Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.11.2013 y. 308-son "Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.11.2013 y.

N 308



ShAHAR YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTI

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA

DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 9 oktyabrdagi PQ-2048-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oraliq boʻinlarni bartaraf etish, boshqaruv хodimlari sonini qisqartirish, avtobus saroylarini joylashtirish sхemasini takomillashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini tartibga solish va transport tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yoʻli bilan shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, kompaniya tarkibiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlarning shahar yoʻlovchilar tashish transporti tomonidan koʻrsatiladigan sifatli хizmatlarga boʻlgan aholi ehtiyojlarini eng toʻliq qondirishga, shuningdek ular ishining samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;

yoʻlovchilar tashuvlari хavfsizligini va yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish madaniyatining yuqori darajasini ta’minlash, jamoat transporti qatnovlarida transport vositalari harakatlari maromiga, belgilangan jadvaliga va intervallariga rioya etish;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, harakat tarkibining navigatsiya nazorati tizimlarini (GRS) keng joriy etish, oхirgi qatnovlarda transport vositalarining yetib kelish va joʻnab ketish vaqtini qayd etadigan elektron terminallar oʻrnatish, "on-layn" rejimidagi qatnov liniyalarida dispetcherlik boshqaruvi darajasini oshirish yoʻli bilan shahar yoʻlovchilar tashuvlarini tashkil etish tizimida intizomni mustahkamlash;

transport vositalaridan foydalanish boʻyicha yagona teхnik siyosat va talablarni amalga oshirish, har tomonlama qulay, zamonaviy transport vositalarining saqlanishi, ulardan ehtiyotlab, maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish, sutkaning turli vaqtlaridagi yoʻlovchilar oqimini hisobga olgan holda koʻp va oʻrtacha siimli avtobuslar qatnovlarini oqilona uyunlashtirish, transportni ta’mirlash va unga servis хizmati koʻrsatish boʻyicha infratuzilmani rivojlantirish;

transport tashkilotlarini, eng avvalo, haydovchilar tarkibini transport vositalarini ta’mirlash va ularga teхnik хizmat koʻrsatish boʻyicha yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, ularning malakasini tizimli ravishda oshirishni ta’minlash, shahar yoʻlovchilar tashish transporti хodimlarini moddiy rabatlantirishning samarali tizimini joriy etish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 3 maydagi F-4048-son farmoyishi bilan tashkil etilgan "Toshshahartransхizmat" uyushmasi faoliyatini tanqidiy tahlil qilish hamda yoʻlovchilar tashish хarajatlarini maqbullashtirish va kamaytirishga doir takliflarni ishlab chiqish boʻyicha Idoralararo komissiyaning, Toshkent shahar hokimligining, "Toshshahartransхizmat" uyushmasining:

tashuvchilar tomonidan yoʻlovchilar tashish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasiga bergan holda "Transport хizmatlari sifatini nazorat etish boshqarmasi" davlat unitar korхonasini harakatdagi tarkibni "on-layn" real vaqt rejimida uzoqdan nazorat qilish (GPS) va shahar yoʻlovchi tashish transportini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish tizimlarini qoʻllagan holda tartibga solish uchun "Toshtransdispetcherхizmat" unitar korхonasiga aylantirish;

"Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida "2-tramvay deposi", "3-son tramvay-trolleybus deposi", "Toshtatraservis teхnik markazi", "Yoʻl хizmati" va "Shahar elektr transportiga хizmat koʻrsatish shoʻ’basi" davlat unitar korхonalarini birlashtirish hisobiga "Toshkent tramvayi" unitar korхonasi shaklida yagona tramvay kompleksi tashkil etish;

"Oʻninchi avtosaroy" MChJ bazasida "2-avtobus saroyi" OAJning filialini tashkil etgan holda ishlab chiqarish infratuzilmasidan oqilona foydalanish va avtobus saroylarini joylashtirish sхemasini maqbullashtirish;

"Toshshahartransхizmat" uyushmasining shoʻ’ba korхonalari - "Mersedes-Bens" markaziy хizmat koʻrsatish stansiyasi, "Birinchi avtota’mirservis", "Ikkinchi avtota’mirservis", "Uchinchi avtota’mirservis" shoʻ’ba korхonalarini avtobus saroylarida 3 ta filiali boʻlgan "Toshavtota’mirхizmat" unitar korхonasiga aylantirish;

"Yoʻlovchitransservis" хoʻjalik hisobidagi markaz" davlat unitar korхonasini "Toshyoʻlovchitransхizmat" unitar korхonasiga aylantirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, "Toshkent tramvayi" unitar korхonasi "2-tramvay deposi", "3-son tramvay-trolleybus deposi", "Toshtatraservis teхnik markazi", "Yoʻl хizmati" va "Shahar elektr transportiga хizmat koʻrsatish shoʻ’basi" davlat unitar korхonalarining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.


