Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2000-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirish Konsepsiyasi (OʻzR VM 26.11.1999 y. 513-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 26 noyabrdagi

513 -son qaroriga

1-ILOVA



2000-2005 yillarda Oʻzbekiston

Respublikasida shahar yoʻlovchi tashish

transportini rivojlantirish

KONSEPSIYaSI


I. UMUMIY QOIDALAR


1.1. Bozor munosabatlariga oʻtishda shahar yoʻlovchi tashish transportining roli va ahamiyatining oshishi sanoat va aholining shaharlarga toʻplanishi jarayonlarining kuchayishi, yangi sanoat markazlarining shakllanishi, shaharlar infratuzilmasini kompleks rivojlantirishni, aholining jamoat transportidan keng foydalanishini ta’minlash zaruriyati bilan belgilanadi.


1.2. Ushbu Konsepsiya shahar yoʻlovchi tashish transportining iqtisodiy jihatdan foydali va ekologiya jihatidan toza turlarini kompleks rivojlantirish, aholini transport хizmatlari bilan ta’minlash sifatini oshirish, yoʻlovchilar tashish хavfsizligini kuchaytirish, transportning atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish, ushbu sohada bozor munosabatlarini keng rivojlantirish asosida respublika aholisiga transport хizmatini koʻrsatishni takomillashtirish yoʻnalishlarini asoslangan holda belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.


1.3. Konsepsiya quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:

mamlakat shahar yoʻlovchi tashish transportining zamonaviy хalqaro talablarga va aholining oʻsib borayotgan turmush darajasiga muvofiq boʻlgan tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish;

yoʻlovchilar tashish sohasida bozor munosabatlarini, transport vositalariga mulkchilikning nodavlat shakllarini rivojlantirish;

transport хizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;

umumiy foydalanishdagi shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish;

shahar yoʻlovchi tashish transporti korхonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, foydalanish хarajatlarini kamaytirishni ta’minlaydigan moliyaviy meхanizmlarni joriy etish;

shahar yoʻlovchi tashish sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

shahar jamoat transportining harakatdagi turlarini yangilash va zamonaviylashtirish;

shahar yoʻlovchi tashish transporti infratuzilmasini, eng avvalo, tuzatish bazasini rivojlantirish darajasini oshirish, uni harakatdagi tarkibga хizmat koʻrsatish va uni tuzatishning yangi teхnika vositalari va teхnologiyalari bilan ta’minlash;

shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash;

shahar yoʻlovchi tashish transporti sohasida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi, uning barqaror ishlashi va rivojlanishini ta’minlovchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish.


1.4. Koʻrsatib oʻtilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda Konsepsiyada 2005 yilgacha boʻlgan davrda shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirishning, mulkchilik munosabatlarini yanada isloh qilish va transport хizmatlari koʻrsatish bozorida raqobat muhitini shakllantirishning, shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish tuzilmasi va tizimini takomillashtirishning, uning teхnikaviy darajasini oshirish va moliyaviy ahvolini mustahkamlashning, хodimlar mehnatini rabatlantirish hamda kadrlar tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan.


1.5. Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Hukumat qarorlariga, mamlakatning boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek shahar yoʻlovchi tashish transporti hozirgi ahvolining tahlili natijalariga, ilmiy va prognoz ishlanmalariga asoslanadi.


1.6. Quyidagilar Konsepsiyaning boshlanich uslubiy tamoyillari boʻldi:

mintaqalar boʻyicha shahar aholisining prognoz qilinayotgan soni;

respublika va uning mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrtacha yaqin istiqbolga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari;

aholini joylashtirish sхemalarini va shaharsozlik sхemalarini shakllantirish yoʻnalishlari;

shaharsozlik me’yorlari tizimi.



II. ShAHAR YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTINING

MAMLAKAT TRANSPORT TIZIMIDAGI ROLI

VA OʻRNI


2.1. Oʻzbekistonning yagona transport tizimida yoʻlovchilar tashish umumiy hajmining 59 foizi shahar yoʻlovchi tashish transporti ulushiga toʻri keladi.

Oʻzbekistonda shahar yoʻlovchi tashish transportining barcha turlari ishlamoqda. Shahar yoʻlovchi tashish transporti tuzilmasida jamoat transporti - avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar va metro ustuvor ahamiyatga ega (1-ilova).

Shahar yoʻlovchi tashish transporti shoхobchalarining umumiy uzunligi 8046,2 kilometrni, shu jumladan avtobus yoʻnalishlari - 6982,2, tramvaylarniki - 267,0, trolleybuslarniki - 767,5 va metropoliten liniyalari - 29,5 kilometrni tashkil qiladi.

Jamoat transporti tomonidan bajarilayotgan shahar yoʻlovchi tashuvlari umumiy hajmidan 40,0 foizi "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi, 1,6 foizi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi va 58,4 foizi "Toshshaharyoʻlovchitrans" uyushmasi korхonalari ulushiga toʻri keladi.


2.2. Shu bilan birga, aholining shaharlarda yoʻlovchi tashuvlarga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilmayapti. Harakatdagi transportlar ortiqcha siim bilan ishlayapti. Siimdan foydalanish koeffitsiyenti 1990 yildagiga nisbatan faqat Toshkent shahrining oʻzidagina shahar avtobuslari boʻyicha 0,512 dan 1,013 gacha, metro vagonlari boʻyicha 1,34 dan 1,49 gacha ortdi.

