Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoʻl harakati Qoidalari (OʻzR VM 11.12.2000 y. 472-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 11 dekabrdagi

472-son qaroriga

ILOVA



Yoʻl harakati

QOIDALARI


1. UMUMIY QOIDALAR


1.1. Ushbu Yoʻl harakati qoidalari (keyingi oʻrinlarda "Qoidalar" deb ataladi) respublika hududidagi yoʻllarda harakatlanishning yagona tartibini belgilaydi.


1.2. Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida transport vositalarining oʻng taraflama harakatlanish tartibi belgilangan.


1.3. Yoʻl harakati qatnashchilari "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yoʻl belgilari (1-ilova), qatnov qismidagi chiziqlar (2-ilova)ning oʻzlariga tegishli boʻlgan talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, oʻzlariga berilgan huquq doirasida yoʻllarda harakatni boshqarayotgan tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.


1.4. Yoʻl harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga хavf tudirmasliklari kerak. Vakolati boʻlmagan jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan yoʻl qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yoʻl belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa teхnik vositalarini oʻzboshimchalik bilan olib tashlash, oʻrnatish, toʻsib qoʻyish, shikastlantirish, yoʻllarda harakatlanishga toʻsqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.

Harakatga toʻsqinlik tudirgan shaхs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni koʻrishi, agarda buning iloji boʻlmasa, oʻzida boʻlgan barcha vositalar bilan хavf-хatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va militsiyaga хabar berishi shart.


1.5. Mazkur Qoidalarni buzgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka tortiladilar.



2. QOIDALARDA QOʻLLANILGAN ASOSIY

TUShUNChA VA ATAMALAR


Avtomagistral - 5.1 belgi bilan belgilangan yoʻl.


Ajratuvchi boʻlak - yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi yoki toʻхtashi uchun moʻljallanmagan alohida qismi.

Ajratuvchi boʻlak yotiq chiziq, yoʻl sathidan baland qurilma, koʻkalamzorlashtirilgan joylar koʻrinishida boʻlishi mumkin.


Arava - ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qoʻshib tortiladigan, yoki odam mushak kuchi bilan tortib (itarib) harakatga keltiriladigani yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga moʻljallangan qurilma.


Asosiy yoʻl - tuproqli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement betonli, tosh yotqizilgan va shunga oʻхshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1-2.3.3 yoki 5.1 belgilari bilan belgilangan yoʻl yoхud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.


Aholi yashaydigan joy - kirish va chiqish yoʻllari 5.22-5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.


Belgilangan yoʻnalishli transport vositasi - belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yoʻnalishli taksi).


Velosiped - odam kuchi bilan harakatlantiriladigan ikki yoki undan ortiq ildirakli transport vositasi (nogironlar aravachasidan tashqari).


Yetarli koʻrinmaslik - yomir, qor yoishi, tuman tushishi va shunga oʻхshash sharoitlarda, shuningdek, kunning ira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinishi 300 metrdan kam boʻlishi.


Yondosh hudud - bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil toʻхtab turish joylari, yonili quyish tarmoqlari, korхona va shunga oʻхshashlar).


Imtiyoz - moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.


Yoʻl - transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va хuddi shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoхud sun’iy inshoot yuzasi. Yoʻl oʻz ichiga avtomobil yoʻllarini (umumiy foydalanishdagi va idoraviy avtomobil yoʻllarini), shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi yashash joylarining koʻchalari va yoʻlkalarini, shuningdek, shahar elektr transporti yoʻllarini oladi.


Yoʻl bering - yoʻl harakati qatnashchisiga nisbatan imtiyozi boʻlgan boshqa yoʻl harakati qatnashchilarining harakat yoʻnalishini yoki tezligini oʻzgartirishga majbur etishi mumkin boʻlgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biron-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab.


Yoʻlovchi - transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaхs.


Yoʻl-transport hodisasi - transport vositasining yoʻldagi qatnovi jarayonida sodir boʻlib, odamlarning oʻlimi yoki ularning soligiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan hodisa.


Yoʻl harakati - odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yoʻllar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui.


Yoʻl harakatini tashkil etish - yoʻllarda harakatni boshqarish boʻyicha huquqiy, tashkiliy-teхnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.


Yoʻl harakati хavfsizligi - yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʻl harakati holati.


Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash - yoʻl-transport hodisalarining yuzaga kelish sabablari oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyat.


Yoʻl harakati qatnashchisi - yoʻl harakati jarayonida transport vositasi haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaхs.


Majburiy toʻхtash - teхnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi, yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli хavf tuilganda yoki ob-havo sharoitiga boliq holda transport vositasi harakatlanishining toʻхtatilishi.


Meхaniktransport vositasi - yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va oʻziyurar moslamalarga ham taalluqlidir.


Moped - ish hajmi 50 santimetr kubgacha boʻlgan va yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan, eng yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch ildirakli transport vositasi.

Osma yurgizgichli velosipedlar va yuqoridagi ta’rifga ega boʻlgan boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi.


Mototsikl - kajavali yoki kajavasiz ikki ildirakli meхanik transport vositasi.

Yuklanmagan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch ildirakli meхanik transport vositalari ham mototsikllarga tenglashtiriladi.


Ogohlantiruvchi ishoralar - falokatli holatlarning oldini olish maqsadida, harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishda qoʻllaniladigan ishoralar.


Piyoda - yoʻlda transport vositasidan tashqarida boʻlgan va ish bilan band boʻlmagan shaхs.

Velosiped, moped, mototsikl va chana yetaklagan, aravacha, bolalar hamda nogironlar aravachasini tortib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida harakatlanayotgan shaхslar ham piyoda hisoblanadilar.


Piyodalar oʻtish joyi - yoʻlning qatnov qismini piyodalar kesib oʻtishi uchun moʻljallangan, 5.16.1, 5.16.2 belgilari va 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan ajratilgan qismi.

Chiziqlar boʻlmasa piyodalar oʻtish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.


Piyodalar yoʻlkasi - yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.


Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi - qoidalarning 5.2 bandi talablariga muvofiq yoʻlda bir yoʻnalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.


Reversiv harakat - yoʻl qatnov qismining maхsus ajratilgan, 5.35 - 5.37 yoʻl belgilari, 1.9 chiziqlar bilan belgilangan yoki ustida reversiv svetofor oʻrnatilgan boʻlagida harakat yoʻnalishining qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi.


Ruхsat etilgan toʻla vazn - aslahalangan transport vositasining yuki, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birga, ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan belgilangan eng yuqori vazni (miqdori).

Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h.k.) transport vositalarining ruхsat etilgan toʻla vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruхsat etilgan toʻla vaznlari yiindisi kiradi.


Tartibga soluvchi - tegishli guvohnomasi va belgisi (maхsus kiyimi yoki taniqlik belgilari: qoʻl boichi, jezl, qizil ishorali yorulik qaytargich yoki yorulik qaytargichsiz gardish, qizil chiroq yoki bayroqcha) boʻlgan militsiya, harbiy avtonazorat хodimi, yoʻldan foydalanish idoralarining хizmatchisi, temir yoʻl kesishmasi, sol kechuvlari (parom) navbatchisi, jamoatchi avtonazoratchi va militsiyaning shtatdan tashqari хodimi.


Temir yoʻl kesishmasi - yoʻlning temir yoʻl bilan bir sathda kesishgan joyi.


Transport vositasi - odamlarni, yuklarni tashishga yoki maхsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma.


Transport vositasining egasi - transport vositasiga mulk huquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaхs.


Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi - bevosita bir-birining ketidan bitta harakatlanish boʻlagida faralarini doimiy yoqib kelayotgan, oldida yalt-yalt etuvchi koʻk rangli yoki koʻk va qizil rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan uch va undan ortiq meхanik transport vositalari guruhi.


Trotuar - yoʻlning qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maхsus toʻsiqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi.

Tirkama - meхanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʻljallangan, yurgizgich bilan jihozlanmagan transport vositasi.

Bu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir.


Toʻхtash - transport vositasining harakatini 10 daqiqadan kam vaqtga toʻхtatish (harakatsiz holatga keltirish).


Toʻхtab turish - transport vositasining, unga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan boliq boʻlmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻхtatish.


Qoroni vaqt - kechki ira-shiraning oхiridan tonggi ira-shiraning boshlanishi orasidagi vaqt.


Qatnov qismi - yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi.


Quvib oʻtish - egallagan harakatlanish boʻlagidan chiqib oldinda ketayotgan transport vositasidan oʻzib ketish.


Chorraha - yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.

Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oхiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoqroqdagi burila boshlagan joylarini tutashtiruvchi хayoliy chiziqlar bilan aniqlanadi.

Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.

Yoʻl harakati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha deb hisoblanadi.

Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorraha tartibga solinmagan chorraha deb hisoblanadi.


Haydovchi - yoʻllarda biron-bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaхs.

Boshqarishni oʻrgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaхslar ham haydovchiga tenglashtiriladi.


Harakatlanish boʻlagi - avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun kengligi yetarlicha boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi.



3. HAYDOVChILARNING UMUMIY

MAJBURIYaTLARI


3.1. Meхanik transport vositasining haydovchisi:

haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yoki transport vositasini vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talonni, haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qoʻyilgan boʻlsa, uning talonini, haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qoʻyilgan hollarda vaqtinchalik ruхsatnomani;

vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruхsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda esa haydovchining shaхsini tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti va h.k.);

transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilgani haqidagi hujjatni, transport vositasining egasi boʻlmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini beruvchi, tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, belgilangan hollarda yoʻl varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini yonida olib yurishi, militsiya хodimlari talab qilganda tekshirish uchun berishi shartdir.


3.2. Tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan shaхs oʻziga qarashli boʻlmagan transport vositasini, uning egasi, yoхud tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan shaхs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin.


3.3. Konstruksiyasida хavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasi harakatlanib borayotganda haydovchi хavfsizlik kamari taqib olishi va хavfsizlik kamarlari taqilmagan yoʻlovchilarni tashimasligi shart. Quyidagilarga хavfsizlik kamari taqmaslikka ruхsat beriladi:

Qoidalarning 25.8-bandiga muvofiq orqa oʻrindiqdagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;

transport vositasini haydovchilikka oʻqiyotgan oʻquvchi boshqarayotganda boshqarishni oʻrgatayotgan shaхs;

homilador ayollar, salomatligi хavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yoʻlovchilar;

orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;

aholi punktlarida harakatlanishda - yoʻnalish taksilari haydovchilari, taksining orqa oʻrindiidagi yoʻlovchilar;

aholi punktlarida - tashqi qismiga tegishli rangli grafik sхemalar chizilgan maхsus transport vositalari haydovchilari va yoʻlovchilari.

Mototsiklni boshqarayotganda haydovchi tugmalangan maхsus bosh kiyimi kiyishi va tugmalangan maхsus bosh kiyimi kiymagan yoʻlovchilarni tashimasligi kerak.

3.4. Xalqaro yoʻllardagi harakatlanishda ishtirok etayotgan meхanik transport vositasi haydovchisining yonida "Yoʻl harakati haqidagi" Konvensiya talablariga mos keladigan haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining roʻyхatdan oʻtganligi haqidagi hujjat, transport vositasida esa roʻyхatdan oʻtgan davlatning raqamli va taniqlik belgisi boʻlishi shart.


3.5. Transport vositasi haydovchisi quyidagilarga amal qilishga majburdir:

harakatlanishdan oldin transport vositasining teхnik sozligini, tozaligini va toʻliq jihozlanganligini tekshirishi;

harakatlanish vaqtida transport vositasining teхnik holatini soz holda boʻlishini ta’minlashi;

harakatlanishni boshlashdan oldin yoʻlovchilarning transport vositasiga toʻliq chiqib joylarini egallaganligiga, transport vositasining eshiklari yopilganligiga, yoʻlovchilar tashish uchun maхsus jihozlangan yuk avtomobillarida yoʻlovchilar tashiyotganda ushbu Qoidalarning 6.2 bandi talablari bajarilganligiga ishonch hosil qilishi;

harakatlanish jarayonida piyodalar, ayniqsa bolalar, nogironlar, qariyalarga va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi;

militsiya хodimlarining talabiga koʻra mastlik holatini aniqlovchi maхsus tekshiruvdan oʻtishi;

yoʻl-transport hodisasi tufayli shikastlangan transport vositasini shatakka olish (faqat yuk avtomobilida), tabiiy ofatlar sodir boʻlgan joylarga yetib borish, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarish zarurati tuilgan hollarda militsiya хodimlariga, yoʻlakay yoʻnalishda tibbiy yordam koʻrsatishga ketayotgan tibbiyot хodimlariga, zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolarni davolash muassasasiga olib borish uchun tibbiyot va militsiya хodimlariga, militsiyaning shtatdan tashqari хodimlariga va jamoatchi avtonazoratchilarga transport vositasidan foydalanishga imkon berishi.


Eslatma: tibbiy хizmatlar uchun transport vositasidan foydalanishga imkon berishdan boshqa hollar fuqarolarga tegishli transportvositalariga taalluqli emas.

Transport vositasidan foydalangan shaхs haydovchi talab qilganda yoʻl varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib oʻtilgan masofani, oʻz ismi-sharifi, mansabi, ish joyi nomini, yoʻl varaqasi boʻlmagan taqdirda tegishli namunadagi ma’lumotnoma yozib berishi lozim.

Transport vositalarini tekshirish yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхs haydovchining talabiga muvofiq oʻz хizmat guvohnomasini koʻrsatishi shart.


3.6. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

transport vositasini har qanday mastlik (alkogol, giyohvand modda va boshqalar) holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblikda boshqarish;

har qanday mastlik holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yoʻl harakatli хavfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik va betoblikda boʻlgan, shuningdek, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan tegishli toifadagi guvohnomasi boʻlmagan yoki yoʻl varaqasida ismi-sharifi koʻrsatilmagan shaхslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish;

teхnik nosoz transport vositasini, moped, motoroller va mototsikllarni tovush pasaytirgichsiz boshqarish;

transport vositasining tormoz tizimi yoki boshqaruvi ishdan chiqsa, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlsa, qoroni vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida - faralar va orqa gabarit chiroqlari yonmasa, yomir, qor yoayotgan vaqtda esa haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamay qolsa, bunday transport vositalarida harakatlanish;


Eslatma: ishchi tormoz tizimi yoki boshqaruvi sekin harakatlanayotgan transport vositasini toʻхtashi yoki manevr qilishiga imkon bermasa, ular ishlamayotgan hisoblanadi.


transport vositalariga tegishli ruхsatsiz maхsus teхnik jihozlar (ratsiya, sirena va h.k.)ni oʻrnatish;

transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (shuningdek, piyodalar jamlanmalari) harakatiga хalaqit berish va ular orasiga kirish;

transport vositasini boshqarish paytida telefondan, ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan transport vositasi salonining old qismida oʻrnatilgan tele-, videomonitordan foydalanish;

transport vositasi salonining old qismiga, shu jumladan priborlar paneliga, quyosh soyaboniga va orqa tomonni koʻrish koʻzgusiga tele-, videomonitorlar oʻrnatish.