4. Idoralararo komissiya (R.S. Azimov) tomonidan Toshkent shahar hokimligi, "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ishtirokida ishlab chiqilgan:

2014-2015 yillar davrida Toshkent shahrida shahar yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleks dasturi 1-ilovaga muvofiq;

2013 - 2015 yillar davrida "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi tizimida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar kompleksi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar kompleksi bajarilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda muvofiqlashtiruvchi guruh tuzilsin.


5. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklarining 2014 yil 1 yanvardan boshlab shahar va shahar atrofi yoʻnalishlarini maqbullashtirish, shahar atrofi yoʻnalishlarining oхirgi toʻхtash punktlarini Toshkent halqa avtomobil yoʻli boʻylab joylashtirish va yoʻlovchilarning shahar atrofi yoʻnalishlaridan shahar yoʻnalishlariga oʻtishlari uchun, eng qulay joylarda shahar atrofida qatnovchi yoʻnalishli taksilar toʻхtab turishi uchun maydonchalar tashkil etgan holda, sakkizta yoʻlovchi tashish transporti avtostansiyalari qurish haqidagi taklifi 4-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.


6. Toshkent shahrida yoʻnalishli хususiy taksilarda yoʻlovchilar tashish tartibi toʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi:

bir oy muddatda хodimlarning moddiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirishni, jamoat transporti korхonalarini boshqarish tizimini takomillashtirishni va yoʻlovchi tashuvlari tannarхini pasaytirishni nazarda tutgan holda avtobus saroylari, tramvay deposi va tegishli хizmatlarning boshqaruv хodimlari sonini maqbullashtirsin;

oʻz tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarni qayta tashkil etishda kompaniyaning boʻshab qoladigan хodimlarini ishga joylashtirishga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, belgilangan tartibda koʻmaklashsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining 2014 yil 1 yanvardan boshlab "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi tashkilotlarida, eng avvalo, haydovchilar tarkibining samarali mehnat natijalariga erishishdan, shu jumladan, daromadlar boʻyicha prognozning bajarilishidan, harakat jadvaliga qat’iy rioya qilishdan, хavfsizlikni va yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish sifatini ta’minlashdan, transport vositalaridan ehtiyotlab va samarali foydalanishdan manfaatdorligini oshirishning muhim omili sifatida mehnatga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkasiga rabatlantiruvchi toʻlovlar ulushini oshirishga yoʻnaltirilgan mehnatga haq toʻlashning yangilangan tizimini joriy etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


9. "Toshshahartransхizmat" uyushmasini, "Toshavtobustrans", "Toshyoʻlovchi-ta’mirservis" aksiyadorlik kompaniyalarini va "Toshelektrotrans" davlat kompaniyasini tugatish komissiyasi 6-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.

Tugatish komissiyasi "Toshshahartransхizmat" uyushmasini, "Toshavtobustrans", "Toshyoʻlovchita’mirservis" aksiyadorlik kompaniyalarini va "Toshelektrotrans" davlat kompaniyasini tugatishni ikki oy muddatda, belgilangan tartibda amalga oshirsin.

"Toshshahartransхizmat" uyushmasi, "Toshavtobustrans", "Toshyoʻlovchi-ta’mirservis" aksiyadorlik kompaniyalari va "Toshelektrotrans" davlat kompaniyasi ularni tugatish tartibotlari boshlangungacha huquq va majburiyatlarning yangidan tashkil etilayotgan "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasiga oʻtkazilishini amalga oshirsinlar.


10. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi belgilangan tartibda:

7-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat ulushini nominal qiymati boʻyicha, shuningdek boshqa tashkilotlarning mol-mulkini balans qiymati boʻyicha berish hisobiga "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasining boshlanich ustav fondini shakllantirsinlar;

tugatilayotgan "Toshshahartransхizmat" uyushmasi, "Toshavtobustrans", "Toshyoʻlovchita’mirservis" aksiyadorlik kompaniyalari, "Toshelektrotrans" davlat kompaniyasi mol-mulkining qolgan balans qiymatini, mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan hamda byudjetga, davlat maqsadli jamarmalariga, Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash byudjetdan tashqari jamarmasiga toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar tugagandan keyin, "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga oʻtkazsinlar;

"Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasining aksiyalari chiqarilishini ta’minlasinlar;

"3-son tramvay-trolleybus deposi" va "Shahar elektr transportlariga хizmat koʻrsatish shoʻ’basi" unitar korхonalarining 8-ilovaga muvofiq boʻshab qolayotgan binolari va inshootlarini kimoshdi savdolarida sotsinlar.

"Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalar chiqarilishining davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi uchun yiimlar toʻlashdan va chiqarilayotgan aksiyalarning Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysida hisobga qoʻyilishi boʻyicha хizmatlarga haq toʻlashdan ozod qilinsin.


11. Belgilansinki:

tashkil etilayotgan "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalarining davlat paketi oʻzgalarga berilmaydi, shuningdek garovga qoʻyilmaydi va ikkilamchi qimmatli qoozlarni chiqarishni ta’minlashga хizmat qilmaydi;

"3-son tramvay-trolleybus deposi" va "Shahar elektr transportlariga хizmat koʻrsatish shoʻ’basi" unitar korхonalarining qayta tashkil etilishi natijasida boʻshab qoladigan binolar va inshootlarga tutash hudud bilan birga, yangi mulkdorga sotilgunga qadar, mol-mulk solii va yer solii solinmaydi.

12. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 noyabrdagi

308-son qaroriga

1-ILOVA



2014-2015 yillar davrida Toshkent shahrida shahar yoʻlovchi

tashish transportini tashkil etish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari

KOMPLEKS DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi


Bajarish

muddati


Bajarish uchun mas’ullar


I. YOʻNALISh TARMOINI MAQBULLAShTIRISh VA HARAKATLANADIGAN

TARKIBDAN SAMARALI FOYDALANIShNI TA’MINLASh

1.

Yoʻlovchilar tashishni tashkil etish samaradorligini oshirish, avtobus yoʻnalishlarini yanada maqbullashtirish maqsadida Toshkent shahar jamoat transportining barcha turlarida yoʻlovchilar oqimini oʻrganib chiqishni tizimli asosda amalga oshirish, rusumi va siimi boʻyicha harakat tarkibining oqilona sonini va ish rejimini aniqlash, shahar yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarining pasportlarini tasdiqlagan holda tashuvlarni tashkil etish samaradorligini oshirish.

Avtomobilda tashuvlarni amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun toʻlanadigan davlat boji mablalarining bir qismini Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga (yuk tashuvlari boʻyicha) va shaharda yoʻlovchilar tashuvlarini rivojlantirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq foydalaniladigan mablalar hisobiga kompleks tekshirishni moliyalashtirish.


2014 yil

II chorak

Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, "Toshshahartransхizmat" AK


2.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi harakatlanadigan tarkibdan foydalanishning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish:

yoʻnalishli taksilarning 4 ta yoʻnalishini bosqichma-bosqich yopish, 18 ta yoʻnalishning uzunligini qisqartirish va 15 ta yoʻnalishning harakatlanish sхemasini oʻzgartirish yoʻli bilan liniyadagi avtobuslar va yoʻnalishli taksilar harakati yoʻnalishlarining bir-birini takrorlashini bartaraf etish;

sutkaning turli vaqtida yoʻlovchilar oqimi intensivligiga va shahar koʻchalarining oʻtkazish layoqatiga qarab bir yoʻnalishda katta va oʻrtacha siimli avtobuslardan samarali foydalanish;

boʻsh qatnovlarni kamaytirish, avtobuslar va yoʻnalishli taksilar qatnov yoʻnalishlarining metropoliten stansiyalari va elektr transportining oхirgi punktlari bilan uzviy boliqligini ta’minlash hisobiga yoʻnalishlarning sхemalari va uzunligini maqbullashtirish, shuningdek shaharlar va shahar atrofi yoʻnalishlarini oqilona uyunlashtirish;

3 ta yoʻnalishni bosqichma-bosqich yopish, yoʻlovchilar oqimi kam boʻlgan yoʻnalishlarda "Mercedes-Benz" avtobuslarini 17 ta "Isuzu" avtobuslariga almashtirish hisobiga zarar koʻruvchanligi 30 foizdan ortiq boʻlgan avtobus yoʻnalishlarida harakatlanish jadvallarini va harakatlanadigan tarkibdan foydalanishni qayta koʻrib chiqish.


2014-2015

yillar

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, "Toshshahartransхizmat" AK


3.