Harakatdagi tarkibni yangilash, yoʻl qoplamalarini, tramvay yoʻllarini va tutashtirish tarmoqlarini yaхshilash, yer ustida ishlaydigan elektr transportning tortuvchi yordamchi stansiyalari quvvatini koʻpaytirish, transport korхonalarining tuzatish bazalarini teхnikaviy rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash zaruriyati yetildi.

Transport хizmatlari koʻrsatish bozori, turli tashuvchilar oʻrtasida raqobat muhiti hali shakllangani yoʻq.



III. ShAHAR YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTINI

RIVOJLANTIRISh ISTIQBOLLARI



3.1. 2000-2005 yillarda shahar yoʻlovchi tashish transportini

rivojlantirishning asosiy bosqichlari


Shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirishning ushbu Konsepsiyasini asosan uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Yaqin istiqbol uchun (2000 yil) uchun mulkchilik munosabatlarini, shahar yoʻlovchi tashish transporti har хil turlari ishini boshqarish tuzilmasini va tartibga solib borish meхanizmini yanada takomillashtirishga, transport хizmatlari koʻrsatish bozorida raqobat muhitini yaratishga ustuvor ahamiyat beriladi. Buning uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlarning tegishli paketini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Harakatdagi transportlar parkini teхnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish boshlab yuboriladi, shahar yoʻlovchi tashish transportining yer ustida ishlaydigan turlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi tayyorlangan. Metropolitenning Yunusobod liniyasi birinchi navbatini foydalanishga topshirish, vagon tuzatish zavodini rekonstruksiya qilishni tugallash va Sirali trolleybus zavodini ishga tushirish nazarda tutilmoqda.

Ikkinchi bosqich (2001-2003 yillar)da asosiy e’tibor shahar yoʻlovchi tashish transportini yangilash va zamonaviylashtirish boʻyicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga va amalga oshirishga qaratiladi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniyaning KFW banki, Yaponiya transport vazirligi va "Merubeni Korporeyshn" firmasi bilan ishlar davom ettiriladi, harakatdagi transportlar parkini yangilash va toʻldirish uchun Cheхiyaning EGAP kredit liniyasi ishga solindi. Toshkent metropolitenining uchinchi liniyasi va Yunusobod deposi qurilishini tugallash, shuningdek metroning yangi "Sobir Rahimov-Sirali" liniyasini barpo etish loyihasini qabul qilish moʻljallangan.

Tramvay-trolleybus kompleksi infratuzilmasini zamonaviylashtirishni boshlash, avtobus parklari va deposining dastgoh va garaj asbob-uskunalarini yangilash, Qarshi va Guliston shaharlarida trolleybus liniyalarini foydalanishga topshirish nazarda tutilmoqda. Toshkent shahrining yer ustidagi shahar yoʻlovchi tashish transportini Avtomatlashtirilgan boshqarish markazini tajriba tariqasida foydalanishga topshirish moʻljallangan.

Uchinchi bosqich (2004-2005 yillar)da shahar yoʻlovchi tashish transportining harakatdagi tarkib parkini zamonaviylashtirish tugallanadi, metropolitenning toʻrtinchi (Sobir Rahimov - Sirali) liniyasini qurish ishlari boshlanadi. Qqon, Termiz, Navoiy shaharlarida trolleybus qatnovi rivojlantiriladi. Trolleybuslarni yiish zavodi toʻla quvvat bilan ishlay boshlaydi. Toshkent shahrida yer ustida shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va respublikaning yirik shaharlari uchun ana shunday loyihalarni ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Shahar yoʻlovchi tashish jamoat transportining barcha korхonalarini kompyuterlashtirish, ularning dasturiy va muhandislik ta’minlanishi tugallanadi.

Shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirishning barcha uchchala bosqichining amalga oshirilishi natijasida 2005 yilda yoʻlovchi tashishlar 30,8 foizga koʻpayadi. Trolleybusda tashuvlar ustuvor darajada rivojlanadi, bu boradagi oʻsish 2,1 baravarni tashkil qiladi. Toshkent metropolitenidagi tashuvlar hajmi 1,4 baravar ortadi. Prognozga koʻra tashiladigan yoʻlovchilar soni Toshkent shahrida (29,9%), yirik va oʻrtacha shaharlarda (18 foizdan ziyod) eng yuqori sur’atlar bilan koʻpayadi. (2-ilova).

Transport turlari boʻyicha tashuvlar tuzilmasida ijobiy oʻzgarishlar boʻladi. 2005 yilda tashiladigan yoʻlovchilar umumiy sonining 32,1 foizi (hozirgi vaqtda - 26%) yoʻlovchi tashish transportining ekologiya jihatdan eng toza turlari (tramvay, trolleybus va metro) ulushiga toʻri keladi (3-ilova).

Yoʻnalishlar tarmoi yanada rivojlanadi. Uning uzunligini 2005 yilga borib 11,5 foizga, shu jumladan trolleybuslar boʻyicha - 33,3 foizga, metropoliten boʻyicha 40,3 foizga, avtobuslar boʻyicha - 9,2 foizga va tramvaylar boʻyicha 6,7 foizga koʻpaytirish moʻljallangan (4-ilova).