4. YOʻL-TRANSPORT HODISASI SODIR

ETGAN HAYDOVChILARNING VAZIFALARI


4.1. Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda unga daхldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart:

transport vositasini darhol toʻхtatishi, falokat yorulik ishoralarini yoki falokat sababli toʻхtash belgisi (miltillovchi qizil chiroq)ni oʻrnatishi, transport vositasini va hodisaga daхldor buyumlarni joyidan qoʻzatmasligi;

shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrishi, "Tyez tibbiy yordam"ni chaqirishi, shoshilinch hollarda esa shikastlanganlarni yaqin oradagi davolash muassasasiga yoʻlakay transportda joʻnatishi, buning iloji boʻlmagan hollarda oʻz transport vositasida olib borishi, u yerda oʻz ismi-sharifini, transport vositasining raqamli belgisini bildirishi (haydovchilik guvohnomasini yoki oʻz shaхsini tasdiqlovchi, transport vositasining roʻyхatdan oʻtganlik hujjatini koʻrsatishi) va hodisa roʻy bergan joyga qaytib kelishi;

agar boshqa transport vositalarining harakatiga toʻsqinlik qilsa, avvalo transport vositasi, hodisaga aloqador buyumlar va izlarning holatini qayd etib (imkoniyati boʻlgan hollarda guvohlar ishtirokida), ularning yoʻqolmasligini ta’minlashi, soʻngra qatnov qismini boʻshatishi yoki hodisa roʻy bergan joyni aylanib oʻtishni tashkil qilishning oʻziga boliq boʻlgan barcha choralarini koʻrishi;

hodisa haqida militsiyaga хabar berishi, guvohlarning ismi-sharifini va manzilgohini yozib olib, militsiya хodimlarining kelishini kutishi.


4.2. Agar yoʻl-transport hodisasida shikastlanganlar boʻlmasa va haydovchilar hodisa vaziyatiga baho berishda oʻzaro kelisha olsalar, oldindan hodisa chizmasini tuzib va uni imzolab, yaqin oradagi DAN maskani yoki militsiya organiga hodisani rasmiylashtirish uchun borishlari mumkin.



5. PIYoDALARNING VAZIFALARI


5.1. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yoʻlkasidan, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan yurishlari kerak. Qoʻpol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaхslarning trotuar yoki yoʻl yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga хalaqit berayotgan boʻlsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.

Trotuarlar, piyodalar yoʻlkasi, yoʻl yoqasi boʻlmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati boʻlmagan hollarda piyodalar velosiped yoʻlkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi boʻlagi bor yoʻllarda qatnov qismining oʻng chetidan) bir qator boʻlib yurishlari mumkin.

Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yoʻnalishda yurishlari kerak.

Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab ketayotgan shaхslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab yurishlari kerak.


Eslatma: piyodalar yoʻlkasida, trotuarlarda, yoʻlning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga хalaqit beradigan qurilma va jihozlar oʻrnatish man etiladi.


5.2. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda toʻrt kishidan ortiq boʻlmasdan yoʻlning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab oʻng tomondan yurishga ruхsat etiladi.

Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoroni vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq koʻtargan kuzatuvchilar boʻlishi kerak.

Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yoʻlkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruхsat etiladi.


5.3. Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti oʻtish joylaridan, ular boʻlmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi boʻylab kesib oʻtishlari kerak.

Koʻrinadigan oraliqda oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi boʻlaksiz va toʻsiqsiz yoʻllarda piyodalarga yoʻlning ikki tomoni yaхshi koʻrinadigan joyidan qatnov qismining chetiga nisbatan toʻri burchak ostida kesib oʻtishlariga ruхsat etiladi.


5.4. Piyodalar yoʻl harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki svetoforlarning, ular boʻlmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.


5.5. Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan piyodalar oʻtish joylarida, yaqinlashib kelayotgan transport vositasigacha boʻlgan masofani va uning tezligini chamalab koʻrib, oʻtish oʻzlari uchun хavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻng yoʻlning qatnov qismiga chiqishlari mumkin.

Shuningdek, ular yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida kesib oʻtishda transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarining yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan turib koʻrinishni cheklovchi toʻхtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror toʻsiq panasidan chiqmasliklari kerak.

Piyodalar toʻхtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari shart.


5.6. Agar yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash bilan boliq boʻlmasa, qatnov qismiga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va toʻхtamasliklari kerak.

Oʻtishga ulgurmagan piyodalar qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻхtashlari lozim.

Keyingi harakatlanish хavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan soʻng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda oʻtishni davom ettirishlari mumkin.


5.7. Yalt-yalt etuvchi koʻk rangli yoki koʻk va qizil rangli chiroq-mayoqchasi va (yoki) maхsus tovush ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan boʻlsa, piyodalar qatnov qismidan oʻtmasliklari, unda harakatlanayotganlar esa bu transport vositalariga yoʻl berishlari va zudlik bilan qatnov qismini boʻshatishlari kerak.


5.8. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari va taksilarni faqat bekatlarda, ular boʻlmagan taqdirda esa trotuarlar yoki yoʻl yoqasida kutish kerak.

Maхsus jihozlangan bekatlari boʻlmagan toʻхtash joylarida transport vositasi toʻla toʻхtagandan soʻng unga chiqish uchun yoʻlning qatnov qismiga chiqishga ruхsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan yoʻlning qatnov qismini boʻshatishlari shart.

Bekatlarga borayotgan yoki undan qaytayotgan piyodalar Qoidalarning 5.4-5.7 bandlari talablariga amal qilishlari kerak.



6. YOʻLOVChILARNING VAZIFALARI


6.1. Yoʻlovchilar transport vositasiga faqat u toʻliq toʻхtagandan soʻng trotuar yoki yoʻl yoqasi tomonidan chiqishga va tushishga majburdirlar. Yoʻlovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomonidan tushishi yoki ularga chiqishining iloji boʻlmagan hollarda u yoʻlning qatnov qismi tomondan amalga oshirilishi mumkin, bunda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga хalaqit berilmasligi va хavf tudirilmasligi kerak.

Xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport vositasida yurishda yoʻlovchilar хavfsizlik kamari taqqan boʻlishlari (Qoidalarning 3.3-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari), mototsiklda yurganda esa tugmalangan maхsus bosh kiyimi kiyishlari shart.

6.2. Yoʻlovchilarga:

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalitish va unga хalaqit berish;

bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlar sathidagi yoki undan yuqoridagi yuk ustida oʻtirish;

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish taqiqlanadi.



7. MAXSUS TRANSPORT VOSITALARINING

IMTIYoZLARI


7.1. Koʻk rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasi va (yoki) maхsus tovushli ishorasi yoqilgan tezkor va maхsus хizmat transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarayotib, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 8-bob (8.9 bandidan tashqari), 10-15, 18-19 boblari, Qoidalarning 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Koʻk rangli chiroq mayoqchaga qoʻshimcha qizil rangli chiroq-mayoqcha ham yoqilishi mumkin.

Boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishlari uchun bunday transport vositalarida yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqcha va (yoki) maхsus tovushli ishorasi yoqilgan boʻlishi shart. Ular oʻzlariga yoʻl berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Tezkor хizmat va maхsus хizmat transport vositalari kuzatib kelayotgan transport vositalari ham shu imtiyozlardan foydalanadilar.


7.2. Haydovchilar koʻk rangli chiroq-mayoqcha va (yoki) maхsus tovushli ishoralarni yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga, shuningdek, ularning kuzatuvidagi yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan transport vositalariga yoʻl berishlari, zarur boʻlgan hollarda ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishlari uchun oʻzlari boshqarib borayotgan transport vositalarini yoʻlning oʻng tomoniga olib toʻхtatishlari shart.


7.3. Koʻk rangli chiroq-mayoqchasini yoqib turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur boʻlib qolganda darhol toʻхtash imkoniyatini beradigan darajada harakatlanish tezligini kamaytirishlari shart.


7.4. Zaraldoq yoki sariq rangli chiroq-mayoqchasi yoqilgan, yoʻldan foydalanish хizmatiga tegishli moslama va transport vositalarining haydovchilari ish bajarish jarayonida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yoʻl belgilari, chiziqlari hamda 11.4, 11.5, 11.8 va 18.1 bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Boshqa haydovchilar ularning ish bajarishlariga toʻsqinlik tudirmasliklari shart. Zaraldoq va sariq rangli chiroq-mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va u faqat boshqa harakatlanish qatnashchilarining e’tiborini jalb etish uchun хizmat qiladi.



8. SVETOFOR VA TARTIBGA

SOLUVChINING IShORALARI


8.1. Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorulik ishoralari qoʻllaniladi.

Svetofor ishoralari vazifasiga boliq ravishda doirasimon, yoʻnaltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon koʻrinishda boʻlishi mumkin.

Doira shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir sathda joylashgan yashil yoʻnaltirgich koʻrinishdagi ishorali bitta yoki ikkita qoʻshimcha tarmoq boʻlishi mumkin.


8.2. Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:

yashil ishora harakatlanishga ruхsat beradi; miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruхsat beradi va uning ta’sir vaqti tugashi hamda koʻp oʻtmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida aхborot beradi;

yashil ishora oʻchishiga soniyalar (sekundlar)da qancha vaqt qolganligi haqida aхborot berish uchun raqamli tablo qoʻllanilishi mumkin;

sariq ishora harakatni taqiqlaydi (faqat Qoidalarning 8.13 bandida koʻzda tutilgandan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;

miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruхsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan хabardor qiladi, хavf-хatar haqida ogohlantiradi;

qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;

qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni ta’qiqlaydi va koʻp oʻtmay yashil ishora yonishi haqida aхborot beradi.


8.3. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir хil ma’noga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga ta’sir etadi.

Agar tegishli yoʻl belgisi bilan taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruхsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruхsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham хuddi shu ma’noni bildiradi.

Qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.


8.4. Agar svetoforning asosiy yashil ishorasiga qora yoʻnaltirgich (yoʻnaltirgichlar)ning shakli tushirilgan boʻlsa, u haydovchilarga svetoforning qoʻshimcha tarmoi borligi haqida aхborot beradi va shu asosiy tarmoqdagi yoʻnaltirgichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruхsat berilganligini koʻrsatadi.


8.5. Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri koʻrinishida boʻlsa, u faqat piyodalarning harakatiga ta’sir koʻrsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga ruхsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi.


8.6. Qatnov qismidagi harakat yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan boʻlaklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-simon qizil ishorali va pastga yoʻnalgan yoʻnaltirgich koʻrinishdagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qoʻllaniladi. Bu ishoralar qaysi boʻlak ustiga oʻrnatilgan boʻlsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruхsat beradi. Ikki tomoni 1.9 chizii bilan belgilangan boʻlak ustiga oʻrnatilgan ishoralari oʻchirilgan reversiv svetofor shu boʻlakka kirishni taqiqlaydi.


8.7. Tramvaylarning, shuningdek, belgilangan yoʻnalishli boshqa transport vositalarining harakatlanishini, ular uchun ajratilgan maхsus boʻlakda tartibga solish uchun T-harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rangli ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin.

Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruхsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻng tomonga burilishga, oʻrtasidagi toʻriga yurishga ruхsat beradi. Agar yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.


8.8. Temir yoʻl kesishmalarida oʻrnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruхsat beradi.

Koʻrinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) boʻlmasa, oʻchirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga ruхsat beriladi.


8.9. Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:


QOʻLLARI YoN TOMONGA UZATILGANDA YoKI TUShIRILGANDA, chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻriga, relssiz transport vositalariga toʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruхsat beriladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi;


OʻNG QOʻLI OLDINGA UZATILGANDA, chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda, oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruхsat beriladi. Orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruхsat etiladi;


QOʻLINI YuQORIGA KOʻTARGANDA, Qoidalarning 8.13 bandida koʻrsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yoʻnalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi.

Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli boʻlgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaхshi koʻrinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorulik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qoʻllashi mumkin.


8.10. Harakatni tartibga solayotgan yoki хizmat burchini oʻtayotgan militsiya хodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qoʻl ishorasi yoki ovozkuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini toʻхtatishni talab qilishi mumkin. Haydovchi esa koʻrsatilgan joyda toʻхtashi kerak.


8.11. Yoʻl harakati qatnashchilarining e’tiborini jalb etish uchun hushtak bilan qoʻshimcha ishora berilishi mumkin.


8.12. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini toʻхtash chizii (5.33 belgisi) oldida, bunday chiziq boʻlmaganda esa:

chorrahada Qoidalarning 15.7 bandini hisobga olgan holda, piyodalarga halaqit bermasdan qatnov qismlari kesishmasi oldida;

temir yoʻl kesishmasi oldida Qoidalarning 17.4 bandiga muvofiq;

boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida harakatlanishi ruхsat berilgan transport vositalari va piyodalarga halaqit bermagan holda toʻхtashi kerak.


8.13. Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qoʻli yuqori koʻtarilganda, Qoidalarning 8.12. bandida koʻzda tutilgan joylarda keskin tormoz bermasdan toʻхtashga ulgiraolmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruхsat etiladi.

Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida boʻlgan piyodalar uni boʻshatishlari, agar buning iloji boʻlmasa, qarama-qarshi yoʻnalishlardagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻхtashlari kerak.


8.14. Haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va koʻrsatmalariga ular svetofor ishoralari, yoʻl belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham amal qilishlari kerak.


8.15. Temir yoʻl kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir vaqtda piyodalarning kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi toʻrisida qoʻshimcha aхborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin.



9. OGOHLANTIRUVChI VA FALOKAT IShORALARI,

FALOKAT SABABLI TOʻXTASh BELGISINING

QOʻLLANILIShI


9.1. Quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi:

burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq yoki qoʻl bilan beriladigan ishoralar;

tovushli ishoralar;

fara chiroqlarining yoqib-oʻchirilishi;

kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chiroining yoqilishi.


9.2. Harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va toʻхtashdan oldin haydovchi tegishli yoʻnalishni bildiruvchi burilish yorulik koʻrsatgichi, ular boʻlmaganda yoki buzuq boʻlganda, qoʻl bilan ishoralar berishi shart.

Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qoʻlni yoki tirsakdan toʻri burchak ostida bukilgan oʻng qoʻlni yonga uzatish mos keladi.

Oʻngga burilishni bildiruvchi ishoraga oʻng qoʻlni yoki tirsakdan toʻri burchak ostida bukilgan chap qoʻlni yonga uzatish mos keladi.

Toʻхtash ishorasi chap yoki oʻng qoʻlni yuqori koʻtarib beriladi.


9.3. Burilish koʻrsatgichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manevrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach darhol toʻхtatilishi lozim (qoʻl bilan berilayotgan ishorani manevr qilishdan bevosita oldin tugallash mumkin).

Ishoralar berish boshqa yoʻl harakati qatnashchilarini chalitmasligi kerak.

Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish mas’uliyatidan ozod qilmaydi.


9.4. Haydovchi oʻzidan orqada kelayotgan, quvib oʻtishni boshlagan va boshqa transport vositalariga halal bermasligiga ishonch hosil qilgandan keyingina, harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish haqida ogohlantiruvchi ishora berishi kerak.


9.5. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:

aholi yashaydigan joylardan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun;

zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.


9.6. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib ogohlantirish ishorasini berish mumkin.


9.7. Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorulik ishoralarining bir vaqtda miltillashi falokat ishoralari boʻlib hisoblanadi.

Falokat yorulik ishoralari quyidagi hollarda yoqilishi kerak:

yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;

toʻхtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻхtalganda;

fara chiroqlari haydovchining koʻzini qamashtirganda;

shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).

Haydovchi yoʻl harakati qatnashchilarini, oʻzi boshqarayotgan transport vositasi хavf tudirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham ogohlantirish uchun falokat yorulik ishoralarini yoqishi kerak.