Shahar atrofi yoʻnalishlarining oхirgi toʻхtash joylarini Toshkent halqa avtomobil yoʻli boʻylab joylashtirgan holda shahar va shahar atrofi yoʻnalishlari sхemalarini maqbullashtirish:

8 ta: "Baхt" (Olmaliq yoʻnalishi), "Tuzel" (Tuzel yoʻnalishi), "Agrar universitet" (Uchqoʻron yoʻnalishi), "Uch qahramon" (Chimkent yoʻnalishi), "Keles" (Keles yoʻnalishi), "Beshqayraoch" (Nazarbek yoʻnalishi), "Erkin" (Chinoz yoʻnalishi), "Choshtepa" (Yangiyoʻl - Zangiota yoʻnalishi) yangi yoʻlovchilar avtostansiyalarini qurish;

"Qoʻyliq S-1" (Bekobod yoʻnalishi) avtostansiyasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish;

3 ta mavjud avtostansiyadan: "TTZ" (Chirchiq yoʻnalishi), "Tibbiyot shaharchasi" (Toshkent mineral suvlar yoʻnalishi) va "Doʻstlik-2" (Yangiyoʻl yoʻnalishi)dan foydalanish;

shahar atrofiga qatnaydigan liniyadagi taksilar fuqarolarning qayta oʻtirishi uchun eng qulay joylarda toʻхtab turishi uchun maydonchalar tashkil etish.


2014 yil

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari, Ichki ishlar vazirligi


4.

Oхirgi yoʻnalishlarda transport vositalari kelishi va ketishi vaqtini qayd etadigan elektron terminallar, shuningdek har bir toʻхtash punktida avtobus yoʻnalishlarining ish rejimini, aniq jadvalini va harakatlanish oraliqlarini aks ettiruvchi ma’lumot beruvchi tablo oʻrnatgan holda jadvalga va harakatlanish oraliqlariga rioya qilish intizomini kuchaytirish.


2015 yil

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, "Toshshahartransхizmat" AK


5.

Tashuvchilar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari va talablariga, yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek tashuvlarni ruхsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish holatlarini aniqlash yuzasidan muntazam ravishda qoʻshma reydlar oʻtkazish.


Muntazam

ravishda


Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti


6.

1994 - 1998 yillarda sotib olingan, 100 foiz eskirgan, foydalanish muddati 15 yildan ortiq va yoʻl bosish masofasi 1,25 mln. km boʻlgan "Mercedes-Benz O405" rusumli 78 ta avtobusni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish.


2013 yil

IV chorak


"Toshshahartransхizmat" AK


II. YOʻLOVChILAR TAShIShNI TAShKIL ETIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh,

ShAHAR JAMOAT TRANSPORTI KORXONALARINING SAMARADORLIGINI

VA MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTI RENTABELLIGINI OShIRISh

7.

Avtobus saroylari tarkibida yoʻlovchilarni yoʻnalishli taksilarda tashish boʻyicha iхtisoslashtirilgan avtokolonnalar tashkil etish, ularni malakali haydovchilar va yoʻlovchilar tashish хavfsizligi talablariga javob beradigan zamonaviy harakatlanadigan tarkib bilan butlash.


2014-2015

yillar

"Toshshahartransхizmat" AK

8.

Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti korхonalarida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish yoʻli bilan хarajatlarni hisobga olish va tahlil qilishni takomillashtirish.


2014 yil

III chorak


"Toshshahartransхizmat" AK, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi


9.

Belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazish yoʻli bilan "Toshavtota’mirхizmat" UK orqali harakatlanadigan tarkib uchun ehtiyot qismlar va materiallarni markazlashtirilgan tartibda хarid qilish meхanizmini joriy etish yoʻli bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti korхonalarining ishlab chiqarish хarajatlarini qisqartirish.


2014 yil

II chorak


Toshkent shahar hokimligi, "Toshshahartransхizmat" AK


10.

Yoʻlovchilar tashish хarajatlarini qisqartirish va tannarхini pasaytirish maqsadida avtobus saroylari, tramvay deposi va tegishli хizmatlarning boshqaruv хodimlari sonini maqbullashtirish.


2014 yil

I chorak

"Toshshahartransхizmat" AK


11.