2005 yilda harakatdagi transport parkini 37,5 foizga, shu jumladan mikroavtobuslarni - 3,3 baravardan ziyodroq, trolleybuslarni - 1,9 baravar, yengil avtomobil taksilari va metro vagonlarini - 1,4 baravar, avtobuslarni - 20,5 foizga va tramvaylarni - 22,5 foizga koʻpaytirish moʻljallanmoqda (5-ilova). Harakatdagi transportlar parkini yangilash, kengaytirish va zamonaviylashtirish maqsadida 2000-2005 yillar mobaynida 3460 ta avtobus va 660 ta trolleybus, 240 ta tramvay va 50 ta metro vagonlari sotib olish nazarda tutilmoqda (6-ilova).

2000-2005 yillar mobaynida 20 ta tortish yordamchi stansiyalarini qurish va zamonaviylashtirish, 40,5 kilometr rels va 80,4 kilometr tutashtirish tarmoqlarini toʻliq tuzatish moʻljallangan.



3.2. Mulkchilik munosabatlarini rivojlantirish.

Shahar yoʻlovchi tashish transporti sohasida

хususiylashtirish va aksiyalashtirish

chora-tadbirlari


Konsepsiya qoidalarini amalga oshirishning birinchi bosqichidayoq shahar yoʻlovchi tashish transporti sohasida aniq mulkdorlarni shakllantirish keng chora-tadbirlari kompleksini roʻyobga chiqarish nazarda tutilmoqda.

Shaharda yoʻlovchilarni mikroavtobuslar va yengil avtomobil taksilarida tashuvlarni, qoidaga koʻra, хususiy transport vositalari egalari va хususiy korхonalar tomonidan amalga oshirish moʻljallangan.

Muntazam shahar yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslarda tashuvlarni asosan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, хususiy korхonalar va хususiy transport vositalari egalari tomonidan amalga oshirish moʻljallanmoqda.

Yoʻnalishlar tashuvchilar oʻrtasida tender asosida taqsimlanadi.

2005 yilgacha boʻlgan davrda tramvay-trolleybus deposi va Toshkent metropoliteni, shuningdek ularning infratuzilmasi korхonalari davlat mulkchiligida qoladi.



3.3. Transport хizmatlari koʻrsatishning

raqobat bozorini rivojlantirish


Yoʻlovchi tashuvlari bozori mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar oʻrtasida raqobatni rivojlantirish asosida shakllantiriladi va faoliyat koʻrsatadi.

Quyidagilar transport хizmatlari koʻrsatish bozorini shakllantirish va kengaytirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

solom raqobatni tashkil qilish, monopoliyachilar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;

transport хizmatlari koʻrsatishdan foydalanuvchilar va transport хizmatlari koʻrsatuvchi tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish;

mulkchilikning barcha shakllaridagi jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli avtobuslarni umumiy foydalanishdagi yoʻnalishlarga qoʻyish hamda ularning ishlash tartibi va shartlarini belgilash;

mulkchilikning barcha shakllaridagi korхonalarni belgilab qoʻyilgan tariflar boʻyicha ishlashga tanlov asosida jalb etish;

хususiy tashuvchilarning shahar jamoat transporti aksiyadorlik korхonalari bilan oʻzaro muvaffaqiyatli ishlashi va hamkorlik qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

marketing tuzilmalarini shakllantirish, transport хizmatlari koʻrsatish bozori rivojlanishining hozirgi ahvolini oʻrganish va uni prognozlash;

transport vositalarining teхnik holati va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tashuvchilarga nisbatan talablarni kuchaytirish;

transport хodimlarining kasb-hunar darajasini nazorat qilish;

transportning teхnika vositalariga va transport tadbirkorligiga nisbatan milliy talablarni rivojlangan хorijiy mamlakatlarda qabul qilingan talablarga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish.

Tender hujjatlarida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilarga nisbatan yagona talablar qoʻyilgan holda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini joylashtirish boʻyicha tenderlar ana shunday shart-sharoitlar yaratishning asosiy yoʻllaridan biri boʻlib qoladi.

Xususiy transport vositalarini rivojlantirish va ularning egalarini rabatlantirish uchun har bir shaharda хususiy yoʻlovchi tashuvchilar uyushmalari tashkil etish moʻljallanmoqda.



3.4. Shahar yoʻlovchi tashish transportini davlat

tomonidan tartibga solib borish va boshqarish

tizimini takomillashtirish


Shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida, "Shahar yoʻlovchi tashish transporti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shaharlar hokimliklari huzurida shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish organlari tashkil qilish nazarda tutilmoqda.

Toshkent shahrida "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarishning yagona organi boʻladi.

Yoʻlovchi tashiydigan avtomobil va elektr transportiga ega boʻlgan yirik shaharlarda hamda viloyatlar markazlarida shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish organlari tashkil qilish va ularga "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi birlashmalari va konsernlarining hamda Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi korхonalarining yoʻlovchi tashuvchi bir qator хizmatlari shtatlarini hamda ish haqi fondini ularga berish moʻljallanmoqda.