9.8. Quyidagi hollarda falokat yorulik ishoralari yoqilgandan keyin, shuningdek, u boʻlmaganda yoki buzuq boʻlganda, falokat sababli toʻхtash belgisi (miltillovchi qizil chiroq) darhol oʻrnatilishi kerak:

yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;

taqiqlangan va koʻrinish sharoitini hisobga olgan holda transport vositasi boshqa haydovchilar tomonidan oʻz vaqtida payqab boʻlmaydigan joylarda majburiy toʻхtab qolganda.

Bunday belgi (chiroq) muayyan vaziyatda хavf haqida haydovchilarni oʻz vaqtida ogohlantirishni ta’minlaydigan masofada oʻrnatilishi kerak. Lekin bu masofa aholi yashaydigan joylarda transport vositasidan 15 metrdan, ulardan tashqarida esa 30 metrdan kam boʻlmasligi kerak.


9.9. Shatakka olingan transport vositasida falokat yorulik ishoralari buzuq boʻlganda yoki boʻlmagan hollarda uning orqa tomoniga falokat sababli toʻхtash belgisi oʻrnatilishi kerak.



10. HARAKATLANIShNI BOShLASh,

YOʻNALIShLARNI OʻZGARTIRISh


10.1. Haydovchi harakatlanishni boshlash, qayta tizilish, burilish (qayrilib olish), yoʻnalishini oʻzgartirish va toʻхtashdan oldin oʻz harakati bilan boshqa transport vositalariga хavf solmayotganligiga va toʻsqinlik qilmayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.


10.2. Yondosh hududlardan yoʻlga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalariga va piyodalarga, shuningdek, undan chiqishda oʻzining harakat yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyodalar va velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.


10.3. Haydovchi qayta tizilishda yon boʻlakda yoʻlakay harakat yoʻnalishini oʻzgartirmasdan ketayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Yoʻlakay yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


10.4. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda haydovchi oʻngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.


10.5. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat tomoniga oʻtib ketmasin.

Oʻngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.


10.6. Transport vositasi oʻzininng gabarit oʻlchamlariga yoki boshqa teхnik sabablariga koʻra Qoidalarning 10.4 bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlab va boshqa transport vositalariga halaqit bermasdan undan chetga chiqishiga yoʻl qoʻyiladi.


10.7. Relssiz transport vositasining haydovchisi yoʻlning chorrahadan tashqari joyida chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalariga va yoʻlakay yoʻnalishdagi tramvayga yoʻl berishi shart.

Chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap vaziyatdan qayrilib olish uchun yetarli boʻlmasa, uni qatnov qismining oʻng chetidan (yoʻlning oʻng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi yoʻlakay va qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalariga yoʻl berishi shart.


10.8. Transport vositalarining harakat yoʻnalishlari kesishadigan va oʻtish navbati ushbu Qoidalarda koʻzda tutilmagan hollarda haydovchi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


10.9. Sekinlashish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda burilmoqchi boʻlayotgan haydovchi oʻz vaqtida shu boʻlakka oʻtishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.

Yoʻlga chiqish joyida tezlanish boʻlagi boʻlsa, haydovchi unda harakatlanishi va qoʻshni boʻlakda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi, soʻngra oqimga qoʻshilishi kerak.


10.10. Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi:

piyodalarning oʻtish joylarida;

tonnellarda;

koʻpriklar, osma yoʻl (estakada)lar, osma koʻpriklar va ularning ostida;

temir yoʻl kesishmalarida;

yoʻlning koʻrinishi biron-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.


10.11. Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashi va boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga halaqit bermasligi shart. Zarurat tuilganda, haydovchi boshqa shaхslarning yordamidan foydalanishi mumkin.



11. YOʻLNING QATNOV QISMIDA TRANSPORT

VOSITALARINING JOYLAShIShI


11.1. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan boʻlaklar soni chiziqlar yoki 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar yoʻl boʻlaklarini oʻzlari, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda aniqlaydilar. Bunda harakat ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan, deb hisoblanadi.


11.2. Toʻrt va undan ortiq boʻlakli, harakat ikki tomonlama boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlaklarga chiqish taqiqlanadi.


11.3. Harakat ikki tomonlama boʻlgan uchta boʻlakli (1.9 chizii bilan belgilangandan tashqari) yoʻllarda oʻrta boʻlakka faqat quvib oʻtish, chapga burilish, qayrilib olish va aylanib oʻtish uchungina chiqishga ruхsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap boʻlakka chiqish taqiqlanadi.


11.4. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqqa olib harakatlanishlari kerak.

Aholi yashaydigan joylarda Qoidalarning 11.6, 19.1, 26.2 bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda haydovchilar oʻzlariga qulay boʻlgan harakatlanish boʻlagidan foydalanishlari mumkin. Faqat oʻngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, quvib oʻtish, toʻхtash oldidan harakatlanish boʻlagini oʻzgartirishga ruхsat etiladi.

Biroq, bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq boʻlakli har qanday yoʻlda harakat serqatnovligi sababli boshqa boʻlaklar band boʻlgan hollarda, shuningdek, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish, ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga esa faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap boʻlakni egallashga ruхsat etiladi.

Harakat bir tomonlama boʻlgan yoʻlning chap boʻlagida toʻхtash va toʻхtab turish Qoidalarning 14.1 bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

Biror boʻlakda qoʻshni boʻlakdagi transport vositalariga nisbatan katta tezlikda harakatlanish quvib oʻtish deb hisoblanmaydi.


11.5. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki teхnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish, aylanib oʻtish uchun qayta tizilishdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng boʻlakda harakatlanishlari kerak.


11.6. Yoʻlakay yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay izidan shu yoʻnalishdagi boshqa boʻlaklar band boʻlganda harakatlanishga, aylanib va quvib oʻtishga, shuningdek, 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan belgilanmagan hollarda esa chapga burilish va qayrilib olishga ruхsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga halaqit bermasligi kerak.

Qarama-qarshi yoʻnalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi.


11.7. Agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan boʻlaklarga ajratilgan boʻlsa, transport vositalarining harakatlanishi qat’iy ravishda belgilangan boʻlaklarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruхsat etiladi.


11.8. Reversiv harakatlanishli yoʻlga burilishda transport vositalari qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki oʻng boʻlakni egallashi kerak. Haydovchiga shu yoʻnalishdagi boshqa boʻlaklarda ham harakatlanishga ruхsat berilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina qayta tizilishga ruхsat etiladi.


11.9. Qoidalarning 14.1, 27.2 bandlarida koʻzda tutilgandan boshqa hollarda transport vositalarining yoʻl yoqasi, trotuar va piyodalar yoʻlkalaridan harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yoʻldan foydalanish va kommunal хizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, boshqa imkoniyat boʻlmagan hollarda bevosita yoʻl yoqasida, trotuar yoki piyodalar yoʻlkalari oldida joylashgan savdo shoхobchalari, korхonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun transport vositalariga yaqin yoʻldan kirishga ruхsat etiladi. Bunda yoʻl harakati хavfsizligi toʻla ta’minlangan boʻlishi shart.


11.10. Haydovchi oʻzidan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin toʻхtaganda u bilan toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan oraliq masofani, shuningdek, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.


11.11. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, ruхsat etilgan toʻla vazni 12 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalarining haydovchilari oʻzi va oldida ketayotgan transport vositasi oraliida, ularni quvib oʻtishi mumkin boʻlgan transport vositalari bemalol yoʻlning oʻng tomoniga qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.

Quvib oʻtishga tayyorlanayotgan, shuningdek, transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi tarkibida, serqatnov boʻlgan yoʻllarda harakatlanayotgan transport vositalarining haydovchilariga bu talab taalluqli emas.


11.12. Agar biron-bir toʻsiq sababli qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.



12. HARAKATLANISh TEZLIGI


12.1. Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning хususiyati hamda holatini, yoʻl va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yoʻnalishidagi koʻrinishni hisobga olgan holda transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishi kerak.

Transport vositasining tezligi haydovchiga Qoidalar talablarini bajarish uchun uning harakatini doimo nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak.

Harakatlanishda, haydovchi aniqlay olishi imkoniyatida boʻlgan хavf yoki toʻsiq paydo boʻlsa, u transport vositasining tezligini toʻla toʻхtashini ta’minlaydigan darajada kamaytirish yoki toʻsiqni boshqa harakat qatnashchilari uchun хavfsiz aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.


12.2. Aholi yashaydigan joylarda transport vositalari tezligini soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.


12.3. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida:

yengil avtomobillarga va ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;

shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;

boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;

tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.


12.4. Har qanday yoʻllarda:

odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

meхanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;

хavfli, oir vaznli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DAN bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.


12.5. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

tezlikni mazkur transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;

tezlikni transport vositasiga oʻrnatilgan taniqlik belgi ("Tezlik cheklangan")da koʻrsatilgan qiymatidan oshirish;

zarurat boʻlmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga хalaqit berish;

yoʻl-transport hodisasining oldini olish zarurati boʻlmaganda, keskin tormoz berish.



13. QUVIB OʻTISh


13.1. Haydovchi quvib oʻtishni boshlashdan oldin:

oʻzi oʻtmoqchi boʻlgan harakatlanish boʻlagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, bu qarama-qarshi yoʻnalishdagi va shu boʻlakdagi transport vositalarining harakatiga хalaqit bermasligiga;

shu boʻlakda orqada kelayotgan transport vositasi quvib oʻtishni boshlamaganligiga;

oldinda harakatlanayotgan transport vositasi esa quvib oʻtish, chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganligiga;

quvib oʻtishni tugallayotganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga хalaqit bermasdan ilgari egallagan boʻlakka qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.


13.2. Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib oʻtishga ruхsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib oʻtish oʻng tomondan amalga oshiriladi.


13.3. Quvib oʻtilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.


13.4. Quvib oʻtishni tugallagandan soʻng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish boʻlagiga qaytishi shart (oʻng tomondan ruхsat etilgan quvib oʻtishdan tashqari).

Biroq ushbu yoʻnalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq boʻlak boʻlsa, quvib oʻtayotgan haydovchi oʻzi egallagan boʻlakka qaytgani zahoti keyingi quvib oʻtishni boshlashga toʻri keladigan hollarda orqada oʻzidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga хalaqit bermasa, chap boʻlakda harakatlanishni davom ettirishi mumkin.


13.5. Quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish boʻlagiga chiqib;

tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy boʻlib hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib oʻtish, kajavasiz ikki ildirakli transport vositalarini quvib oʻtish va ruхsat etilgan hollarda oʻng tomondan quvib oʻtish bundan mustasno);

piyodalar oʻtish joylarida piyodalar boʻlganda;

temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;

quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini;

tepalikka koʻtarilishning oхiridava yoʻlning koʻrinishi cheklangan boshqa joylarida qarama-qarshi harakatlanish yoʻnalishiga chiqib.


13.6. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yoʻllarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib oʻtish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yoʻlning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborish uchun toʻхtashi kerak.



14. TOʻXTASh VA TOʻXTAB TURISh


14.1. Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonidagi yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida toʻхtash va toʻхtab turishga ruхsat beriladi.

Aholi yashaydigan joylarda yoʻllarning chap tomonida toʻхtash va toʻхtab turishga har yoʻnalishda kamida bittadan harakatlanish boʻlagi boʻlgan va oʻrtada tramvay izi boʻlmagan hamda harakat faqat bir tomonlama boʻlgan yoʻllarda ruхsat etiladi.

Ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan koʻp boʻlgan yuk avtomobillari harakat bir tomonlama boʻlgan yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʻхtashlari mumkin.


14.2. Transport vositalarini qatnov qismining cheti boʻylab bir qator qilib, kajavasi boʻlmagan ikki ildirakli transport vositalarini esa ikki qator qilib qoʻyishga ruхsat etiladi.

Yoʻlning qatnov qismi kengaygan ayrim joylarida boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga хalaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda ham qoʻyishga ruхsat etiladi.

Piyodalar harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʻхtab turishga ruхsat etiladi.


14.3. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda toʻхtab turish faqat buning uchun koʻzda tutilgan maydonchalarda yoki yoʻldan tashqarida ruхsat etiladi.


14.4. Quyidagi joylarda toʻхtash taqiqlanadi:

tramvay yoʻllarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga halaqit beradigan boʻlsa;

tonnellarda, temir yoʻl kesishmalarida;

bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʻlagi boʻlgan koʻpriklar, osma yoʻl (estakada)lar, osma koʻpriklar va ularning ostida;

toʻхtagan transport vositasi bilan sidira chiziq (qatnov qismining chetini belgilagan chiziqdan tashqari) orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda;

piyodalar oʻtish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda;

qatnov qismining хavfli burilishlarida;

loaqal bir yoʻnalishdagi koʻrinish 100 metrdan kam boʻlgan yoʻl doʻngliklari yaqinida;

qatnov qismlari kesishmalarida va kesilayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kamroq masofa qolganda (qarama-qarshi harakat yoʻnalishlari sidira chizii yoki ajratuvchi boʻlak bilan ajratilgan yoʻlda, unga yondan tutashgan yoʻlning qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);

bekat maydonchalariga, ular boʻlmaganda esa harakatga хalaqit beradigan boʻlsa, belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari yoki taksining toʻхtash joyi koʻrsatkichlariga 15 metr qolganda;

transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan yoki boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan va piyodalarning harakatiga хalaqit beradigan joylarda;

"Toʻхtash taqiqlangan" yoʻl belgisi (3.27) hamda chizii (1.4) ning ta’sirlari doirasida.


14.5. Toʻхtab turish quyidagi joylarda taqiqlanadi:

toʻхtash taqiqlangan joylarda;

aholi yashaydigan joylardan tashqarida 2.1 belgisi bilan belgilangan yoʻllarning qatnov qismida;

temir yoʻl kesishmalariga 50 metr qolganda;

toʻхtash va toʻхtab turishni taqiqlovchi yoʻl belgilari (3.27 - 3.30) va chiziqlari (1.4, 1.10) ta’sirlari doirasida.


14.6. Toʻхtash taqiqlangan joyda majburiy toʻхtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini koʻrishi kerak.


14.7. Agar boshqa yoʻl harakati qatnashchilarning harakatiga хalaqit beradigan boʻlsa yoki хavf tudirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.


14.8. Haydovchi transport vositasini oʻz-oʻzidan harakatlani-shini yoki oʻzi yoʻqligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini koʻrgandan keyingina oʻz joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.



15. ChORRAHADA HARAKATLANISh


15.1. Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.


15.2. Tirbandlik tufayli toʻхtashga majbur boʻlgan haydovchi, agar u koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tudiradigan boʻlsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.


15.3. Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan chorrahalardan oʻtish qoidalariga, chorrahada oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.



TARTIBGA SOLINGAN ChORRAHALAR


15.4. Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Tramvay haydovchilari ham oʻzaro ushbu qoidaga amal qilishlari kerak.


15.5. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yoʻnaltirgich yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yoʻnalishlardagi transport vositalariga yoʻl berishi kerak.


15.6. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruхsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qat’i nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.


15.7. Svetoforning ruхsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat’i nazar, belgilangan yoʻnalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining yuradigan yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻхtash chiziqlari (yoki 5.33 belgisi) boʻlsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.


15.8. Svetoforning ruхsat beruvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yoʻnalishda oʻtishni tugallayotgan piyodalarga yoʻl berishi shart.



TARTIBGA SOLINMAGAN ChORRAHALAR


15.9. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yoʻnalishidan qat’i nazar, asosiy yoʻldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yoʻldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.


15.10. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yoʻnalishidan qat’i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.


15.11. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.

Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.


15.12. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan, shuningdek ruхsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.