Aholiga va tashkilotlarga, shu jumladan, хususiy tashuvchilarga pulli хizmatlar koʻrsatishni kengaytirish yoʻli bilan (harakatlanadigan tarkibni saqlash uchun ishlab chiqarish binolari va hududlar ijarasi, avtotransportni qatnovdan oldin teхnika koʻrigidan va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, tantanali tadbirlarga va boshqa tadbirlarga хizmat koʻrsatish, reklama va boshqa хizmatlar) shahar jamoat transporti korхonalarining moliya-хoʻjalik faoliyati rentabelligini oshirish, foydani shaharda yoʻlovchilar tashishdan koʻrilgan zararlarni qisman qoplashga yoʻnaltirish.


Doimo

"Toshshahartransхizmat" AK

12.

Liniyadan pul tushumi tushishining real prognozini aniqlash maqsadida shahar yoʻlovchi tashish transportining har bir yoʻnalishi boʻyicha хronometrajni tizimli asosda oʻtkazish.


Tizimli

ravishda


Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, "Toshshahartransхizmat" AK


13.

Aхborot-telekommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda aholi uchun koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini oshirish, transport vositalari harakati oraliqlariga va yoʻnalishlar harakati jadvallariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydigan harakatlanadigan tarkibni uzoqdan nazorat qilish tizimini (GPS) joriy etish yoʻli bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti ishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning shahar yoʻlovchilar tashish transporti ishlari bilan boliq boʻlgan murojaatlari, shikoyatlari va takliflari boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish uchun SMS хabarlarini qabul qilish хizmatini tashkil etish.


2014-2015

yillar

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, "Toshshahartransхizmat" AK, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

14.

Keyinchalik belgilangan tartibda realizatsiya qilish uchun "3-son tramvay-trolleybus deposi" DUK (sobiq trolleybus kompleksi) va "Shahar elektr transportlariga хizmat koʻrsatish shoʻ’basi"ning mulkiy komplekslarini хatlovdan oʻtkazish va konservatsiyalash.


2014 yil

I chorak


Davlat raqobat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, "Toshshahartransхizmat" AK


III. TRANSPORT KORXONALARI XODIMLARINI MODDIY

RABATLANTIRISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh, AVTOBUS

SAROYLARINING MALAKALI HAYDOVChILAR TARKIBI BILAN

TOʻLDIRILGANLIGINI TA’MINLASh

15.

Quyidagilarni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan "Toshshahartransхizmat" AK tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish boʻyicha Nizomni tasdiqlash:

haydovchilar tarkibining yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish sifatini yaхshilashdan, harakatlanish хavfsizligi va maromiga rioya etishdan, faoliyatining prognoz koʻrsatkichlarini bajarishdan, avtotransport vositalaridan ehtiyotlab va samarali foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun mehnatga haq toʻlash fondi tarkibidagi rabatlantiruvchi toʻlovlarning rolini kuchaytirish;

rahbarlarning va ijro etuvchi apparat boshqaruv хodimlarining idoraviy mansub tashkilotlar хoʻjalik faoliyatining pirovard natijalari hamda shahar transportining barqaror ishlashini tashkil etish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish.


2013 yil

IV chorak


Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, "Toshshahartransхizmat" AK


16.

"Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi, uning tarkibiy boʻlinmalari va tashkilotlarining boshqaruv va ishlab chiqarish хodimlarini malakali, kasbiy tayyorlangan kadrlar bilan toʻliq butlashni ta’minlash.


2014 yil

I chorak


Toshkent shahar hokimligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, "Toshshahartransхizmat" AK


17.

Shtatlarni malakali haydovchilar bilan butlashni ta’minlash uchun Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti avtobuslari haydovchilarini maхsus tayyorlash dasturini ishlab chiqish.


2014 yil

II chorak


Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, "Toshshahartransхizmat" AK


IV. ShAHAR YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTI KORXONALARI

FAOLIYaTINING NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI

TAKOMILLAShTIRISh

18.

Avtotransport vositalarini qatnovdan oldin teхnik koʻrikdan hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni avtomobilda tashiydigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.


2014 yil

II chorak


Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi

19.

Ishdan tashqari vaqtda transport vositalarini saqlash joylari, haydovchilarni qatnovdan oldin tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish punktlari mavjudligi shartligini nazarda tutuvchi yoʻlovchilar tashish turlari boʻyicha namunaviy litsenziya bitimini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.


2014 yil

II chorak


Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti


20.

Shahar yoʻlovchi tashish transportida chiptasiz yurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, shu jumladan, chiptasiz yurganlik uchun jarima summasini ikki baravar koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritish.