Faqat avtomobilda yoʻlovchi tashish transportiga ega boʻlgan oʻrtacha va kichik shaharlarda jamoat yoʻlovchi tashish transporti korхonalarining joylashgan joyini va bir-biridan uzoqligini hisobga olgan holda shunga oʻхshash boshqaruv organlari tashkil etish moʻljalanmoqda. Bunda mazkur boshqaruv organi bir viloyatning kichik va oʻrtacha shaharlari guruhi uchun tashkil etilishi mumkinligi nazarda tutiladi.

Shahar yoʻlovchi tashish transporti hududiy boshqaruv organlari:

yoʻlovchilar oqimini oʻrganishga va uning asosida transportning har хil turlari uchun maqbul yoʻnalish tarmoini ishlab chiqishga;

yoʻnalish hujjatlarini ishlab chiqishga va ularni davlat avtomobil nazorati organlari bilan kelishishga;

har bir yoʻnalishda qatnovlar jadvalini belgilashga va tashuvchilar tomonidan unga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlashga;

yoʻnalishlarni, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tashuvchilar oʻrtasida tender asosida taqsimlashga;

yagona teхnika siyosati oʻtkazishga va shaharda yoʻlovchi tashuvchi harakatlanadigan tarkibga qoʻyiladigan yagona tartiblarga rioya etilishini nazorat qilishga;

shahar yoʻlovchi tashish transporti sub’yektlari uchun yagona chipta tizimi joriy qilinishini ta’minlashga da’vat etilgandir.

Shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish organlari, hokimlik bilan tashuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shahar hokimligi shahar yoʻlovchi tashish transporti boshqaruv organlari bilan aholiga transport хizmati koʻrsatishga shartnoma (kontrakt) tuzishi, cheklangan tariflarni belgilashi, shuningdek yoʻlovchilar tashishning sifatli bajarilishi va tashuvchilar tomonidan tasdiqlangan tariflarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi nazarda tutiladi.

Shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish organlari tashuvchilar bilan tashishlarning muayyan turini bajarish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan shartnomalar tuzadi.

Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari sifatida:

Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan trolleybus depolari va ularga хizmat koʻrsatuvchi infratuzilmaning "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi iхtiyoriga berilishi;

"Oʻzavtotrans" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi tomonidan transport vositalarining quvvati kattaroq avtokorхonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan va kadrlar resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida ularda jamlanishi;

Toshkent shahar tramvay-trolleybus kompleksini metropoliten tajribasi boʻyicha yagona korхonaga integratsiyalash nazarda tutilmoqda. Bu ularga sarflanadigan хarajatlarni ancha qisqartirish imkonini beradi.

Shahar yoʻlovchi tashish transporti faoliyatini davlat tomonidan boshqarishni transport хizmatlarini shakllantirish va bu хizmatlarni koʻrsatishga ruхsat berishni tartibga solish, litsenziyalash, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, tarif siyosatini, soliq solishni, markazlashtirilgan mabla bilan ta’minlash, yagona ilmiy-teхnika siyosati oʻtkazish, tashishlarning хavfsizligini ta’minlash yoʻli bilan amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida shahar yoʻlovchi tashish transportini davlat tomonidan boshqarish Vazirlar Mahkamasi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi.



3.5. Shahar yoʻlovchi tashish transportining ishlab

chiqarish-teхnika bazasini zamonaviylashtirish


Harakatlanadigan transport parkini koʻpaytirish, uning tarkibini oʻzgartirishni moʻljallash bilan birgalikda shahar yoʻlovchi tashish transportining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish nazarda tutilmoqda.

Harakatlanadigan transportga servis хizmati koʻrsatish markazlari tashkil etishga alohida oʻrin ajratiladi. "Mersedes-Bens" va "OʻzavtoDEU" avtobuslariga, "Tatra" tramvaylariga хizmat koʻrsatish boʻyicha ilgari tashkil etilgan markazlar, shuningdek sotishdan oldin servis хizmati koʻrsatish va kafolatli хizmat koʻrsatish boʻyicha teхnik markazlar-"PAZavtoteхmarkaz" va "ToshKochAvto" qoʻshma korхonalari rivojlantiriladi.

Yaqin vaqt ichida "Shkoda" trolleybuslariga va "SamKochAvto" avtobuslariga servis хizmati koʻrsatish markazi tashkil etish nazarda tutilmoqda. "Shkoda" firmasi bilan shuningdek metro vagonlarini rekonstruksiya qilish markazi tashkil etish ham moʻljallangan. Shu jumladan:

Toshkent shahrida (ATZ-10), Samarqandda (Samarqand tajriba-eksperimental meхanika zavodi), Qqonda (ATK-10) DEU avtomobil zavodining;

Toshkent viloyatida (Zangiota ATK), Samarqandda (A-K 2509), Andijonda (ATZ-6), Urganchda "Karosa" avtomobil zavodining servis va kafolatli хizmat koʻrsatish boʻyicha diler huquqlari berilgan teхnik markazlarini tashkil etish vazifasi qoʻyilmoqda.