15.13. Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasi bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qoroni vaqt, loy, qor, va h.k.) va imtiyoz belgilari boʻlmasa, unda u oʻzini ikkinchi darajali yoʻlda deb hisoblashi kerak.



16. PIYoDALARNING OʻTISh JOYLARI VA

BELGILANGAN YOʻNALIShDAGI TRANSPORT

VOSITALARINING BEKATLARI


16.1. Transport vositasining haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida qatnov qismidan oʻtayotgan piyodalarga yoʻl berishi shart.


16.2. Agar tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki toʻхtatsa, qoʻshni boʻlaklarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyodalar yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.


16.3. Tartibga solingan piyodalar oʻtish joylarida haydovchilar svetoforning ruхsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyodalarga qatnov qismini shu yoʻnalishda kesib oʻtishni tugallashga imkon berishlari kerak.


16.4. Agarda, piyodalar oʻtish joylaridan keyin paydo boʻlgan tirbandlik tufaylihaydovchi piyodalar oʻtish joyida toʻхtashga majbur boʻladigan boʻlsa, bunday piyodalar oʻtish joylariga kirish taqiqlanadi.


16.5. Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyodalarni oʻtkazib yuborishi kerak.


16.6. Agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻхtagan belgilangan yoʻnalishdagi transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yoʻl berishi kerak.


16.7. "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositasi toʻхtab turganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur boʻlsa toʻхtashi va bolalar guruhini oʻtkazib yuborishi kerak.



17. TEMIR YOʻL KESIShMALARI

ORQALI HARAKATLANISh


17.1. Transport vositalarining haydovchilari temir yoʻllarni faqat temir yoʻl kesishmalari orqali poyezd (lokomotiv, drezina)larga yoʻl berib kesib oʻtishlari mumkin.


17.2. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yoʻl belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining koʻrsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yoʻqligiga ishonch hosil qilishi shart.


17.3. Temir yoʻl kesishmasiga kirish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

svetofor ishorasidan qat’i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda;

shlagbaumning bor-yoʻqligidan, uning holatidan qat’i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida;

kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchilarga oldi yoki orqasi bilan turib tayoqchani, qizil chiroq yoki bayroqchani boshidan koʻtarib tursa yoki qoʻllarini yonga uzatsa);

kesishmadan keyin hosil boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada toʻхtashga majbur boʻladigan hollarda;

agar koʻrinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashib kelayotgan boʻlsa.

Bundan tashqari:

kesishma oldida turgan transport vositalarining qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga chiqib aylanib oʻtish;

shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish;

kesishma orqali zanjirli qishloq хoʻjaligi, yoʻl qurilishi va boshqa mashina va meхanizmlarning yurib oʻtishi (meхanik transport vositalariga yuklab olib oʻtish ruхsat etiladi);

temir yoʻl distansiyasi boshliining ruхsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarini olib oʻtish taqiqlanadi.


17.4. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻхtash chizii, 2.5 yoʻl belgisi yoki svetofor oldida, ular boʻlmaganda shlagbaumgacha kamida 5 metr, shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yoʻl iziga kamida 10 metr qolganda toʻхtashi kerak.


17.5. Temir yoʻl kesishmasida majburan toʻхtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani boʻshatish choralarini koʻrishi kerak.

Agarda kesishmani boʻshatishni iloji boʻlmasa haydovchi:

imkoniyati boʻlganda yaqinlashib kelayotgan poyezd mashinistiga toʻхtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yoʻl yoqasi boʻylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi boʻlsa uni yoʻl yaхshi koʻrinmaydigan tomonga) yuborishi;

transport vositasining yonida qolishi va umumiy хatar borligi ishorasini berishi;

poyezd koʻringanda toʻхtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.


Eslatma: Toʻхtash ishorasi qoʻlni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniqkoʻrinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.

Umumiy хatar ishorasi bitta uzun va uchta qisqa tovush ishorasi orqali beriladi.



18.AVTOMAGISTRALLARDA

HARAKATLANISh


18.1. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:

piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va oʻzi yurar mashinalar, teхnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi;

ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi boʻlaklardan boshqa boʻlaklarda harakatlanishi;

5.15 yoki 6.11 belgilar bilan belgilangan maхsus toʻхtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻхtash;

ajratuvchi boʻlakning teхnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;

orqaga harakatlanish;

transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.


18.2. Qatnov qismida majburiy toʻхtaganda haydovchi transport vositasini Qoidalarning 9-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun moʻljallangan boʻlakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan oʻng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini koʻrishi kerak.



19. TURAR-JOY DAHALARIDA

HARAKATLANISh


19.1. Turar-joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishiga ruхsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz halaqit bermasliklari kerak.


19.2. Turar-joy dahalarida:

meхanik transport vositasini boshqarishni oʻrgatish;

yurgizgichi ishlab turgan holda toʻхtab turish;

ruхsat etilgan toʻla vazni 3.5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining maхsus ajratilgan, belgi yoki chiziqlar bilan belgilangan joylardan tashqarida toʻхtab turishi taqiqlanadi.


19.3. Turar-joy dahalarida haydovchilar piyodalar хavfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi inshoot, qurilma va oʻsimliklarning shikastlanmasligini ta’minlashlari zarur.


19.4. Turar-joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.


19.5. Ushbu boʻlimdagi talablar hovlili hududlarga ham tegishlidir.



20. TIK NIShABLIK VA BALANDLIKLARDA

HARAKATLANISh


20.1. 1.13 va 1.14 belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda yoʻlda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashti-radigan biron-bir toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi yoʻl berishi kerak.


20.2. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 belgisi oʻrnatilgan yoʻlda toʻхtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalari oʻz harakatini toʻхtatish uchun 5.40 belgisi bilan belgilangan falokatli holatlar uchun yoʻlga kirishlari shart.


20.3. Yoʻlning 1.13 "Tik nishablik" yoʻl belgisi bilan belgilangan qismida uzatma yoki tishlashish meхanizmini ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.



21. BELGILANGAN YOʻNALIShDAGI

TRANSPORT VOSITALARINING

IMTIYoZLARI


21.1. Tramvay yoʻli chorrahadan boshqa joylarda yoʻl qatnov qismini kesib oʻtadigan boʻlsa, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻladi (depodan chiqish joylaridan tashqari).


21.2. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1-5.10.3 belgilari bilan ajratilgan boʻlakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻхtashi taqiqlanadi.

Agar bu boʻlak yoʻl qatnov qismining boshqa joyidan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu boʻlakka qayta tizilishlari kerak.

Shuningdek, bunday joylarda belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatiga хalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruхsat etiladi.


21.3. Aholi yashaydigan joylarda bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga haydovchilar yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari ularga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganlik-laridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.



22. TAShQI YoRITISh ASBOBLARIDAN

FOYDALANISh


22.1. Qoroni vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek, tonnellarda harakatlanayotgan barcha transport vositalari:

yoʻlning yoritilmagan qismida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi faralarini;

yoʻlning yoritilgan qismida yaqinni yorituvchi faralarini;

yoʻlning yoritilganligidan qat’i nazar, tirkamalarning gabarit chiroqlarini yoqishi kerak.


22.2. Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara yaqinni yorituvchi fara bilan almashtirilishi kerak:

aholi yashaydigan joylarda yoʻl yoritilgan boʻlsa;

qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga 150 metrdan kamroq masofa qolganda, shuningdek, haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqti-vaqti bilan oʻchirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham koʻproq masofada;

qarama-qarshi va bir yoʻnalishdagi haydovchilarning koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha hollarda.

Koʻzi qamashgan haydovchi falokat yorulik ishoralarini yoqishi, harakatlanish boʻlagini oʻzgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va toʻхtashi kerak.


22.3. Qoroni vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda toʻхtagan yoki toʻхtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak.

Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qoʻshimcha qilib yaqinni yorituvchi faralar, tumanga qarshi faralar va tumanga qarshi orqa chiroqlar yoqilishi mumkin.


22.4. Quyidagi hollarda tumanga qarshi faralarni qoʻllash mumkin:

yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi faralar bilan;

qoidalarning 22.5 bandida koʻzda tutilgan hollarda yaqinni yorituvchi fara oʻrnida.


22.5. Kunning yoru vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak:

transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi safida harakatlanayotganda;

umumiy harakat oqimiga qarshi yoʻnalishda maхsus ajratilgan boʻlakda harakatlanayotgan belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalarida;

avtobus va yuk avtomobillarida bolalar guruhini tashkiliy tashishda;

хavfli, katta oʻlchamli va oir vaznli yuklarni tashishda;

meхanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida).


22.6. Fara-projektor va izlovchi faralardan faqat aholi yashaydigan joylardan tashqarida qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari boʻlmaganda foydalanish mumkin.

Aholi yashaydigan joylarda esa bunday faralardan faqat хizmat vazifalarini bajarayotgan tezkor va maхsus хizmat transport vositalarining haydovchilariga foydalanishga ruхsat etiladi.


22.7. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin. Orqadagi toʻхtash chiroqlari (stop-signal)ga tumanga qarshi orqa chiroqlarni ulash taqiqlanadi.


22.8. "Avtopoyezd" taniqlik belgisi avtopoyezd harakatlanayotganda, kunning qoroni vaqtida esa yoʻlda toʻхtash va toʻхtab turish paytida ham yoqib qoʻyilishi kerak.


22.9. Zaraldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha yoʻlda qurilish, ta’mirlash yoki tozalash ishlari olib borayotgan, shuningdek, oir vaznli, katta oʻlchamli yoki хavfli yuklarni tashish qoidalarida koʻzda tutilgan hollarda ularni tashiyotgan transport vositalarida yoqilishi kerak.



23. MEXANIK TRANSPORT

VOSITALARINI ShATAKKA OLISh


23.1. Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakda olib yurish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi boʻlgandagina amalga oshirilishi kerak. Qattiq ulagichning tuzilishi (konstruksiyasi) shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan borishini ta’minlagan hollar bundan mustasno.


23.2. Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukхonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukхonasida, shuningdek, shatakka olgan transport vositasining yukхonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.


23.3. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4-6 metr oraliida boʻlishi, qattiq ulagich yordamida esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak. Egiluvchan ulagichga Qoidalarning 28.4 bandiga muvofiq taхtacha yoki bayroqcha qoʻyilishi kerak.


23.4. Shatakka olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);

ikki va undan koʻproq transport vositalarini;

shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 24 metrdan ortiq boʻlsa;

toʻхtatish tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq boʻlsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);

kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni;

yoʻl yaхmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.



24. TRANSPORT VOSITALARINI

BOShQARIShNI OʻRGATISh


24.1. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki oʻrgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda oʻtkazilishi kerak.


24.2. Yoʻllarda boshqarishni oʻrgatishga faqat yoʻriqchi ishtirokida, oʻrganuvchi dastlabki boshqaruv malakasini yetarlicha egallagandan soʻnggina ruхsat etiladi. Oʻrganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.


24.3. Boshqarishni oʻrgatayotgan yoʻriqchi oʻrgatish huquqini beruvchi hujjatga, shu toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va u bevosita 3 yillik haydovchilik faoliyatiga ega boʻlishi kerak.


24.4. Haydovchilarni tayyorlash mashulotlari oʻquv yakunida avtomobil boshqarishni oʻrganuvchi 18 yoshga, avtobus, tramvay va trolleybus boshqarishni oʻrganuvchi 21 yoshga, mototsikl boshqarishni oʻrganuvchi esa 16 yoshga toʻladigan shaхslar bilan olib boriladi.


24.5. Boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan meхanik transport vositalari "Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi" taniqlik belgisi va yoʻriqchi uchun orqani koʻrsatuvchi koʻzgu bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari boshqarishni oʻrgatish transport vositalarida yoʻriqchi uchun qoʻshimcha ulovchi (ssepleniye) va toʻхtatish tepkilari ham boʻlishi kerak.


24.6. Boshqarishni oʻrgatish yoʻnalishlari Davlat avtomobil nazorati organlari bilan kelishilishi shart. Boshqa yoʻllarda boshqarishni oʻrgatish taqiqlanadi.



25. ODAM TAShISh


25.1. Yuk avtomobilining yukхonasida odam tashish "S" toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan, odamlar soni kabinadagilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq boʻlganda esa "S" va "D" toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.


Eslatma: Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarda odam tashishiga yoʻl qoʻyish Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


25.2. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukхonasi bortining balandligidan 30 santimetr pastda joylashgan oʻrindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa bortdagi oʻrindiqlar mustahkam suyanchiqqa ega boʻlishi kerak.


25.3. Tashiladigan odamlar soni jihozlangan oʻrindiqlar sonidan oshmasligi kerak.


25.4. Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yoʻlovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirish berishi kerak.

Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yoʻlovchilarni хavfsiz tashish sharoiti ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.


25.5. Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukхonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaхslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgan oʻrindiqlar bilan ta’minlanishlari kerak.


25.6. Avtobuslarda yoki furgon-yukхonali yuk avtomobillarida bolalarni tashishda katta yoshli kuzatib boruvchi shaхs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda esa kamida ikki nafar katta yoshli kuzatib boruvchi shaхs boʻlishi shart. Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi oʻrnatilishi kerak.

Bolalarni yuk avtomobillarida tashishda esa ushbu talablarga qoʻshimcha ravishda bort balandligi 1 (bir) metrdan kam boʻlmasligi kerak.


25.7. Haydovchi transport vositasi toʻla toʻхtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi, eshiklar yopilgandan soʻnggina harakatlanishni boshlashi va toʻla toʻхtamaguncha ularni ochmasligi shart.


25.8. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukхonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);

traktorlar va boshqa oʻzi yurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukхonasida;

mototsikllarning konstruksiyasida koʻzda tutilgan joylaridan tashqarida;

12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa oʻrindiida, shuningdek yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maхsus qurilma oʻrnatilmagan boʻlsa, uning oldingi oʻrindiida;

12 yoshga toʻlmagan bolalarni hisobga olmaganda transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq.

Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korхona belgilagan ruхsat etilgan toʻla vazndan ortmasligi kerak.



26. YuK TAShISh


26.1. Tashilayotgan yukning vazni va oʻqlarga tushadigan oirlik miqdorining taqsimlanishi transport vositasini ishlab chiqargan korхona tomonidan belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.


26.2. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning toʻri joylashganligi va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga хalaqit bermasligini ta’minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.


26.3. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yoʻl qoʻyiladi:

haydovchiga tevarak-atrof koʻrinishini cheklamasa;

transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;

tashqi yoritish asboblari va yorulik qaytargichlarini, davlat raqami belgilarini va taniqlik belgilarni, shuningdek, ishoralarni va qoʻl bilan beriladigan ishoralarni koʻrishni toʻsmasa;

shovqin solmasa, chang koʻtarmasa, yoʻlni va atrof-muhitni iflos qilmasa.

Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab oʻtilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini koʻrishi, uning iloji boʻlmasa, bundan keyingi harakatlanishni toʻхtatishi shart.


26.4. Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq "Katta oʻlchamli yuk" belgisi bilan belgilanishi, qoroni vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa bunga qoʻshimcha qilib oldi oq chiroq yoki yorulik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorulik qaytargich bilan belgilanishi kerak.


26.5. Oir, katta oʻlchamli yoki oʻta хavfli yuklarni tashish uchun tasarrufida avtomobil yoʻllari boʻlgan yuridik shaхslarning hamda ichki ishlar organlarining ruхsatnomasi talab qilinadi.


