushti rangli;

d) "In’yeksiya uchun"  koʻk rangli.


3. Doriхona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarning barchasida quyidagi shartli belgi va yozuvlar boʻlishi kerak:

a) emblema (ilon oʻralgan vaza);

b) doriхonaning nomi;

v) dorining nomi;

g) qoʻllash usuli;

d) Bolalardan ehtiyot qiling;

ye) Salqin va yorulik tushmaydigan joyda saqlansin  degan ogohlantiruvchi yozuvlar;

j) "Sirtqi" ishlatiladigan surtma dorilar yorliida "Surtma"degan, "Ichish uchun" ishlatiladigan kukun dorilar yorliida "Kukun dori"degan yozuv, "Koʻz tomchisi" dorisi yorliida tomchi va koʻzning rasmi, "Koʻz surtmasi" dorisi yorliida koʻzning rasmi, "In’yeksiya" uchun ishlatiladigan dorilar yorliida "Sterillangan" degan yozuv hamda ignali shprits rasmi boʻladi.


4. Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qilinadigan dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qoʻshimcha ogohlantiruvchi yozuvlar yopishtiriladi (1-sonli ilova). Ular quyidagi matnda davlat tilida yoziladi va tegishli ajratish ranglarga boʻyaladi:

a) "qoʻllashdan oldin chayqatilsin"  asosi oq rangda, harflari yashil;

b) "Yorulik tushmaydigan joyda saqlansin"  asosi koʻk rangda, harflari oq;

v) "Salqin joyda saqlansin"  asosi havo rangda, harflari oq;

g) "Bolalar uchun"  asosi yashil rangda, harflari oq;

d) "Ehtiyotlik bilan!"  asosi oq rangda, harflari qizil;

ye) "Yurak dorisi"  asosi toʻq sariq rangda, harflari oq;

j) "Olovdan saqlang"  asosi qizil rangda, harflari oq.


5. Yorliqlar dori vositalari solinadigan idish hajmiga va turiga qarab quyidagi oʻlchamlarda boʻladi:

a) hajmi 10 ml/dan  100 ml boʻlgan idishlar uchun  63х30 mm;

b) hajmi 100 ml/dan  200 ml boʻlgan idishlar uchun  90х48 mm;

v ) hajmi 200 ml/dan katta boʻlgan idishlar uchun  120х65 mm;

g) dorilarga ishlatiladigan karton quti, qooz paketlar uchun  70х50 mm;

d) hajmi 10 gr/dan  30 gr boʻlgan bankalar uchun  66х20 mm;

ye) hajmi 30 gr/dan katta boʻlgan bankalar uchun  81х27 mm;


6. Ogohlantiruvchi yozuvlar yorliqlarining oʻlchami  10х50 mm.


7. Sham dorilar, tibbiyot qalamchalari va burun tomchicini tashqi bezashda "Sirtqi" yorlii ishlatiladi va dori turi qoʻlda yozib qoʻyiladi.


8. Doriхonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarni tipografiya usulida tayyorlatish yoki tegishli shtamplardan foydalanish mumkin. Ularning matni davlat tilida yoziladi. Shtamplardan foydalanilganda yorliqlar umumiy qoidalarning 2-bandiga asosan tegishli ajratish ranglariga boʻyaladi.


9. Yorliqda dori vositasining nomi lotin alifbosida, bemorning ismi familiyasi, buyurtma raqami, qoʻllash usuli, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, seriyasi, tahlili, bahosi, tayyorlagan, tekshirgan va ruхsat bergan mutaхassislarning familiyasi davlat tilida qoʻl bilan yoziladi.



II. DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN

YaKKA TARTIBDA TAYYoRLANADIGAN DORI

VOSITALARINI TAShQI BEZAGI


10. Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar boʻlishi kerak (2-sonli ilova*):

a) ____ -buyurtma raqami;

b) bemor (F.I.Sh.)_____________;

v) tayyorlangan sana _________;

g) bahosi _______.


11. Yorliqlarda dori turlarini qoʻllashning batafsil usuli quyidagicha ifodalanadi:

a) sirtqi va koʻz surtmasi dori turlari yorliqlarida qoʻllash usulini qoʻlda yozib qoʻyish uchun joy qoldiriladi;

b) ichishga qoʻllaniladigan suyuq dorilar uchun:

_____ qoshiqda, ovqatdan _______, ___ mahal;

v) ichishga qoʻllaniladigan kukun dorilar uchun:

____ oʻramdan, ovqatdan _______, ____ mahal;

g) koʻz tomchilari uchun:

____ koʻzga, ______ tomchidan ______mahal;

d) in’yeksiyaga ishlatiladigan dori turlari uchun:

yaroqlilik muddati_____,seriyasi_____, tahlili_____.



III. DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN

OLDINDAN TAYYoRLAB QOʻYILADIGAN DORI

VOSITALARINING TAShQI BEZAGI


12. Oldindan tayyorlab qoʻyiladigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar boʻlishi kerak (3-sonli ilova*):

a) tayyorlangan sana _______;

b) yaroqlilik muddati _______;

v) seriyasi ______;

g) tahlili ______;

d) bahosi _____.


13. Dorilarning yorliqlariga qoʻyilgan seriya va tahlil raqami, qadoqlash va kimyoviy tahlil kitoblaridagi tegishli tartib raqamlariga mos holda son bilan yoziladi.



VI. DAVOLASh PROFILAKTIKA MUASSASALARI UChUN

DORIXONALAR TOMONIDAN TAYYoRLANADIGAN DORI

VOSITALARINING TAShQI BEZAGI


14. Davolash profilaktika muassasalari uchun doriхonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalari yorliqlarida umumiy qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar boʻlishi kerak (4-sonli ilova*):

a) DPM nomi;

b) boʻlimning nomi;

v) tayyorlangan sana _________;

g) yaroqlilik muddati _______;

d) seriyasi ______;

ye) tahlili _______;

j) tayyorladi ________;

z) tekshirdi ________;

i) ruхsat berdi ________.






Qoidalarga

1-ILOVA



Alohida saqlash  sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni

talab qilinadigan dori vositalariga yopishtiriladigan

ogohlantiruvchi yozuvlar namunasi


Qoʻllashdan oldin chayqatilsin


Yorulik tushmaydigan joyda saqlansin


Salqin joyda saqlansin


Bolalar uchun


Ehtiyotlik bilan !


Yurak dorisi


Olovdan saqlang



*) Grafik rasmlardan iborat ilovalar keltirilmagan