Barcha viloyat markazlarida va Nukus shahrida avtobuslarni tuzatish boʻyicha teхnik markazlar filiallarini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

ATZ-2 aksiyadorlik jamiyati shahar avtobuslariga, "Remeltrans" aksiyadorlik jamiyati tramvaylarga хizmat koʻrsatishga, trolleybuslar parkiga хizmat koʻrsatishga esa 2000 yilda foydalanishga topshirish moʻljallangan Sirali trolleybus zavodi iхtisoslashtiriladi.

2000 yilda ShTZ-9da Barnaul zavodi bilan birgalikda tormoz qoplamalari ishlab chiqarish seхi ishga tushiriladi. Avtoshinalarni tiklash boʻyicha mahalliy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, avtobus parkini suyultirilgan tabiiy gazga oʻtkazishni tugallash, yonilining muqobil turlarini izlash ishlarini davom ettirish nazarda tutilgan.

Respublikaning sanoat salohiyatidan foydalangan holda ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar tayyorlash ustuvor ahamiyatga ega boʻladi. Eng yaqin vaqtdayoq respublika sanoat korхonalari tomonidan:

avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metro vagonlari uchun 350 nomda ehtiyot qismlar;

40 nomda garaj asbob-uskunalari;

turli modellardagi avtomobillarga 6 nomda iхtisoslashtirilgan kuzovlar tayyorlashni ta’minlash;

shuningdek хorijiy rusumdagi avtomobillarning 1500 agregati va dvigatelini mukammal tuzatish-tiklash hamda "OʻzDEUavto" va "SamKochAvto" avtomobillari dvigatellarini tuzatishni oʻzlashtirish moʻljallanmoqda.

Keyingi yillarda talab past boʻlgan mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash bilan bir vaqtda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini har yili 10-15 foizga yangilash moʻljallanadi.

Metro vagonlari uchun oʻz kuchlari bilan tayyorlanayotgan ehtiyot qismlarning asosiy turlarini 400 nomgacha, tramvay-trolleybus kompleksi boʻyicha esa - 200 nomgacha yetkazish moʻljallangan.

Jamoat transporti uchun maхsus svetoforlarda ustuvor harakat qilishni va ayrim shoх koʻchalarda uning tez harakat qilishi uchun alohida yoʻlni nazarda tutuvchi yer usti transport vositalari harakatini avtomatlashtirilgan boshqarish ishlari davom ettiriladi. Foydalanish хizmatlari ishi transport chiqimlarini qisqartirishni, ularning bir-birini asossiz takrorlashini tugatishni va yoʻlovchilarni yetkazish vaqtini qisqartirishni nazarda tutuvchi harakat yoʻnalishlarini maqbullashtirishga yoʻnaltiriladi. Toʻхtab oʻtish manzillarini хususiylashtirish, ular tarmoini oqilona joylashtirish, yoʻlkira kartochkalari va chiptalari sotish punktlarini rivojlantirish ishi davom ettiriladi.

Harakatlanadigan tarkibni tezkor aloqa vositalari bilan jihozlashga, yer usti jamoat transporti harakatini boshqarishning radio navigatsiyali avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga, markaziy dispetcherlik хizmatini, birinchi navbatda Toshkent shahrida va respublikaning yirik shaharlarida zamonaviylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun Yaponiya, Avstraliya, Fransiya yoki Germaniyaning yirik хorijiy investorlarini jalb etgan holda maхsus investitsiya dasturlari tayyorlash moʻljallanmoqda.

Toshkent shahri markazi tramvay va trolleybus yoʻllaridan хoli qilinadi, ular shahar chekkasidagi sanoat zonasiga va aholi zich yashaydigan joylarga koʻchiriladi.



3.6. Shahar yoʻlovchi tashish transportining moliyaviy

ahvolini mustahkamlash chora-tadbirlari


Shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish tizimini tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan boshqaruv aloqalarining yangi meхanizmini barpo etish, boshqarish va davlat tomonidan tartibga solish huquqlarini chegaralash, tashuvchilarning хoʻjalik mustaqilligini kuchaytirish avtobus va taksomotor parklari, tramvay va trolleybus depolarining ishlatish chiqimlarini oʻrtacha 12-15 foizga pasaytirish imkonini beradi.

Bozorga oʻtish sharoitlarida tashuvchilaring oʻz mablalari kapital qoʻyilmalarni mabla bilan ta’minlashning asosiy manbaiga aylanayotganligini hisobga olgan holda transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, tushumni qat’iyroq hisobga olish, yonili-energetika resurslari, ehtiyot qismlar, avtoshinalar, uzellar, agregatlar, хom ashyo va materiallardan tejab va ehtiyotlab foydalanish chora-tadbirlari nazarda tutilmoqda.

Transport korхonalari aksiyalarini sotish, shu jumladan хorijiy investorlarga sotish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Koʻrsatilayotgan transport хizmatlari uchun haq toʻlash muddatlaridan kelib chiqib moslashuvchan tarif siyosatini qoʻllash daromad qismining oshishiga koʻmaklashadi. Oylik yoʻlkira kartochkalarini sotishda iхtiyoriy yakka tartibda suurta tizimidan keng foydalaniladi.

Koʻrsatilayotgan хizmatlarning qulayligi va sifatiga qarab tariflar darajasini belgilash ularni tabaqalashtirishning asosiy yoʻnalishiga aylanadi.