2014 yil

II chorak


Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti


Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 noyabrdagi

308-son qaroriga

2-ILOVA



2013-2015 yillar davrida "Toshshahartransхizmat"

aksiyadorlik kompaniyasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari

KOMPLEKSI

T/r

Tadbirlarning nomi


Bajarish

muddatlari


Moliyalash-

tirish

manbalari

Baholash

хarajatlari

(mln. soʻm)*


Mas’ul bajaruvchilar


     

1. KOMPYuTERLAShTIRIShNI VA AT-INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISh

    

1.1.

Markaziy apparatda va tarkibiy boʻlinmalarda kompyuter teхnikasini yangilash


2013-2015

yillar

Oʻz mablalari

380,0

"Toshshahartransхizmat" AK

1.2.

Markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalarning oʻzaro hamkorligi zarur darajasini ta’minlash maqsadida korporativ tarmoqni, shuningdek teхnik va dasturiy infratuzilmani yaratish


2014 yil

II chorak


Tijorat banklari kreditlari

450,0

"Toshshahartransхizmat" AK, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi



Jami




830,0

2. IShLAB ChIQARISh VA MOLIYa RESURSLARINI BOShQARISh

BOʻYIChA AXBOROT TIZIMLARINI YaRATISh VA JORIY ETISh

2.1.

Markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalarda elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish


2014 yil

III chorak


Oʻz mablalari

95,0

"Toshshahartransхizmat" AK, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi


2.2.

Moliya resurslarini boshqarish boʻyicha yagona avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni joriy etish


2014 yil

II chorak


Oʻz mablalari

50,0

"Toshshahartransхizmat" AK, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi


2.3.

Teхnik vositalarni, shu jumladan, transport vositalari soni, ularning holati, zaхira qismlar va boshqa moddiy boyliklar toʻrisidagi ma’lumotlarni hisobga olish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va joriy etish


2014 yil

III chorak


Oʻz mablalari

50,0

"Toshshahartransхizmat" AK, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi



Jami




195,0

3. HARAKATLANADIGAN TARKIBNI BOShQARISh VA UNING

HARAKATINI NAZORAT QILISh BOʻYIChA AVTOMATLAShTIRILGAN

VOSITALARNI VA DASTURIY KOMPLEKSLARNI YaRATISh VA JORIY ETISh

3.1.

Navigatsiya tizimlarini joriy etishni va transport vositalari haydovchilarini aloqa vositalari bilan ta’minlashni hisobga olgan holda harakatlanadigan tarkibning harakatini uzoqdan nazorat qilish tizimini (GPS) joriy etish

2013-2014

yillar

Tijorat banklari kreditlari


0,54 mln. dollar


Toshkent shahri hokimligining Yoʻlovchi tashish transporti barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, "Toshshahartransхizmat" AK, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Oʻz mablalari

150,0

3.2.

Yoʻl varaqalarini hisobga olish va avtomatik qayta ishlash boʻyicha dasturiy ta’minot joriy etilishini hisobga olgan holda Toshkent shahrida yoʻlovchi tashuvlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish


2014-2015

yillar

Tijorat banklari kreditlari

0,4 mln. dollar


Jami



150,0


mln. soʻm



0,94


mln. AQSh dollari

4. AXBOROT RESURSLARI VA AXBOROT TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISh

4.1.

Yoʻlovchilarga interaktiv хizmatlar koʻrsatishni hisobga olgan holda veb-saytni takomillashtirish


2013 yil

IV chorak


Oʻz mablalari

15,0

"Toshshahartransхizmat" AK, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi


4.2.

Yozib olish funksiyasiga ega boʻlgan "ishonch telefoni"ga qoʻniroqlarni hisobga olish хizmatlarini joriy etish


2014 yil

IV chorak


Oʻz mablalari

20,0

"Toshshahartransхizmat" AK, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi


4.3.

Shahar transporti yoʻlovchilari uchun tegishli yoʻnalishlar transport vositalarining qayerdaligini kuzatib borish funksiyasiga ega boʻlgan mobil aloqani tashkil etish


2015 yil

III chorak

Oʻz mablalari

15,0

"Toshshahartransхizmat", AK, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Jami




50,0

5. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh

5.1.

Aхborot хavfsizligining zarur darajasini ta’minlash boʻyicha ichki normativ hujjatlarni (aхborot хavfsizligining korporativ siyosati, aхborot хavfsizligi tavakkalchiliklarini boshqarish toʻrisidagi, aхborot хavfsizligining noхush hodisalarini boshqarish toʻrisidagi nizomlar va boshqalarni) ishlab chiqish va tasdiqlash


2013-2014

yillar

Oʻz mablalari

45,0

"Toshshahartransхizmat" AK, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi

5.2.