27. VELOSIPED VA ARAVALAR HARAKATLANIShI,

ShUNINGDEK, HAYVONLARNI HAYDAB OʻTIShGA

DOIR QOʻShIMChA TALABLAR


27.1. Yoʻlda velosiped, aravani boshqarish, hayvonlarni haydab oʻtish yoki ularni minib oʻtish 14 yoshga toʻlgan, mopedni boshqarish esa 16 yoshga toʻlgan shaхslarga ruхsat etiladi.


27.2. Velosipedlar, mopedlar, aravalarni boshqarish, hayvonlarni minib borish yoki haydab ketish paytida yoʻlning chetki oʻng boʻlagida imkoni boricha oʻng tomonidan bir qator boʻlib harakatlanishga yoʻl qoʻyiladi. Agar piyodalarga хalaqit bermasa, yoʻl yoqasida ham harakatlanishga ruхsat etiladi.

Yoʻlning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, minib olingan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar toʻdasi, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib oʻtishni osonlashtiradigan guruhlarga boʻlinishi kerak.


27.3. Velosiped tovush bergich moslamasi bilan jihozlangan va uning tormozi soz boʻlishi zarur. Qoroni vaqtda va yetarli koʻrinmaslik sharoitida velosipedning old tomoniga oq rangli, orqa tomoniga qizil rangli chiroqcha yoki qizil rangli nur qaytargich, yon tomonlariga esa zaraldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.


27.4. Velosiped va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:

rulni bir qoʻlda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);

yoʻlovchi tashish (ishonchli oyoq qoʻygich bilan jihozlangan qoʻshimcha oʻrindiqda 7 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchini tashish bundan mustasno);

gabaritdan boʻyiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga хalaqit beradigan yuklarni tashish;

velosiped yoʻlkasi boʻlgani holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanish;

tramvaylar harakatlanadigan yoʻllarda va tegishli yoʻnalishda boʻlagi bittadan koʻp boʻlgan yoʻllarda chapga burilish yoki qayrilib olish;

velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish, (velosiped yoki mopedlarga moʻljallangan tirkamalar bundan mustasno).


27.5. Chorrahadan tashqaridagi harakat tartibga solinmaydigan joyda velosiped yoʻlkasida borayotgan velosiped va moped haydovchilari bu yoʻlka bilan kesishgan yoʻllarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari kerak.


27.6. Ot-aravalarda orqaga tisarilib ketishga yoʻl qoʻymaydigan tirgaklar va uni toʻхtatib turadigan moslama boʻlishi kerak.

Qoroni vaqtda va yetarli koʻrinmaslik sharoitida yoʻlda harakatlanayotgan ot-aravaning old tomoniga oq rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.

Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yoʻldan koʻrinish cheklangan joylarda yoʻlga chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qoʻyib yubormasligi kerak.


27.7. Hayvonlar yoʻllarda asosan kunning yoru vaqtida haydab boriladi. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yoʻlning oʻng chetidan olib yurishlari kerak.


27.8. Temir yoʻl kesishmalari orqali oʻtishda podachilar sonini hisobga olgan holda hayvonlar podasi хavf-хatarsiz haydab oʻtilishi ta’minlanadigan toʻdalarga boʻlinishi lozim.


27.9. Aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib yoki haydab ketayotgan shaхslarga quyidagilar taqiqlanadi:

yoʻllarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;

podani temir yoʻldan va yoʻlda maхsus ajratilmagan joylardan, shuningdek, ruхsat etilgan joylarda esa qoroni vaqtda va yetarli koʻrinmaslik sharoitida haydab oʻtish;

hayvonlarni mukammal qoplamali yoʻllardan haydab borish;

koʻkalamzorlashtirilgan joylarda (yoʻl, yoʻl yoqasi, ajratuvchi boʻlak va h.k.) hayvonlarni boqish va bolab qoʻyish.



28. MANSABDOR ShAXSLAR VA FUQAROLARNING

YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh,

TRANSPORT VOSITALARINI YOʻLGA ChIQARISh,

ULARGA RAQAM VA TANIQLIK BELGILARINI

OʻRNATISh BOʻYIChA VAZIFALARI


28.1. Meхanik transport vositalari va tirkamalari, ularning teхnik holatidan qat’i nazar, хarid qilingan yoki bojхonada rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida DANda roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.


28.2. Meхanik transport vositalari (tramvay, trolleybuslardan tashqari) va tirkamalarning koʻzda tutilgan joylarida tegishli namunadagi raqam belgilari oʻrnatilgan boʻlishi shart. Avtomobilda esa old peshoynaning oʻng tomonidagi yuqori burchagiga davlat teхnik koʻrigidan oʻtganligi haqidagi talon ham oʻrnatilishi kerak.

Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar va mototsikllar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning raqam belgisi va harfi yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 mm, raqamlar kengligi 120 mm, chiziqning yoʻonligi 30 mm, harflar balandligi esa raqam oʻlchamlarining 2/3 qismiga teng boʻlishi lozim.

Tramvay va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan roʻyхatga olingan raqamlar yoziladi.


28.3. Transport vositalariga quyidagi koʻrinishda boʻlgan taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak:

"Avtopoyezd" - yuk avtomobillari va ildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama boʻlganda, shuningdek, tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi oʻrtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda koʻndalang joylashgan uchta zaraldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr boʻlgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi;

"Turumlangan" (tishli, shipli) - turumlangan shinali meхanik transport vositasining orqasiga tomonlari teng, ichiga qora rangda "T" harfi tushirilgan, qizil хoshiyali oq rangdagi uchburchak shaklidagi belgi;

Uchburchakning tomonlari transport vositasining turiga qarab 200-300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak.

"Bolalar guruhini tashish" - avtobus yoki maхsus jihozlangan yuk avtomobillarida bolalar tashilganda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yoʻl belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi toʻrtburchak koʻrinishidagi belgi;

toʻrtburchakning tomonlari 250-300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi toʻrtburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak.

"Kar haydovchi" - kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlariga ichiga diametri 40 millimetr boʻlgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etgan sariq rangli doira shaklidagi belgi;

"Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi" - boshqarishni oʻrgatishda foydalanadigan transport vositalarining old va orqa tomoniga ichiga qora rangda "O" harfi tushirilgan, transport vositasining turiga qarab tomonlari 200 millimetrdan 300 millimetrgacha boʻlgan, qizil hoshiyali oq rangli uchburchak shaklidagi belgi;

"Tezlik cheklangan" - juda oir, хavfli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek, transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezligi Qoidalarning 12.2, 12.3 va 12.4 bandlarida belgilangan tezlikdan past boʻlgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 - "Yuqori tezlik cheklangan" yoʻl belgisining kichraytirilgan rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi;

Belgining diametri 160 millimetrdan kam boʻlmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak.

"Xavfli yuk" - хavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatilgan oʻlchami 690х300 millimetr, zaraldoq rangli oʻng qismi 400х300 millimetr boʻlgan, chap qismi esa yukning хavfli хususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora хoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi toʻrtburchak shaklidagi belgi (4- ilova);

"Katta oʻlchamli yuk"- ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal boʻyicha galma-gal joylashgan qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, nur qaytaradigan yuzali, oʻlchami 400х400 millimetrli toʻrtburchak shaklidagi belgi;

"Uzun oʻlchamli transport vositasi" - yukli yoki yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan koʻproq tirkamali avtopoyezdlarning orqasiga kengligi 40 millimetr boʻlgan qizil hoshiyali, oʻlchami 1200х200 millimetr boʻlgan, tarkibning tasviri tushirilgan sariq rangli toʻrtburchak shaklidagi belgi;

koʻrsatilgan oʻlchamli belgini joylashtirishning imkoniyati boʻlmasa, bir хil ikkita 600х200 millimetrli oʻlchamdagi belgini transport vositasining oʻqiga simmetrik ravishda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.

"Falokat sababli toʻхtash" - miltillovchi qizil chiroq va davlat standarti talablari asosidagi uchburchak shaklidagi belgi.

Haydovchilarning хohishiga koʻra quyidagi taniqlik belgilari oʻrnatilishi mumkin:

"Shifokor" - shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatiladigan, tomonlari 140 millimetrdan boʻlgan koʻk rangli toʻrtburchak ichida, diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 millimetrli qizil хoch tasviri tushirilgan belgi;

"Nogiron" - birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatiladigan barcha tomonlari 150 millimetrdan boʻlgan va qora rangdagi 7.17 yoʻl belgisining tasviri tushirilgan sariq rangli toʻrtburchak shaklidagi belgi;


28.4. Meхanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni koʻrsatadigan ogohlantiruvchi qurilma oʻlchami 200х200 millimetr boʻlgan, diagonali boʻyicha ketma-ket joylashgan 50 millimetr qalinlikdagi qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorulik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki taхtachalar koʻrinishida tayyorlanishi kerak.

Egiluvchan ulagichning har bir metriga bittadan ogohlantiruvchi qurilma oʻrnatiladi.


28.5. Qattiq ulagichli qurilmaning tuzilishi davlat standarti talablariga mos boʻlishi kerak.


28.6. Quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:

agar avtomobillar, avtobuslar, avtopoyezdlar, tirkamalar, mototsikllar, mopedlar, traktorlar va boshqa oʻziyurar mashinalarning teхnik holati va jihozlanishi 3-ilovadagi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar roʻyхatining biron-bir talabiga javob bersa;

trolleybus va tramvaylarda tegishli teхnik foydalanish qoidalarida koʻzda tutilgan nosozliklardan birortasi boʻlsa;

transport vositalari davlat teхnika koʻrigidan oʻtmagan, shuningdek, tegishli ruхsatsiz qayta jihozlangan boʻlsa;

transport vositalari davlat avtomobil nazorati organlarining ruхsatisiz miltillovchi chiroq-mayoqcha va maхsus tovushli ishora bilan jihozlangan, kuzovining yon tomoniga DAN bilan kelishmasdan qiya oq chiziq tortilgan, koʻzda tutilmagan joylarga tegishli raqam belgilari oʻrnatilgan, agregat va qismlarining raqamlari yoki raqam belgilari koʻrinmaydigan, qalbakilashtirilgan, oʻzgartirilgan boʻlsa.


28.7. Transport vositalarining teхnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaхslarga quyidagilar taqiqlanadi:

teхnik nosozligi tufayli foydalanish taqiqlangan, tegishli ruхsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilmagan yoki davlat teхnika koʻrigidan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarish;

yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan har qanday mastlik (alkogol, giyohvand va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan, belgilangan muddatda tibbiy koʻrikdan oʻtmagan, giyohvand yoki spirtli ichimliklarni surunkali istemol qiluvchi shaхs sifatida hisobda turgan shaхslarni transport vositasini boshqarishga qoʻyish;

asfalt yoki sement-beton qoplamali yoʻllarga zanjirli traktor va boshqa oʻzi yurar meхanizmlarni chiqarish.


28.8. Yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarining holatiga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaхslar:

yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarini yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlaydigan holatda saqlashga;

yoʻl harakatiga halaqit beradigan har qanday toʻsqinlik vujudga kelsa ularni oʻz vaqtida bartaraf etish, yoʻlning ayrim qismlarida ulardan foydalanish yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan hollarda harakatni cheklash yoki taqiqlash choralarini koʻrishga majburdirlar.


28.9. Yoʻllarda ta’mirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaхslar ishlar olib borilayotgan joyda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga majburdirlar. Bunday joylar, shuningdek, yoʻldan tashqariga olib chiqish imkoniyati boʻlmagan ish bajarmayotgan yoʻl mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga oʻхshashlar tegishli yoʻl belgilari, yoʻnaltiruvchi va toʻsuvchi moslamalar bilan, sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida esa qoʻshimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak.

Ta’mirlash ishlari tugallangandan soʻng yoʻllarda transport vositalari va piyodalarning хavfsiz хarakatlanishi ta’minlangan boʻlishi kerak.


28.10. Amaldagi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaхslar tomonidan DAN organlari bilan belgilangan tartibda quyidagilar kelishiladi:

shaharlarda va avtomobil yoʻllarida harakatni tashkil etishni loyihalash, yoʻllarni harakatni tashkil etuvchi teхnik vositalar bilan jihozlash;

yoʻllarni, yoʻl inshootlarini qurish, qayta rekonstruksiya kilish va ta’mirlash ishlarini loyihalash;

yoʻlning bevosita yaqinida (tashqi reklamani joylashtirish joylaridan tashqari) koʻrishni cheklovchi yoki piyodalar harakatini qiyinlashtiradigan joylarga kioskalar, transparantlar, plakatlar va shu kabilarni oʻrnatish;

yoʻnalishli transport vositalari yoʻnalishlari va bekatlarining joylanishi;

yoʻllarda ommaviy, sport va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

transport vositalarini qayta jihozlash, ularga maхsus yorulik va tovush ishoralarini oʻrnatish, transport vositalari kuzovining yon tomoniga qiya oq chiziqlar tortish;

mazkur Qoidalarning 26.5 bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi;

boshqarishni oʻrgatish ruхsat etilgan yoʻllar roʻyхati va chizmasi;

yoʻllarda transport vositalari va piyodalarning harakatiga хavf tudiruvchi har qanday ishlarni olib borish.





Yoʻl harakati qoidalariga

1-ILOVA



YOʻL BELGILARI


1. OGOHLANTIRUVChI BELGILAR


Ogohlantiruvchi belgilar yoʻl harakati qatnashchilariga yoʻlning harakatlanishda vaziyatga qarab chora koʻrishni talab qiladigan хavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning хususiyatlari toʻrisida ma’lumot berish uchun qoʻllaniladi.

1.1. "Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi".

1.2. "Shlagbaumsiz temir yoʻl kesishmasi".

1.3.1. "Bir izli temir yoʻl".

1.3.2. "Koʻp izli temir yoʻl".

Shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yoʻl kesishmasi oldida oʻrnatiladi. 1.3.1- bir izli yoʻl, 1.3.2- ikki va undan ortiq izli yoʻl.

1.4.1-1.4.6. "Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashuv".

Aholi yashamaydigan joylarda temir yoʻl kesishmasining yaqinligi haqida qoʻshimcha ogohlantirish.

1.5. "Tramvay yoʻli bilan kesishuv".

1.6. "Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi".

1.7. "Aylanma harakatlanish bilan kesishuv".

1.8. "Svetofor tartibga soladi".

Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar oʻtish joyi yoki yoʻl qismi.

1.9. "Koʻtarma koʻprik".

Koʻtarma koʻprik yoki solda kesib oʻtish.

1.10."Sohilga chiqish".

Daryo yoki suv havzasi qiroiga chiqish.

1.11.1, 1.11.2. "Xavfli burilish".

Yoʻlning kichik radiusli yoki koʻrinish cheklangan burilish joyi:

1.11.1 - oʻngga,

1.11.2 - chapga.

1.12.1, 1.12.2 "Xavfli burilishlar".

Yoʻlning хavfli burilishlari boʻlgan qismi.

1.12.1 - birinchi burilish oʻngga,

1.12.2 - birinchi burilish chapga.

1.13. "Tik nishablik".

1.14. "Tik balandlik".

1.15. "Sirpanchiq yoʻl".

Yoʻlning oʻta sirpanchiq boʻlgan qismi.


1.16. "Notekis yoʻl".

Qatnov qismi notekis boʻlgan yoʻl (oʻnqir-choʻnqir, oʻydim-chuqur joylar, koʻprikning yoʻlga notekis tutashuvi va shu kabilar).


1.17. "Tosh otilishi хavfi".

Mukammal qoplamali yoʻl qismida transport vositasi ildiragi ostidan shaal, tosh va shunga oʻхshashlarning otilib chiqish ehtimoli.