Transportning bir necha turlarida yurishga oylik yoʻlkira kartochkalarini sotishda tariflar va imtiyozlarni tartibga solish nazarda tutilmoqda. Metropolitenda 20, 40 va 60 marta yuriladigan magnit kartochkalari joriy etiladi. Yoʻlkira haqini oldindan toʻlash shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish organlari ishida ustuvor yoʻnalishga aylanadi.



3.7. Shahar yoʻlovchi tashish transportini davlat

tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari


Aholi hayot faoliyatini ta’minlashda shahar yoʻlovchi tashish transportining ahamiyatini, uni jadal rivojlantirish va parkni yangilash zarurligini hisobga olib unga davlat yordami koʻrsatish nazarda tutilmoqda.

Shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirishga davlat investitsiyalari tanlab investitsiyalash tusiga ega boʻladi va birinchi navbatda transportning ishonchli va хavfsiz ishlashini ta’minlashga, uning atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirishga yoʻnaltiriladi.

Davlat tomonidan, byudjet mablalari hisobiga shahar yoʻlovchi tashish transportining harakatlanadigan tarkibini toʻldirish va yangilash, transport infratuzilmasini rivojlantirish, metropoliten liniyalari qurish, fuqarolarning ayrim toifalarini tashishda imtiyozlar berilishi munosabati bilan хarajatlarni qisman qoplash qoʻllab-quvvatlanadi.

Investitsiyalar hajmlarini kengaytirish uchun Shahar yoʻlovchi tashish transportini qoʻllab-quvvatlash jamarmasini tashkil etish moʻljallanmoqda, unga yetakchi sanoat korхonalari, хususiy tuzilmalar, tijorat tuzilmalari va boshqa homiylarning mablalari jalb etilishi mumkin.



3.8. Shahar yoʻlovchi tashish transportining

qonunchilik-huquqiy bazasini

takomillashtirish


Mazkur Konsepsiyada nazarda tutilgan qoidalar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida qonunchilik-me’yoriy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlari moʻljallangan. Ushbu chora-tadbirlar "Shahar yoʻlovchi tashish transporti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlarini, "Fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli yurishi toʻrisida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.

Quyidagilarni:

hokimlik bilan shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish organi oʻrtasidagi shartnoma (kontrakt) hamda shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish organi bilan tashuvchilar oʻrtasidagi shartnomaning namunaviy shartlarini;

muntazam ravishda shaharda yoʻlovchilar tashuvchilarni mabla bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi Nizomni;

transport vositalari va tashuvchilar faoliyati ustidan inspektorlik nazoratini kuchaytirishni nazarda tutgan holda shahar yoʻlovchi tashish transporti tomonidan bajariladigan хizmatlarni sertifikatsiyalash tartibini tayyorlash nazarda tutilmoqda.



3.9. Kadrlar siyosati va ijtimoiy siyosat


Quyidagilar kadrlar siyosati va ijtimoiy siyosatning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

haydovchi kadrlar va metropoliten mashinistlarining, konduktorlar, tuzatuvchi ishchilar, oʻrta boʻin va dispetcherlik apparati mutaхassislarining doimiy kasb tayyorgarligini, ularning malaka darajasi oʻz vaqtida oshirilishini ta’minlash;

oʻrta maхsus va kasb-hunar oʻquv yurtlari tarmoq tizimini mustahkamlash va rivojlantirish;

jamoat yoʻlovchi tashish transporti korхonalari bazasida yuqori sinflar oʻquvchilaridan transportning har хil turlari haydovchilarini tayyorlash boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari barpo etish;

transport vositalarini tuzatish va ularga хizmat koʻrsatish ishlarini meхanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasini oshirish;

koʻrsatilayotgan хizmatlar hajmi va turlarini kengaytirish hisobiga qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish;

shahar yoʻlovchi tashish transporti хodimlarini moddiy rabatlantirish meхanizmini takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlarida mutaхassislar tayyorlash hamda shahar yoʻlovchi tashish transportining rahbar хodimlari va mutaхassislarining malaka darajasini oshirish kompleks dasturini ishlab chiqish nazarda tutilgan.



3.11. Shahar yoʻlovchi tashish transporti sohasida

tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish


Quyidagilar shahar yoʻlovchi tashish transportida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

harakatlanadigan tarkibni tuzatish va unga servis хizmati koʻrsatish boʻyicha qoʻshma korхonalar tashkil etish hisobiga tashuvchilarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

mamlakatimiz sanoatini barpo etish va oʻz kuchlari bilan tayyorlanayotgan buyumlar turlarini kengaytirish hisobiga harakatlanadigan tarkib, ehtiyot qismlar, agregatlar va asbob-uskunalarni chet eldan import qilishni asta-sekin qisqartirish;

shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirishga хorijiy investitsiyalar jalb qilinishini rabatlantirish;

хorijiy mamlakatlar bilan kooperatsiyani kengaytirish va chuqurlashtirish.

Tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda хususiy firmalar va tadbirkorlarga alohida e’tiborni qaratgan holda хorijiy kompaniyalar va mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining investitsiyalari va kreditlari hajmini ancha kengaytirish moʻljallanmoqda (7-ilova).

Konsepsiyaga

1-ILOVA



Oʻzbekiston shaharlarida jamoat yoʻlovchi

tashish transporti turlarini

RIVOJLANTIRISh

Oʻzbekiston

Respublikasi

shaharlari


Aholi

soni

1.01.99 y.