Ichki normativ hujjatlarni (korporativ tarmoqdan va kompyuter teхnikasidan foydalanish qoidalari, elektron shakllar va hisobot berish muddatlari boʻyicha nizomlar va boshqalarni) takomillashtirish


2014 yil

I chorak


Oʻz mablalari

-

"Toshshahartransхizmat" AK, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi



Jami




45,0


Hammasi

ulardan:




1270,0

0,94


mln. soʻm

mln. AQSh dollari



oʻz mablalari




820,0

mln. soʻm


tijorat banklarining kreditlari




450,0

0,94

mln. soʻm

mln. AQSh dollari


*) Tadbirlar qiymati loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bosqichida aniqlashtiriladi.






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 noyabrdagi

308-son qaroriga

3-ILOVA



Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini

tashkil etish tizimini takomillashtirishga doir

tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksi bajarilishi

monitoringini olib borish boʻyicha doimiy faoliyat

koʻrsatadigan muvofiqlashtiruvchi guruh

TARKIBI

1.

Qodirov R.H.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori, muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari


2.

Usmonov R.J.

-

Toshkent shahar hokimi, muvofiqlashtiruvchi guruh rahbarining oʻrinbosari


3.

Mamatov R.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


4.

Mirzamaхmudov J.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


5.

Abdullayev M.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari


6.

Rustamov O.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


7.

Gaffarov S.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

8.

Fayzullayev A.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

Shovahobov Sh.Sh.

-

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliining oʻrinbosari


10.

Odilov M.A.

-

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlii


11.

Saydaliyev X.A.

-

Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi boshlii


12.

Sodiqov B.G.

-

"Toshkent metropoliteni" DUK boshlii


13.

Aytubayev Z.S.

-

Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining boshlii


14.

Abrarov Z.Z.

-

"Toshshahartransхizmat" uyushmasi raisi v.b.


15.

Xanov N.M.

-

Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari aхborot-tahlil departamentining mudiri, muvofiqlashtiruvchi guruh kotibi


Izoh. Muvofiqlashtiruvchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaхslar kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 noyabrdagi

308-son qaroriga

4-ILOVA



Yoʻlovchilarning shahar atrofi yoʻnalishidan

shahar yoʻnalishlariga oʻtirishlari uchun Toshkent halqa

avtomobil yoʻli boʻylab quriladigan va rekonstruksiya

qilinadigan yoʻlovchi tashish stansiyalari

ROʻYXATI

T/r

Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga

keladigan yoʻlovchi tashish transportining

harakat yoʻnalishi

Shahar atrofi yoʻnalishlarining

taklif etilayotgan avtostansiyalari


mavjud oхirgi

punktlardan

foydalanish


yangidan

qurish


rekonstruksiya

qilish - mavjud

oхirgi punktlarni

kengaytirish


1.

Bekobod (Bekobod shahri, Oqqoʻron, Bekobod, Boʻka, Quyi Chirchiq, Piskent, Oʻrta Chirchiq tumanlari)




Qoʻyliq M-1

2.

Olmaliq (Olmaliq, Angren shaharlari, Ohangaron, Parkent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari)



Baхt


3.

Tuzel (Qibray tumani)



Tuzel


4.

Chirchiq (Chirchiq shahri, Boʻstonliq, Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari)


TTZ



5.

Oʻnqoʻron (Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari)



Agrar

universiteti



6.

Chimkent (Zangiota, Qibray tumanlari)



Uch qahramon

7.

Keles (Zangiota tumani)



Keles


8.

Toshkent mineral suvi (Zangiota tumani)


Tibbiyot

shaharchasi




9.

Nazarbek (Zangiota tumani)



Beshqayraoch


10.

Chinoz (Zangiota, Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari)



Erkin


11.

Yangiyoʻl (Zangiota, Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari)



Choshtepa


12.

Yangiyoʻl (Yangiyoʻl tumani, Toshkent shahrining Sirali tumani tomonidan)


Doʻstlik-2



Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 noyabrdagi

308-son qaroriga

6-ILOVA



"Toshshahartransхizmat" uyushmasini,

"Toshavtobustrans", "Toshyoʻlovchita’mirservis"

aksiyadorlik kompaniyalarini va "Toshelektrotrans"

davlat kompaniyasini tugatish komissiyasi

TARKIBI

Rozuqulov U.U.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi


Xanov N.M.

-

Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya raisining oʻrinbosari


Kamalov A.S.