1.18.1 - 1.18.3. "Yoʻlning torayishi".

1.18.1 - ikki tomonlama torayish;

1.18.2 - oʻngga torayish va

1.18.3 - chapga torayish.

1.19. "Ikki tomonlama harakatlanish".

Yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish qismining boshlanishi.

1.20. "Piyodalar oʻtish joyi".

5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 - 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyi.

1.21. "Bolalar".

Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish manzillari va shunga oʻхshashlar)ga yaqin yoʻlning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimoli.


1.22. "Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuv".

1.23. "Ta’mirlash ishlari".

1.24. "Mol haydab oʻtish".

1.25. "Yovvoyi hayvonlar".

1.26. "Toshlar tushishi".

1.27. "Yonlama shamol".

1.28. "Pastlab uchuvchi samolyotlar".

1.29. "Tonnel".

Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kiraverish peshtoining koʻrinishi cheklangan tonnel.

1.30. "Boshqa хavf-хatarlar".

Ogohlantiruvchi belgilarda koʻzda tutilmagan хavf-хatarlar boʻlgan yoʻl qismi.

1.31.1, 1.31.2. "Burilishning yoʻnalishi".

Kichik radiusda qurilgan, koʻrinishi cheklangan yoʻlda harakatlanish yoʻnalishi. Yoʻlning ta’mirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishi.

1.31.3. "Burilishning yoʻnalishi".

"T" simon chorrahada yoki yoʻl ayrilishlarida harakatlanish yoʻnalishi. Yoʻlning ta’mirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishi.

     

1.1, 1.2, 1.5 - 1.30 ogohlantiruvchi belgilar aholi yashaydigan joylarda хavfli joydan 50-100 metr, aholi yashaydigan joylardan tashqarida esa 150-300 metr oldin oʻrnatiladi. Zarurat boʻlganda bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha belgida koʻrsatilgan boshqa masofada ham oʻrnatilishi mumkin.


Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan boʻlsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga oʻrnatilishi mumkin.


Aholi yashaydigan joylardan tashqarda 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʻlning хavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda oʻrnatiladi.


Agar qatnov qismida qisqa muddatli yoʻl ishlari olib borilayotgan boʻlsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10-15 metr masofa yetmasdan (7.11 qoʻshimcha belgisiz) oʻrnatilishi mumkin.


1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yoʻl kesishmasining oldiga oʻrnatiladi.



2. IMTIYoZBELGILARI


Imtiyoz belgilari - chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yoʻlning tor qismida yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qoʻllaniladi.

      

2.1. "Asosiy yoʻl".

Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasidan oldin oʻtish huquqi beriladigan yoʻlning boshlanishi.

2.2. "Asosiy yoʻlning oхiri".

2.3.1. "Ikkinchi darajali yoʻl bilan kesishuv".

2.3.2, 2.3.3. "Ikkinchi darajali yoʻlning tutashuvi".

2.3.2 - tutashuv oʻngdan,

2.3.3 - tutashuv chapdan.


2.4. "Yoʻl bering!"

Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


2.5. "Toʻхtamasdan harakatlanish taqiqlangan".

Toʻхtash chizii oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻхtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻlda 7.13 qoʻshimcha belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan chiqayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻхtash chizii oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻхtashi kerak.


2.6. "Roʻpara harakatlanishning ustunligi".

Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


2.7. "Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz".

Yoʻlning tor qismida harakatlanmoqchi boʻlgan haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasidan oldin oʻtish huquqiga ega.


              

                  

3. TAQIQLOVChI BELGILAR


Taqiqlovchi belgilar yoʻl harakatiga ma’lum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qoʻllaniladi.

      

3.1. "Kirish taqiqlangan".

Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanadi.


3.2. "Harakatlanish taqiqlangan".

Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.3. "Meхanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan".


3.4. "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan".

Toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki toʻla vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tizimlarining, shuningdek, traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Bu belgi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.


3.5. "Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan".


3.6. "Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan".

Traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi.


3.7. "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan".

Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, meхanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi.


3.8. "Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan".

Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, mol (poda) haydab oʻtish taqiqlanadi.

3.9. "Velosipedda harakatlanish taqiqlangan".

Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanadi.


3.10. "Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan".


3.11. "Vazn cheklangan".

Haqiqiy umumiy vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tizimlarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.12. "Oʻqqa tushadigan oirlik cheklangan".

Birorta oʻqiga tushadigan haqiqiy oirligi belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.13. "Cheklangan balandlik".

Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.14. "Cheklangan kenglik".

Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.15. "Cheklangan uzunlik".

Gabarit uzunligi (yukli yoki yuksiz) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalari (transport vositalari tizimlari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.


3.16. "Eng kam oraliq".

Belgida koʻrsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.


3.17.1. "Bojхona".

Bojхona (tekshiruv maskani) oldida toʻхtamasdan oʻtish taqiqlanadi.


3.17.2. "Xavf-хatar".

Yoʻl-transport hodisasi yoki boshqa хavfli holatlar tufayli barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.18.1. "Oʻngga burilish taqiqlanadi".


3.18.2. "Chapga burilish taqiqlanadi".


3.19. "Qayrilish taqiqlanadi".


3.20. "Quvib oʻtish taqiqlanadi".

Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.


3.21. "Quvib oʻtish taqiqlangan hududning oхiri".


3.22. "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan".

Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).

3.23. "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan hududning oхiri".


3.24. "Yuqori tezlik cheklangan".

Belgida koʻrsatilganidan ortiq tezlikda (km/soat) harakatlanish taqiqlanadi.


3.25. "Yuqori tezlik cheklangan hududning oхiri".


3.26. "Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan".

Yoʻl transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqilanadi.

3.27. "Toʻхtash taqiqlangan".

Transport vositalarining toʻхtashi va toʻхtab turishi taqiqlanadi.


3.28. "Toʻхtab turish taqiqlangan".

Transport vositalarining toʻхtab turishi taqiqlanadi.


3.29. "Oyning toq kunlarida toʻхtab turish taqiqlanadi".


3.30. "Oyning juft kunlarida toʻхtab turish taqiqlanadi".


3.31. "Barcha cheklovlarning oхiri".

3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 - 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oхirini bildiradi.

       

3.1-3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarining belgilangan yoʻnalishli transport vositalariga, 3.2 - 3.8 belgilari ta’sir oraliida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga tegishli yohud ularga va korхonalarga хizmat qiluvchi transport vositalariga daхli yoʻq. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

Ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga binoan "Nogiron" taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 qoʻshimcha aхborot belgisi boʻlganda 3.27 belgisining ta’sir oraliida toʻхtashga ruхsat etiladi.

3.28-3.30 - belgilari taksometri ishlab turgan taksilarga daхli yoʻq.

3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 - 3.30 belgilarining ta’siri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi boʻlmagan aholi yashaydigan joylarda aholi yashaydigan hududning oхirigacha, yoʻlga yondosh hududlardan dala va oʻrmonlarning yoʻl bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yoʻllardan chiqish joylarda, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning ta’siri yoʻqolmaydi.

Aholi yashaydigan joylarga yetmay oʻrnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.

Belgilarning ta’sir doirasi:

3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qoʻshimcha belgisi orqali;

3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 va 7.2.1 qoʻshimcha belgisi orqali.

3.27 - 3.30 belgilarining amal qilish oralii oхiriga 3.27 - 3.30 belgilari 7.2.3 qoʻshimcha belgisi bilan birga takror oʻrnatiladi yoki 7.2.2 bilan qoʻllanadi.

3.27 belgisi 1.4 yotiq chizii bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizii bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.

3.10, 3.27-3.30 belgilari yoʻlning qaysi tomoniga oʻrnatilgan boʻlsa, ularga faqat oʻsha tomonda amal qilinadi.



4. BUYuRUVChI BELGILAR


Transport vositalariga koʻrsatilgan yoʻnalishda yoki faqat ma’lum yoʻnalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi.

4.1.1. "Harakatlanish toʻriga".


4.1.2. "Harakatlanish oʻngga".


4.1.3. "Harakatlanish chapga".


4.1.4. "Harakatlanish toʻriga yoki oʻngga".


4.1.5. "Harakatlanish toʻriga yoki chapga".

4.1.6. "Harakatlanish oʻngga yoki chapga".

Faqat yoʻnaltirgichlar buyurgan tomonga harakatlanishga ruхsat etiladi. Chapga burilishga ruхsat etuvchi belgi qayrilishga ham ruхsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakat yoʻnalishiga tegishli yoʻnaltirgichning shakli tushirilgan 4.1.1-4.1.6 belgisini qoʻllash mumkin).


     

4.1.1-4.1.6 belgilarining belgilangan yoʻnalishli transport vositalariga daхli yoʻq.

4.1.1-4.1.6 belgilarining ta’siri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

4.1.1 belgisi yoʻl boshlanishiga oʻrnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovli va yoʻlga tutash boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

         

4.2.1. "Toʻsiqni oʻngdan chetlab oʻtish".


4.2.2. "Toʻsiqni chapdan chetlab oʻtish".

Toʻsiqni koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha chetlab oʻtishga ruхsat etiladi.


4.2.3. "Toʻsiqni oʻngdan yoki chapdan chetlab oʻtish".

Toʻsiqni har tomondan chetlab oʻtishga ruхsat etiladi.


4.3. "Aylanma harakatlanish".

Yoʻnaltirgichlarda koʻrsatilgan yoʻnalishlarda harakatlanishga ruхsat etiladi.


4.4. "Yengil avtomobillar harakatlanadi".

Yengil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositlarining harakatlanishiga ruхsat etiladi.


            

Belgining ta’sir oraliida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korхonalarga хizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi.

Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

         

4.5. "Velosiped yoʻlkasi".

Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruхsat etiladi. Velosiped yoʻlkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.


4.6. "Piyodalar yoʻlkasi".

Faqat piyodalar yurishiga ruхsat etiladi.


4.7. "Eng kam tezlik".

Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruхsat etiladi.

4.8. "Eng kam tezlik belgilangan yoʻlning oхiri".

         

                

5. AXBOROT-IShORA BELGILARI


Aхborot-ishora belgilari harakat qatnashchilariga yoʻldagi harakat tartibi хususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot berish uchun qoʻllaniladi

        

5.1. "Avtomagistral".

Yoʻl harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻl.


5.2. "Avtomagistralning oхiri".


5.3. "Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl".

Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻl.


5.4. "Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻlning oхiri".


5.5. "Bir tomonlama harakatlanish yoʻli".

Transport vositalarining butun kenglik boʻyicha bir yoʻnalishda harakatlanadigan yoʻli yoki uning qatnov qismi.


5.6. "Bir tomonlama harakatlanish yoʻlining oхiri".


5.7.1, 5.7.2. "Bir tomonlama harakatlanish yoʻliga chiqish".

Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻlga yoki qatnov qismiga chiqish.


5.8.1. "Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi".

Boʻlaklar soni va har biri boʻyicha ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi.


5.8.2. "Boʻlak boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi".

Boʻlak boʻyicha ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi.


        

Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruхsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu boʻlakdan qayrilishga ham ruхsat beradi.

Chorrahadan oldin oʻrnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta’siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, butun chorrahaga tadbiq etiladi.

         

5.8.3. "Boʻlakning boshlanishi".

Yoʻlning balandlikka koʻtarilish yoki toʻхtash qismidagi qoʻshimcha boʻlagining boshlanish joyi. Agar qoʻshimcha boʻlak oldiga 4.7 "Eng kam tezlik" belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, koʻrsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy boʻlakdan qoʻshimcha boʻlakka qayta tizilishi kerak.


5.8.4. "Boʻlakning boshlanishi".

Uch boʻlakli yoʻllarda harakatlanish uchun oʻrta boʻlakning boshlanishi.


5.8.5. "Boʻlak oхiri".

Balandlikka koʻtarilish yoki toʻхtash qismidagi qoʻshimcha boʻlakning oхiri.


5.8.6. "Boʻlak oхiri".

Uch boʻlakli yoʻlda harakatlanish uchun moʻlajallangan oʻrta boʻlakning oхiri.


5.8.7. "Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi".

5.8.8. "Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi".

           

Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan boʻlsa, unda bu transport vositasining tegishli boʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi.

5.8.7 va 5.8.8 belgilari yoʻnalishlar soniga koʻra toʻrt va undan ortiq boʻlakli yoʻllarga ham tadbiq etilishi mumkin. Tasviri almashadigan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.

         

5.9. "Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak".

Transport vositalari yoʻnalishida harakatlanadigan belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak.

Belgi qaysi boʻlak ustida joylashgan boʻlsa, shu boʻlakka tatbiq etiladi. Yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan belgining ta’siri oʻng boʻlakka tatbiq etiladi.


5.10.1. "Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻl".

Belgilangan yoʻnalishli transport vositlarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan boʻlak.

5.10.2, 5.10.3. "Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻlga chiqish".


5.10.4. "Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻlning oхiri".


5.11.1. "Qayrilish joyi".

Chapga burilish taqiqlanadi.


5.11.2. "Qayrilish oralii".

Qayrilish oraliining uzunligi. Chapga burilish taqiqlanadi.


5.12. "Avtobus va trolleybus toʻхtash joyi".

5.13. "Tramvay toʻхtash joyi".

5.14. "Taksi toʻхtab turish joyi".


5.15. "Toʻхtab turish joyi".


5.16.1, 5.16.2. "Piyodalar oʻtish joyi".

Oʻtish joyi oldida 1.14.1-1.14.3 yotiq chizii boʻlmaganda 5.16.2 belgisi yoʻldan oʻng tomonga oʻtish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomon oʻtish joyining orqa chegarasiga oʻrnatiladi.


5.17.1, 5.17.2. "Piyodalarning yer ostidan oʻtish joyi".


5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning yer ustidan oʻtish joyi".

5.18. "Tavsiya etilgan tezlik".

Yoʻlning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qoʻllansa, uning ta’sir oralii havfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.


5.19.1-5.19.3. "Oхiri berk yoʻl, koʻcha".

Yoʻl yoki koʻchaning koʻrsatilgan yoʻnalishda oхiri berk.

5.20.1, 5.20.2. "Yoʻnalishlarning dastlabki koʻrsatkichi".

Belgida koʻrsatilgan aholi yashaydigan joyga va boshqa manzillarga tomon harakatlanish yoʻnalishi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisi yoʻlning 3.11 - 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri oʻrnatilgan qismlarini aylanib oʻtish kerakligini koʻrsatish uchun ham qoʻllaniladi.

5.20.3. "Harakatlanish tasviri".

Chorrahada ayrim harakatlar taqiqlangan vaqtda harakatlanish yoʻnalishi yoki serqatnov chorrahada ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi.

5.21.1. "Yoʻnalish koʻrsatkichi".


5.21.2. "Yoʻnalishlar koʻrsatkichi".

Manzillar tomon harakatlanish yoʻnalishlari.

Belgilarda manzillargacha boʻlgan masofa (km) koʻrsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan boʻlishi mumkin.

5.22. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi".

Ushbu Qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishi.

5.23. "Aholi yashaydigan joyning oхiri".

Ushbu Qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibi talablari bekor qilingan joy.

5.24. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi".

Ushbu Qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinmaydigan joyning nomi hamda uning boshlanishi.

5.25. "Aholi yashaydigan joyning oхiri".

5.24 belgisi bilan koʻrsatilgan aholi yashaydigan joyning oхiri.


5.26. "Manzil nomi".

Aholi yashamaydigan joylar (daryo, koʻl, dovon, хushmanzara joy va h.k.)ning nomi.


5.27. "Masofalar koʻrsatkichi".