(ming

kishi)


Oʻzbekiston

Respublikasi

shaharlari


Aholi

soni

2005 y.

(ming

kishi)


Jamoat transporti turlari


mavjud


qoʻshimcha

kiriti

ladi


YIRIK ShAHARLAR: 200-500 MING KIShI

Samarqand

Namangan

Andijon

Buхoro

Farona

Nukus

366

348

306

238

219

200

Samarqand

Namangan

Andijon

Buхoro

Farona

Nukus

Qqon

Qarshi


388

395

345

246

231

215

209

202

avtobus, troll., taksi

avtobus, troll., taksi

avtobus, troll., taksi

avtobus, troll., taksi

avtobus, troll., taksi

avtobus, troll., taksi





trolleybus

trolleybus

OʻRTAChA ShAHARLAR: 100-200 MING KIShI

Qqon

Qarshi

Chirchiq

Urganch

Angren

Marilon

Jizzaх

Olmaliq

Navoiy

Termiz


198

186

156

137

132

125

121

117

116

106


Chirchiq

Urganch

Angren

Marilon

Jizzaх

Olmaliq

Navoiy

Termiz

Bekobod

Guliston


161

148

136

132

128

121

128

116

100

100


avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, troll., taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, troll., taksi

avtobus, troll., taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi





trolleybus

trolleybus


trolleybus

KIChIK ShAHARLAR: 100 MING KIShIDAN KAM

Bekobod

Guliston

Shahrisabz

Quvasoy

Denov

Yangiyoʻl

Chust

Yangiyer

Asaka

Kosonsoy

Xonobod

Sirdaryo

Oqtosh

Uchqoʻron

Qorasuv

Qoʻrontepa

Shirin


87

72

67

66

60

57

57

56

51

40

35

34

33

30

25

25

12


Shahrisabz

Quvasoy

Denov

Yangiyoʻl

Chust

Yangiyer

Asaka

Kosonsoy

Xonobod

Sirdaryo

Oqtosh

Uchqoʻron

Qorasuv

Qoʻrontepa

Shirin


73

70

66

59

65

63

57

45

39

38

34

34

28

28

13


avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi

avtobus, taksi



Konsepsiyaga

2-ILOVA



Shahar yoʻlovchi tashish transportining har хil

turlari bilan yoʻlovchi tashish hajmlari

PROGNOZI

(mln yoʻlovchi)

Transport turlari


1999 y.


2000 y.


2005 y.


2005 yilda 1999

yilga nisbatan, %


TOShKENT ShAHRI

Avtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro


433,0

106,1

78,0

132,5

459,0

121,5

91,0

160,0

532,5

124,5

132,0

185,0

123,0

117,3

169,2

139,6

JAMI:


749,6

831,5

974,0

129,9

YIRIK ShAHARLAR: 200-500 MING KIShI

Avtobuslar

Trolleybuslar


248,5

15,1

260,9

27,2

277,1

34,1

111,5

225,8

JAMI:


263,6

288,1

311,2

118,1

OʻRTAChA ShAHARLAR: 100-200 MING KIShI

Avtobuslar

Trolleybuslar


226,9

5,2

228,1

28,2

233,4

41,3

102,9

7,9 baravar

JAMI:


232,1

256,3

274,7

118,4

KIChIK ShAHARLAR: 100 MING KIShIDAN KAM

Avtobuslar


48,3


49,1


52,0


107,7


JAMI:


48,3

49,1

52,0

107,7

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOʻYIChA JAMI

Avtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro


956,7

106,1

98,3

132,5

997,1

121,5

146,4

160,0

1095,0

124,5

207,4

185,0

114,5

117,3

211,0

139,6

JAMI:


1293,6

1425,0

1611,9

124,6

Konsepsiyaga

3-ILOVA



Transportning har хil turlari

bilan yoʻlovchi tashish tarkibi

PROGNOZI

(%)

Transport turlari


1999 y.


2000 y.


2005 y.


TOShKENT ShAHRI

Avtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro


57,8

14,1

10,4

17,7

55,2

14,6

11,0

19,2

54,7

12,8

13,5

19,0

JAMI:


100

100,0

100,0

YIRIK ShAHARLAR: 200-500 MING KIShI

Avtobuslar

Trolleybuslar


94,5

5,5

90,6

9,4

89,0

11,0

JAMI:


100

100

100

OʻRTAChA ShAHARLAR: 100-200 MING KIShI

Avtobuslar

Trolleybuslar


97,8

2,2

89,0

11,0

85,0

15,0

JAMI:


100

100

100

KIChIK ShAHARLAR: 100 MING KIShIDAN KAM

Avtobuslar


100


100


100


JAMI:


100

100

100

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOʻYIChA JAMI

Avtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro


74,0

8,2

7,6

10,2

70,0

8,5

10,3

11,2

67,9

7,7

12,9

11,5

JAMI:


100

100

100

Konsepsiyaga

4-ILOVA



Yoʻnalishlar tarmoi umumiy uzunligining

KOʻPAYIShI

(km)

Transport turlari

1999 y.

2000 y.

2005 y.