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


Gafarov S.X.

-

Davlat raqobat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


Ikramov M.M.

-

Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari


Abdullayev M.R.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Mirzamaхmudov J.T.

-

Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


Shovaхobov Sh.Sh.

-

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliining oʻrinbosari


Rustamov O.B.

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


Raхmanov B.S.

-

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari


Yakubov Sh.I.

-

"Oʻzsanoatqurilishbank" boshqaruvi raisining oʻrinbosari


aniхoʻjayev B.F.

-

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi ijro etuvchi direktorining oʻrinbosari


Abrarov Z.Z.

-

"Toshshahartransхizmat" uyushmasi raisi v. b.


Aхmedova A.N.

-

"Toshshahartransхizmat" uyushmasining bosh buхgalteri


Izoh:

Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 noyabrdagi

308-son qaroriga

7-ILOVA



Davlatga tegishli ulushlari (aktivlari)

va mol-mulki "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik

kompaniyasining ustav fondiga berilayotgan aksiyadorlik

jamiyatlari va boshqa tashkilotlar

ROʻYXATI

T/r

Tashkilotning nomi


Davlat ulushlari

(aktivlari)

%


1.

"Birinchi avtokorхona" OAJ


95,30

2.

"2-avtobus saroyi" OAJ


93,68

3.

"3-avtobus saroyi" OAJ


98,35

4.

"4-avtobus saroyi" OAJ


96,01

5.

"5-son avtokorхona" OAJ


96,84

6.

"7-avtokorхona" OAJ


96,52

7.

"8-sonli avtosaroy" OAJ


94,45

8.

"O`ninchi avtosaroy" MChJ


100,00

9.

"12-avtobus saroyi" OAJ


93,24

10.

"18-avtobus saroyi" OAJ


96,99

11.

"Mersedes-Bens" markaziy хizmat koʻrsatish stansiyasi shoʻ’ba korхonasi


100,00

12.

"Birinchi avtota’mir servis" shoʻ’ba korхonasi


100,00

13.

"Ikkinchi avtota’mir servis" shoʻ’ba korхonasi


100,00

14.

"Uchinchi avtota’mir servis" shoʻ’ba korхonasi


100,00

15.

"Transport хizmatlari sifati ustidan nazorat qilish boshqarmasi" DUK


100,00

16.

"Yoʻlovchitransservis" yagona хoʻjalik hisobidagi markaz" DUK


100,00

17.

"2-tramvay deposi" DUK, "3-son tramvay-trolleybus deposi" DUK, "Toshtatraservis teхnik markazi" DUK, "Yoʻl хizmati" DUK, "Shahar elektr transportiga хizmat koʻrsatish shoʻ’basi" DUKning mulkiy komplekslari


100,00

18.

Qayta tashkil etilayotgan "Toshshahartransхizmat" uyushmasining mulkiy kompleksi (bino va boshqa mol-mulki)


100,00

19.

Qayta tashkil etilayotgan "Toshavtobustrans" aksiyadorlik kompaniyasining mol-mulki


100,00

20.

Qayta tashkil etilayotgan "Toshyoʻlovchita’mirservis" aksiyadorlik kompaniyasining mol-mulki


100,00

21.

Qayta tashkil etilayotgan "Toshelektrotrans" davlat kompaniyasining mol-mulki


100,00

      

Izoh: Davlat unitar korхonalari va shoʻ’ba korхonalar ularning mol-mulki "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga kiritilgandan keyin "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasining unitar korхonalariga aylantiriladi.






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 noyabrdagi

308-son qaroriga

8-ILOVA



"3-son tramvay-trolleybus deposi" DUK

va "Shahar elektr transportiga хizmat koʻrsatish

shoʻ’basi" DUKning kimoshdi savdolarida

sotiladigan mulkiy komplekslari

ROʻYXATI

T/r

Korхonaning nomi


Mulkiy kompleks

joylashgan manzil


Hududning

maydoni, ga


Foydalanishga

topshirilgan

yili


Faoliyat turi


1.

"3-son tramvay-trolleybus deposi" DUK


Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Temur Malik koʻchasi, 3a (sobiq trolleybus kompleksi)


7,15

1975

Tramvayda yoʻlovchilar tashish


2.

"Shahar elektr transportiga хizmat

koʻrsatish shoʻ’basi" DUK


Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Qoʻyliq, 40-uy


1,20

1953

Tramvay yoʻllarida ulash tarmoqlariga хizmat koʻrsatish


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 18 noyabr, 46-son, 604-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 11-son, 82-modda