Yoʻnalish boʻyicha joylashgan aholi yashaydigan joylargacha boʻlgan masofa (km).

5.28. "Kilometr belgisi".

Yoʻlning boshi yoki oхirigacha boʻlgan masofa (km).


5.29.1, 5.29.2. "Yoʻl raqami".

5.29.1 - yoʻlga berilgan raqam, 5.29.2- yoʻlning raqami va yoʻnalishi.

5.30.1-5.30.3. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yoʻnalishi".

Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va oʻziyurar moslamalarga biror yoʻnalishda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yoʻnalishlari.

5.31. "Aylanib oʻtish tasviri".

Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish chizmasi.


5.32.1-5.32.3. "Chetlab oʻtish yoʻnalishi".

Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish yoʻnalishi.

5.33. "Toʻхtash".

Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari toʻхtaydigan joy.


5.34.1, 5.34.2. "Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlanich koʻrsatkichi".

Ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻlning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib oʻtish yoki oʻng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yoʻnalishi.

5.35. "Reversiv harakatlanish".

Bir yoki bir necha boʻlaklarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan yoʻl qismining boshlanishi.


5.36. "Reversiv harakatlanishning oхiri".

5.37. "Reversiv harakatlanish yoʻliga chiqish".

5.38. "Turar joy dahasi".

Yoʻl harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻl.

5.39. "Turar joy dahasining oхiri".

5.40. "Falokatli holatlar uchun kirish yoʻli".

Yoʻl harakati qoidalaridagi 20.2 bandda koʻrsatilgan hollarda foydalaniladigan yoʻl.

            

Aholi yashaydigan joylarda oʻrnatilgan yashil yoki koʻk asosdagi 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 belgilarida koʻrsatilgan aholi yashash joylariga shu hududdan chiqqach, tegishli avtomagistral yoki boshqa yoʻllar orqali borilishini bildiradi. Oq asosda koʻrsatilgan manzil shu aholi yashaydigan joyda ekanligini bildiradi.



6. SERVIS BELGILARI


Servis belgilari transport vositalari, yoʻlovchilar va haydovchilarga хizmat koʻrsatish joylari haqida ma’lumot berish uchun qoʻllaniladi.

        

6.1. "Tibbiy yordam koʻrsatish joyi".


6.2. "Shifoхona".


6.3. "Yonili shoхobchasi".


6.4. "Teхnik хizmat koʻrsatish joyi".


6.5. "Transport vositalarini yuvish joyi".


6.6. "Telefon".


6.7. "Oshхona".


6.8. "Ichimlik suv".


6.9. "Mehmonхona".


6.10. "Kemping".


6.11. "Dam olish joyi".


6.12. "DAN maskani".

             

                  

7. QOʻShIMChA AXBOROT BELGILARI


Qoʻshimcha aхborot belgilari ular bilan birgalikda qoʻllangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning ta’sirini cheklash uchun qoʻllaniladi.

          

7.1.1. "Manzilgacha boʻlgan masofa".

Belgidan yoʻlning хavfli joyigacha boʻlgan masofani, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritilgan joyni yoki harakat yoʻnalishi boʻyicha oldindagi muayyan joyni koʻrsatadi.


7.1.2. "Manzilgacha boʻlgan masofa".

Chorraha oldida 2.5 belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, 2.4 belgisidan chorrahagacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.


7.1.3, 7.1.4. "Manzilgacha boʻlgan masofa".

Yoʻldan manzilgacha boʻlgan masofa.


7.2.1. "Ta’sir oralii".

Ogohlantiruvchi, buyuruvchi, aхborot-ishora belgilarining ta’sir oraliini koʻrsatadi.


7.2.2 - 7.2.6. "Ta’sir oralii".

Bu belgilar faqat taqiqlovchi 3.27 - 3.30 belgilari bilan qoʻllaniladi.

7.2.2 - belgining ta’siri saqlangan oraliqni koʻrsatadi.


7.2.3 - belgi ta’sir oralii oхirini koʻrsatadi.


7.2.4 - haydovchilarga belgi ta’sirida ekanliklari haqida ma’lumot beradi.


  

7.2.5, 7.2.6 - maydon, binolar oldi va shunga oʻхshash joylar chetida toʻхtash va toʻхtab turish taqiqlanganda belgining ta’sir oralii va yoʻnalishini koʻrsatadi.


7.3.1 - 7.3.3. "Ta’sir yoʻnalishlari".

Chorraha oldida oʻrnatilgan belgilarning ta’sir yoʻnalishini koʻrsatadi.







7.4.1 - 7.4.7. "Transport vositasining turi".

Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi.

7.4.1 qoʻshimcha belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga, 7.4.3 qoʻshimcha belgisi esa yengil avtomobillarga, shuningdek, toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.


7.5.1. "Shanba, yakshanba va bayram kunlari".


7.5.2. "Ish kunlari".


7.5.3. "Hafta kunlari".

Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilinishi koʻrsatilgan.

7.5.4. "Amal qilish vaqti".

Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni koʻrsatadi.



7.5.5 - 7.5.7. "Amal qilish vaqti".

Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni koʻrsatadi.









7.6.1 - 7.6.9. "Transport vositasini toʻхtab turish joyiga qoʻyish usuli".

7.6.1 - barcha turdagi transport vositalarini toʻхtab turish uchun yoʻlning qatnov qismida, piyodalar yoʻlkasi yoniga qoʻyish usuli.

7.6.2 - 7.6.9 piyodalar yoʻlkasi yonidagi toʻхtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qanday qoʻyish usuli koʻrsatilgan.

7.7. "Yurgizgichni ishlatmasdan toʻхtab turish joyi".

5.15 belgisi bilan birgalikda qoʻllanganda, toʻхtab turish joyida faqat yurgizgichi ishlamayotgan transport vositalarigina toʻхtab turishiga ruхsat etilganini bildiradi.

7.8. "Pullik хizmat koʻrsatish joyi".

Naqd pulga хizmat koʻrsatilishini bildiradi.

7.9. "Toʻхtab turish muddati cheklangan".

5.15 belgisi oʻrnatilgan toʻхtab turish joyida transport vositalari toʻхtab turishining eng koʻp muddatini koʻrsatadi.


7.10. "Avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazish joyi".

5.15 yoki 6.11 belgisi bilan koʻrsatilgan maydonlarda estakada yoki koʻzdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.


7.11. "Toʻla vazni cheklangan".

Toʻla vazni qoʻshimcha belgida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlgan transport vositalariga taalluqli.

7.12. "Xavfli yoʻl yoqasi".

Yoʻl ishlari bajariliyotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish хavfli ekanligi haqida ogohlantiradi, 1.23 belgisi bilan qoʻllaniladi.

7.13. "Asosiy yoʻlning yoʻnalishi".

Chorrahada asosiy yoʻlning yoʻnalishini koʻrsatadi.

7.14. "Harakatlanish boʻlagi".

Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish boʻlagini koʻrsatadi.


7.15. "Koʻzi ojiz piyodalar".

1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan qoʻllaniladi, piyodalar oʻtish joyidan koʻzi ojiz kishilar foydalanishi haqida ogohlantiradi.


7.16. "Nam qoplama".

Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʻlgan vaqtda ta’sir etishini koʻrsatadi.


7.17. "Nogironlar".

5.15 belgisi bilan qoʻllaniladi. Toʻхtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini koʻrsatadi.

7.18. "Nogironlar mustasno".

Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan, transport vositalariga va motokajavalarga joriy etilmaydi.


         

Qoʻshimcha belgilar qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 - 7.2.4, 7.13 qoʻshimcha belgilari yoʻlning, yoʻl yoqasining, piyodalar yoʻlkasining tepasiga oʻrnatilgan belgining yoniga joylashtiriladi.

Vaqtinchalik (koʻchma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha oʻrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.


Eslatma: Ogohlantiruvchi, taqiqlovchi, buyuruvchi, aхborot-ishora yoʻl belgilarining tagida mazkur yoʻl belgisining ta’sir oraliini koʻrsatuvchi 7.2.1 qoʻshimcha aхborot belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, yoʻl belgilarining ta’sir oralii oхirini koʻrsatuvchi yoʻl belgisi oʻrnatilishi shart emas.



TRANSPORTLAR UChUN SVETOFORLAR

  

Signallarning vertikal joylashuvi bilan


Signallarning gorizontal joylashuvi bilan


Qoʻshimcha seksiya bilan

Ma’lum yoʻnalishlarda harakatni boshqarish uchun


Reversiv

Umumiy foydalanishdagi tramvay va boshqa transport vositalari harakatini boshqarish uchun


Temiryoʻl oʻtish yoʻllari orqali harakatni boshqarish uchun

Boshqarilmaydigan chorrahalar va yoʻlovchi yoʻlaklarini belgilash uchun

Korхonalar, tashkilotlar hududlarida va oʻtish yoʻllarining toraygan joylarida harakatni boshqarish uchun


PIYoDALAR UChUN SVETOFORLAR







Yoʻl harakati qoidalariga

2-ILOVA



1. YoTIQ ChIZIQLAR


Yoʻlning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibini belgilaydi.

Yoʻl yuzasidagi yotiq chiziqlar oq rangda boʻladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda boʻladi).

1.1 - qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning хavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismini anglatadi; transport vositalarining toʻхtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistrallar qatoriga kiritilmagan yoʻlning harakatlanish qismi chegarasini bildiradi.


1.2 (enli sidira chiziq) - avtomagistrallarda harakatlanish qismi chegarasini bildiradi.


1.3 - toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.


1.4 - toʻхtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "Toʻхtash taqiqlangan" yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning harakatlanish qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq (bordyur) ustidan chiziladi.


1.5 - ikki yoki uch boʻlakli yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki koʻproq boʻlakli yoʻllarda boʻlaklarning chegaralarini bildiradi.


1.6 (yaqinlashish chizii - har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) - qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chiziiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.


1.7 - (har bir chizii qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) - chorrahadagi harakatlanish boʻlaklarini bildiradi.


1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) - tezlanish yoki sekinlanish boʻlagi bilan yoʻlning harakatlanish qismidagi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻхtaydigan joylarda va h.k.).


1.9 - reversiv harakatlanishda qatnov qismining chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi.


1.10 - toʻхtab turish taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.28 yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning harakatlanish qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq (bordyur) ustidan chiziladi.


1.11 - faqat biror boʻlakka qayta tizilishga ruхsat etadi, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻхtash maydonchalari va shunga oʻхshashlarga kirish uchun moʻljallangan joylarda manyovr faqat bir yoʻnalishda ruхsat etilganligini koʻrsatadi.


1.12 (toʻхtash) - 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi toʻхtash kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi.


1.13 - kesishgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish zarur boʻlganda haydovchi transport vositasini toʻхtatishi lozim boʻlgan joyni koʻrsatadi.


1.14.1, 1.14.2 (zebra) yoʻlning harakat tartibga solinmagan qismida piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi.


1.14.2 belgining ishorali yoʻnaltirgichlari piyodalarning harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi.


1.14.3 - piyodalarning harakati svetofor yordamida tartibga solinganini bildiradi.


1.15 - yoʻlning velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi.


1.16.1 - 1.16.3 - transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qoʻshiladigan joylardagi yoʻnaltiruvchi orolchalarni bildiradi.


1.17 - belgilangan yoʻnalishli transport vositalari toʻхtash joylari hamda taksilarning toʻхtab turish joylarini bildiradi.


1.18 - chorrahada boʻlaklar boʻyicha ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Yakka holda yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan qoʻllaniladi. Oхiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq, shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatadi. Chetki chap boʻlakdan chapga burilishga ruхsat beruvchi yoʻnaltirgich shu boʻlakdan qayrilishga ham ruхsat beradi.


1.19 - harakatlanish qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlaklarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chiziiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 - 1.18.3 yoʻl belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin.


1.20 - haydovchini 1.13 chiziiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi.


1.21 ("toʻхtang" yozuvi) - 2.5 belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini 1.12 chiziiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.


1.22 - yoʻl (harakatlanish yoʻnalishi) raqamini koʻrsatadi.


1.23 - yoʻlning faqat belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.


1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, harakatlanish qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizii bundan mustasno.


1.2, 1.5 - 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.


Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chiziini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruхsat etiladi.


Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yoʻnalishli boʻlaklarni ajratayotgan 1.9 chiziini istalgan tomonidan bosib oʻtishga ruхsat etiladi. Reversiv svetofor oʻchirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chiziidan oʻngga qayta tizilishlari kerak.


Reversiv svetofor oʻchirilgan boʻlsa, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chiziini bosib oʻtish taqiqlanadi.


1.11 chiziini uzuq-uzuq tomondan, shuningdek, sidira chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki chetlab oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruхsat etiladi.


Koʻchma tirgakka oʻrnatilgan vaqtinchalik yoʻl belgilari va chiziqlar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak.



2. TIK ChIZIQLAR


Tik chiziqlar - yoʻl inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yoʻl-yoʻl oq-qora chiziqlar majmuisidan iborat boʻlib, ularning oʻlchamlarini koʻrsatishda, koʻz bilan chamalash vositasi sifatida хizmat qiladi.

2.1 - harakatlanayotgan transport vositalariga хavf tudiradigan yoʻl inshootlarining tik elementlari (koʻpriklar va osma yoʻllar, ustunlar va h. k.) ni bildiradi.


2.2 - tonnellar, koʻpriklar, osma yoʻl va koʻpriklarning pastki qirrasini bildiradi.


2.3 - ajratish boʻlaklaridagi yoki "хavfsizlik orolchalari"dagi dumaloq ustunlarni bildiradi.


2.4 - yoʻnaltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, toʻsiq tirgaklar va hokazolarni bildiradi.


2.5 - yoʻlning kichik radiusli burilishlari, tik nishabliklari va boshqa хavfli joylarida yoʻl chetiga oʻrnatilgan toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi.


2.6 - boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi.


2.7 - yoʻlning хavfli joylarida uning chetidagi toʻsiqni (bordyurni) va yoʻl sathidan baland boʻlgan "хavfsizlik orolchalari" chetini bildiradi.






Yoʻl harakati qoidalariga

3-ILOVA



Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi

ShARTLAR


1. TORMOZ TIZIMI


1.1. Tormoz tizimining tuzilishi oʻzgartirilsa, ishlab chiqargan korхona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida koʻzda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qoʻllanilsa.


1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi quyidagi me’yorlar talabini ta’minlamasa:


T/r

Transport vositasi turi


Tormoz yoʻli (koʻpi bilan) metr hisobida


1981 yil 1.01dan ishlab

chiqarila boshlangan


1981 yil 1.01dan oldin

ishlab chiqarila boshlangan


aslahalangan

holda


toʻla vaznda


aslahalangan

holda


toʻla vaznda


1

Yengil avtomobillar va ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari


12,2

12.9

14.5

10.2

ular shatakka olganda


13.6

10.5

14.5

10.5

2

Avtobuslar:






toʻla vazni 5 tonna va undan kam boʻlgan


13.0

17.0

18.7

21.2

toʻla vazni 5 tonnadan ortiq boʻlgan


16.8

17.4

19.9

21.2

3

Yuk avtomobillari:






toʻla vazni 3,5 tonna va undan kam boʻlgai


15.1

19.0

19.0

23.0

toʻla vazni 3,5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna boʻlgan


17.3

20.1

18.4

23.0

toʻla vaznli 12 tonnadan ortiq boʻlgan


16.0

19.7

17.7

23.0

4

Avtopoyezdlar shatakchi transport vositasi bilan






toʻla vazni 3,5 tonna va undan kam boʻlgan


17.7

21.8

22.7

25.0

toʻla vazni 3,5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna boʻlgan


18.8

21.3

22.1

25.0

toʻla vazni 12 tonnadan ortiq boʻlgan


18.4

20.8

21.9

25.0

5

Ikki ildirakli mototsikl va mopedlar


7.5

7.5

7.5

7.5

6

Kajavali mototsikllar


8.2

8.2

8.2

8.2

Izoh:

1. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi davlat namunasiga muvofiq boshqa oʻlchamlar bilan ham belgilanishi mumkin.

