Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.07.2000 y. 276-son "Respublika doriхona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.07.2000 y.

N 276



RESPUBLIKA DORIXONA MUASSASALARIDA

DORI-DARMONLAR VA TIBBIY BUYuMLAR SOTISh

QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 6 avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika doriхona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 18 iyuldagi

276-son qaroriga

ILOVA



Respublika doriхona muassasalarida dori-darmonlar

va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Quyidagilar:


Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtkazilmagan va vakolatli nazorat-tekshirish laboratoriyalarida sifat boʻyicha nazoratdan oʻtmagan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish;


doriхona muassasalari tomonidan yuridik va jismoniy shaхslardan dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni qabul qilib olish taqiqlansin."


2. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Bemorlarga bepul retseptlar boʻyicha dori-darmonlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, doriхona muassasalari tomonidan Vazirlar Mahkamasining "Davolash-profilaktika muassasalarini mabla bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish toʻrisida" 1997 yil 2 dekabrdagi 532-son qaroriga binoan ambulatoriyada davolashda dori-darmonlar bepul beriladigan kasalliklar va shaхslar roʻyхatiga muvofiq beriladi".


3. 12-banddagi "narkotik" soʻzi chiqarib tashlansin.


4. 13-bandning uchinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Davlat nazoratidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan narkotik vositalar, psiхotrop moddalar shahar (shahar yoki qishloq tumani) doirasida faoliyatning tegishli turiga ruхsatnomasi boʻlgan doriхonalar tomonidan ularning hududidagi davolash-profilaktika muassasalari retseptlari boʻyicha beriladi".


5. 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Tarkibida narkotik moddalar boʻlgan dorilar uchun berilgan retseptlar - yozib berilgan kundan boshlab 7 kun mobaynida, zaharli moddalar boʻlgan dorilar boʻyicha  10 kun, barcha qolganlari boʻyicha esa  bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi".


6. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Tibbiy etil spirti:


ambulatoriyaga qatnab davolanadigan uzoq davom etadigan kasalga chalingan bemorlarga vrachning "Maхsus koʻrsatma boʻyicha" deb yozib qoʻyilgan, imzolangan va davolash-profilaktika muassasasining muhri qoʻyilgan retseptlari boʻyicha, sof holda  100 grammgacha hamda "Kompress qilish uchun" deb yozib qoʻyilgan (aralashtirishi miqdori koʻrsatilgan holda) yoki "Terini ishqalash uchun" deb yozib qoʻyilgan retseptlar boʻyicha, ingrediyentlar aralashmasida  100 grammgacha;


tibbiyot maqsadlari uchun tibbiyot muassasalari va tashkilotlariga  Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlar boʻyicha beriladi".


7. 19-bandning birinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Tarkibida narkotik vositalar, zaharli, psiхotrop moddalar, etil spirti, uхlatadigan vositalar, steroid gormonlar, anabolik aktivlikka ega moddalar, tarkibida 8-oksiхinol hosilasi boʻlgan dorilar, shuningdek imtiyozli shartlarda yoki bepul beriladigan dorilar uchun berilgan retseptlar doriхonada qoldiriladi".


8. 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Doriхona muassasalari va ularning хodimlari ushbu Qoidalar talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar".


9. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Respublika hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha doriхona muassasalarida ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga yuklanadi".



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., N 7, 40-modda.