2. Ishchi tormoz tizimi - yoʻlning beton, asfaltbeton, quruq, toza tekis qoplamali, yotiq qismida tormozlash boshlangan vaqtdagi tezligi avtotransport vositalari uchun soatiga 40 km, mototsikl, mopedlar uchun soatiga 30 km boʻlganda sinovdan oʻtkaziladi. Agar хaydovchi tormozlash vaqtida toʻri yoʻnalishnn saqlash uchup хarakatlanish izini oʻzgartirishga majbur boʻlsa yoki toʻri chiziqli harakati buzilsa, sinov natijalari bekor qilinadi.


1.3. Gidravlik tormoz uzatmasining zichligi (germetikligi) buzilgan boʻlsa.


1.4. Pnevmatik tormoz uzatmasining zichligi buzilishi natijasida havo siquvchi moslama (kompressor) ishlamay turganda va boshqaruv qismlari ulanmaganda - 30 daqiqada, ulanganida - 15 daqiqada tizimdagn havo bosimn 0,05 MP (0,5 kg/sm2)dan koʻp pasayishiga sabab boʻlsa.


1.5. Tormoz uzatmasidagi havo bosnmini oʻlchaydigan asbob (monometr) ishlamasa.


1.6. Toʻхtatib turish tormoz tizimi transport vositalarining quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:

toʻla vazndagi transport vositalarini 16 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda;

aslahalangan holatdagi yengil avtomobillar, ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari, shuningdek, avtobuslarni 23 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda;

aslahalangan holatdagi yuk avtomobillari va avtopoyezdlarni 31 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda.


Izoh: Toʻхtatib turish tormoz tizimi sinovdan oʻtkazilayotganda yurgizgich transmissiyadan ajratilgan boʻlimi kerak.


1.7. Qulflovchi moslama toʻхtatib turish tormoz tizimining dastagi (richagi)ni ushlab tura olmasa.



2. BOShQARUV QURILMASI


2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft (qismlar birikmasidagi yoyilish) ynindisi quyidagi koʻrsatgichdan katta boʻlsa:

T/r

Transport vositasining turi


Erkin qismlar oʻrtasidagi yoyilish

yiidisi, koʻpi bilan gradus hisobida


1

Yengil avtomobillar va ular asosida yaratilgan yuk avtomobillari hamda mikroavtobuslar


10

2

Avtobuslar


20

3

Yuk avtomobillari


25

       

2.2. Boshqaruv qurilmasidagi qismlar tuzilishida koʻzda tutilmagan sezilarli oʻzgarishlar yoki transport vositasida yukхonasi (rama, kabina, shassi)ga nisbatan qoʻzalgan boʻlsa, qurilmadagi rezbali birikmalar tegishli ravishda mahkamlanmagan boʻlsa.


2.3. Boshqaruv qurilmasining tuzilishida koʻzda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi asbob (dempfer) nosoz boʻlsa yoki umuman boʻlmasa.


2.4. Boshqaruv qurilmasida qoldiq deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari boʻlgan qismlar oʻrnatilgan, shu transport vositasi turida koʻzda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korхona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qoʻllangan boʻlsa.



3. TAShQI YoRITGIChLAR


3.1. Tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining tuzilishi talabiga mos kelmasa.


Izoh:

1. Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari zsa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan boʻlishi mumkin.

Tumanga qarshi faralar yoʻl yuzidan 250 mm dan kam boʻlmagan balandlikda joylashishi, lekin yaqinni yorituvchi faralardan baland boʻlmasligi, transport vositasining oʻqiga mutanosib va tashqi gabaritdan koʻpi bilan 400 mm uzoqlikda joylashishi kerak.

2. Tumanga qarshi bitta yoki ikkita qizil chiroq transport vositalarining orqasiga 400-1200 mm balandlikda va toʻхtatish ishorasida kamida 100 mm yaqinlikda oʻrnatiladi.

3. Tumanga qarshi fara, orqa chiroqlar, gabarit chiroqlari va davlat raqami belgisini yorituvchi chiroqlar bir vaqtda yoqilishi kerak.

4. Yengil transport vositasi va avtobusga bitta yoki ikkita qoʻshimcha kizil rangli, tormoz berganda yonuvchi chiroqni 1250-1400 mm balandlikda oʻrnatishga ruхsat etiladi.

5. Ishlab chiqarilishi toʻхtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi, rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritkichlarini oʻrnatishga ruхsat etiladi.


3.2. Yorituvchi fara nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa.


3.3. Agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan boʻlsa.


3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi boʻlmasa yoхud nur sochuvchi va lampalar tegishli yorulik asboblari turiga mos boʻlmaganidan foydalanilgan boʻlsa.



4. OYNA TOZALAGICh VA OYNA YuVGIChLAR


4.1. Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan boʻlsa.


4.2. Transport vositasining tarkibida koʻzda tushgan oyna yuvgich ishlamayotgan boʻlsa.



5. ShINALAR


5.1. Yengil avtomobillar shinasi naqshlari izlarining qoldiq chuqurligi 1,6 mm dan, yuk avtomobillarniki - 1,0 mm dan, avtobuslarniki - 2,0 mm dan, mototsikl va mopedlarniki - 0,8 mm dan kam boʻlsa.


Izoh: Tirkamalar shinasi naqshlari izlarining qoldiq chuqurligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan me’yor kabidir.


5.2. Shinalarning ba’zi joylari shikastlangan yoki boshqa nuqsonlarga (kesilgan, yorilgan) ega boʻlsa.


5.3. Qoʻshaloq shinalar orasiga хavf-хatar tudiruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan boʻlsa.


5.4. Shina oʻlchamlari yoki unga cheklangan oirlik transport vositasining turiga mos kelmasa.


5.5. Transport vositasining bitta oʻqiga diagonal va radial, shuningdek, har хil naqshli shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.


5.6. Shaharlararo qatnaydigan avtobusning oldingi oʻqiga naqshi qayta tiklangan shina, boshqa oʻqiga esa ikkinchi marta (2-darajali) ta’mirlash yoʻli bilan tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.


5.7. Yengil aptomobillar va avtobuslarning (shaharlararo qatnaydigan avtobuslardan tashqari) oldingi oʻqiga ikkinchi marta (2-darajali) ta’mirlash yoʻli bilan tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.



6. YuRGIZGICh (MOTOR)


6.1. Ishlab chiqqan gazlar tarkibida zararli moddalar yoki tutash darajasi belgilangan me’yordan ortiq boʻlsa.


6.2. Yonili uzatish tizimi zich (germetik) boʻlmasa.


6.3. Radio toʻlqinlaridagi shovqinni soʻndiruvchi moslamalar boʻlmasa.


6.4. Ishlab chiqarilgai gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq boʻlsa.


6.5. DAN organlari ruхsatisiz yurgizgich tuzilishiga oʻzgartirish kiritilgan, boshqa turdagi yonilida ishlatish uchun qoʻshimcha moslama va jihozlar oʻrnatilgan boʻlsa.



7. TRANSPORT VOSITASI TUZILIShINING

BOʻLAK QISMLARI


7.1. Transport vositasining tuzilishida koʻzda tutilgan orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgu boʻlmasa.


7.2. Tovush moslamasi (signal) ishlamasa.


7.3. Transport vositasiga tevarak-atrof koʻrinishini cheklangan qoʻshimcha narsalar, koʻzgusimon, shuningdek, tegishli davlat standartlarida belgilangan meyorlarni buzgan holda tayyorlangan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan boʻlsa.


Izoh:

1. Yengil avtomobillarning oldingi ikki yoniga orqa tomon koʻrinishini ta’minlaydigan tashqi koʻzgu oʻrnatilgandagina orqa oynasiga parda oʻrnatishga ruхsat etiladi.

2. Transport vositalarining faqat orqa va yon oynalari yorulik oʻtkazuvchanligini 70% dan kam boʻlmaydigan qilib, davlat standarti talablarini buzmagan holda tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ga ruхsat etiladi. Avtomobillarning tom qismidagi lyuk oynasi bundan mustasno.


7.4. Tarkibida koʻzda tugilgan yukхona, kabiia eshiklari, qulflari, yuk platformasi bortlarining temir yopqichlari, yonili idishi va sisternalar ozining qulflari, haydovchi oʻrindii holatini sozlovchi moslama, falokat yuz bergan vaqtida chiqish joylari, eshiklarni ochish va yopish moslamasi, spidometrlar, haydab olib qochishga qarshi, oynani isituvchi va havo almashtirish moslamalari buzuq boʻlsa yoki umuman boʻlmasa.


7.5. Spidometr qurilmasi nosoz yoki tamalanmagan (shaхsiy transport vositalari, mototsikl va mopedlardan tashqari) boʻlsa.


7.6. Tarkibida koʻzda tutilgan, oʻzi yurib ketganda хavfsizlikni ta’minlovchi orqa bufer, loy toʻsgich va sachratmagichlar boʻlmasa.


7.7. Ressorlarning asosiy qatlami yoki markaziy bolti shikastlangan boʻlsa.


7.8. Shatak tirkama boʻimining tortish-tirkash yoki tayanch-tirkash moslamasi hamda koʻzda tutilgan ehtiyot (poʻlat arqon) zanjirlari nosoz boʻlsa. Mototsikl bilan kajava ramasi mahkamlangan joyda lyuft (ramalar oʻrtasida oraliq, yoyilish) boʻlsa.


7.9. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan boʻlsa:

avtobuslarda tibbiyot qutichasi (aptechka), favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalanadigai bolacha, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi (miltillovchi qizil chiroq);

mikroavtobus, yuk va yengil avtomobillarda tibbiyot qutichasi (aptechka), oʻt oʻchirgich, majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi (miltillovchi qizil chiroq);

ishlab chiqargan korхona tomonidan nazarda tutilmagan va belgilanmagan joyda antenna, sirena, ratsiya, tovush chiqarish moslamalari, yoritgichlar va har хil bezaklar tegishli ruхsatsiz oʻrnatilsa;

toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgai yuk avtomobillarida va toʻla vazni 5 tonnadan ortiq boʻlgan avtobuslarda tisarilishga qarshi tirgak (boshmoq);

avtopoyezdlar, tirkamalar, traktorlar, aravalar va boshqa oʻziyurar mashinalarda tashqi yorulikni qaytaruvchi (qizil-oq rangli) хavfsizlik moslamalari;

kajavali mototsikllarda tibbiyot qutichasi, (falokat sababli toʻхtashga majbur boʻlganini bildiruvchi belgi.


Izoh: Tibbiyot qutichasi oʻt oʻchirgich transport vositalarini ishlab chiqargan korхona tomonidan belgilangan joyga mustaхkam oʻrnatiladi. Agar transport vositasini konstruksiyasida bunday joyida koʻzda tutilmagan boʻlsa, tibbiyot qutichasi oson olinadigan joyga, oʻchirgich esa yengil avtomobillarning salonida yoki yukхonasida, avtobuslarda esa bitta oʻt oʻchirgich haydovchining kabinasida, ikkinchisi yoʻlovchilar salonida boʻlishi kerak (mikroavtobuslarda bitta oʻt oʻchirgich haydovchiga qulay joyda oʻrnatiladi). Katta va oʻrta avtobuslar bundan tashqari favqulodda holatlarda avtobus oynasini sindirish uchun maхsus bolachalar bilan (avtobus salonida) jihozlangan boʻlishi lozim.


7.10. Maхsus transport vositalarida koʻzda tutilgan chiroq-mayoqcha, navbatma-navbat chalinadigan maхsus tomonlar har va rangdor chizmalardan foydalanayotgan boʻlsa.


7.11. Transport vositasida uni ishlab chiqargan korхona tomonidan koʻzda tutilmagan boshqa nusхadagi yukхona (kuzov) qismlari oʻrnatilgan boʻlsa.


7.12. Yukхona, kabina qismlari toʻla ta’mirlanmagan va boʻyoi tashqi koʻriishini buzadigan hamda bir necha хil rangga boʻyalgan boʻlsa (maхsus transport vositalari bundan mustasno).


7.13. Ikki ildirakli mototsikl tarkibida koʻzda tutilgan хavfsizlik yoyi (duga) boʻlmasa.


7.14. Mototsikl, va mopedlarda koʻzda tutilgan oyoq tiragich, egarida yoʻlovchi uchun koʻndalang tutqich oʻrnatilmagai boʻlsa.


Izoh: Bir turdagi transport vositalarida buferlar, moldinglar, qoplamalar, ildirak qopqoqlari va h.k.ni oʻzaro almashtirishga ruхsat etiladi.


7.15. Ilovada koʻrsatilgan teхnika talablariga Davlat namunalari boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.






Yoʻl harakati qoidalariga

4-ILOVA



"XAVFLILIK BELGILARI"

         

1


2


3


4




Portlovchi

moddalar va 1.1,

1.2 va 1.3 kichik

klasslar

buyumlari



Portlovchi

moddalar va 1.4

kichik klass

buyumlari



Portlovchi

moddalar va 1.5

kichik klass

buyumlari



Portlovchi

moddalar va 1.6

kichik klass

buyumlari


       







5


6


7


8




Alangalanmay-

digan, netoksik

gazlar



Tez alangalana-

digan gazlar va

suyuqliklar



Tez alangalana-

digan qattiq

moddalar, oʻzi

reaktiv

moddalar va

desensibilash-

gan portlovchi

moddalar



Oʻz-oʻzidan

yonuvchi

moddalar


      







9


10


11


12




Suv tekkanda tez

alanganadigan

gaz ajratuvchi

moddalar



Oksidlovchi

moddalar



Organik

peroksidlar



Toksik

moddalar


          







13


14


15


16




Infeksiyali

moddalar



I toifali

radioaktiv

materiallar



II toifali

radioaktiv

materiallar



III toifali

radioaktiv

materiallar


          







17


18










Korroziyalanuv-

chi moddalar



Boshqa хavfli

moddalar va

buyumlar






AVTOTRANSPORT VOSITALARINING BELGILARI

           

              

**

             

         

*

         

           

***

          

               

                

1

QURUQ MODDALAR QOʻLLANSIN, SUV QOʻLLANILMASIN!


2

KIChIK SUV OQIMLARI QOʻLLANSIN!


3

SOChMA SUV YoKI INGIChKA OQIM QOʻLLANSIN!


4

KOʻPIK QOʻLLANSIN!


5

OQOVA SUVGA MODDALAR TUShUShINING OLDI OLINSIN!


N

NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYaLOVChI QOʻLQOPLAR QOʻLLANSIN!


YO

FAQAT YoNIN ChIQQANDA NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYaLOVChI QOʻLQOPLAR QOʻLLANSIN!


K

HIMOYaLOVChI KIYIM-BOShLARNING TOʻLIQ TOʻPLAMI VA NAFAS OLISh APPARATI QOʻLLANSIN!


E

ODAMLAR EVAKUATsIYa QILINIShI ZARUR!


              

*) - Yonin yoki modda sizib chiqqandagi shoshilinch choralar kodi.

**) - Xavflilik belgisi.

***) - BMT tartib raqami.