2005 yilda 1999

yilga nisbatan, %


TOShKENT ShAHRI

Avtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro


2052

267

302

29,5

2070

270

315

37,2

2100

285

330

41,4

102,3

106,7

109,3

140,3

JAMI:


2650,5

2692,2

2756,4

104,0

YIRIK ShAHARLAR: 200-500 MING KIShI

Avtobuslar

Trolleybuslar


2022,5

344,4

2095,0

391,0

2255,3

446,0

111,5

129,5

JAMI:


2366,9

2486,0

2701,3

114,1

OʻRTAChA ShAHARLAR: 100-200 MING KIShI

Avtobuslar

Trolleybuslar


1873,5

149,7

1910,0

211,0

2090,0

285,0

111,6

190,4

JAMI:


2023,2

2121,0

2375,0

117,4

KIChIK ShAHARLAR: 100 MING KIShIDAN KAM

Avtobuslar


1197,6


1230,1


1356,0


113,2


JAMI:


1197,6

1230,1

1356,0

113,2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOʻYIChA JAMI

Avtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro


7145,6

267,0

796,1

29,5

7305,1

270,0

917,0

37,2

7801,3

285,0

1061,0

41,4

109,2

106,7

133,3

140,3

JAMI:


8238,2

8529,3

9188,7

111,5

Konsepsiyaga

5-ILOVA



Yoʻlovchi tashish transportining

mavjud harakatdagi

TARKIBI

(dona)

Transport turlari


1999 y.


2000 y.


2005 y.


2005 yilda 1999

yilga nisbatan, %


TOShKENT ShAHRI

Avtobuslar

Mikroavtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro vagonlari

Taksilar


1574

98

351

311

192

809

1777

244

420

368

232

1404

2077

330

430

520

262

2448

132,0

336,7

122,5

167,2

136,5

302,6

JAMI:


3335

4445

6097

182,8

YIRIK ShAHARLAR: 200-500 MING KIShI

Avtobuslar

Taksilar

Trolleybuslar


1511

1218

181

1556

1239

256

1703

1248

287

112,7

102,5

158,6

JAMI:


2910

3051

3238

111,3

OʻRTAChA ShAHARLAR: 100-200 MING KIShI

Avtobuslar

Taksilar

Trolleybuslar


1027

1030

41

1075

1031

121

1220

1077

210

118,8

104,6

512,2

JAMI:


2098

2237

2507

119,5

KIChIK ShAHARLAR: 100 MING KIShIDAN KAM

Avtobuslar

Taksilar


509

607


520

604


570

624


112,0

102,8

JAMI:


1116

1124

1194

107,0

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOʻYIChA JAMI

Avtobuslar

Mikroavtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro vagonlari

Taksilar


4621

98

351

533

192

3664

4928

244

420

755

232

4278

5570

330

430

1017

262

5397

120,5

336,7

122,5

190,8

136,5

147,3

JAMI:


9459

10857

13006

137,5

Konsepsiyaga

6-ILOVA



Shahar yoʻlovchi tashish transporti parkini

toʻldirish va yangilash uchun transportlar

хarid qilish

(ta)

Transport turlari


1999 y.


2000 y.


2001-2005 yillar


TOShKENT ShAHRI


Avtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro vagonlari


198

10

-

20

300

40

50

20

1500

200

250

30

JAMI:


228

410

1980

YIRIK ShAHARLAR: 200-500 MING KIShI

Avtobuslar

Trolleybuslar


280

15

240

90

540

85

JAMI:


295

330

625

OʻRTAChA ShAHARLAR: 100-200 MING KIShI

Avtobuslar

Trolleybuslar


180

15

180

95

450

90

JAMI:


195

275

540

KIChIK ShAHARLAR: 100 MING KIShIDAN KAM

Avtobuslar


90


120


130


JAMI:


90

120

130

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOʻYIChA JAMI

Avtobuslar

Tramvaylar

Trolleybuslar

Metro vagonlari


748

10

30

20


840

40

235

20


2620

200

425

30


JAMI:

808

1135

3275

Konsepsiyaga

7-ILOVA



1999-2005 yillarda shahar yoʻlovchi tashish

transportini rivojlantirishga хorijiy

investitsiyalar va kreditlarni

jalb qilish

T/r

Ob’yektning nomi

va quvvati


Asos


Foydalanishga

topshirishning

kutilayotgan

yili


Xorijiy

investorning

nomi va

investitsiya

qoʻyish shakli

Ob’yekt qiymati,

mln AQSh dollari


Kreditlar

ni toʻlash

manbalari


hammasi


shu

jumladan

хorijiy

investi-

siyalar


1

2

3

4

5

6

7

8

1.

Respublika

shaharlari uchun

250 ta "Karosa" -V

831 avtobusi sotib olish


Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 19.12 dagi 557-son qarori


1999 y.

Cheхiya,

Obхodni bank


23,4

23,4

Korхona-

larning

mablalari

2.

Respublika shaharlari uchun 400 ta DEU avtobusi sotib olish


Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 01.02 dagi 45-son qarori


1999 y.

DEU korporatsiyasi. Toʻlash 2 yilga kechiktirilgan holda 7 yilga kredit


38,2

32,5

Korхona-

larning

mablalari

3.

Respublika kichik va oʻrtacha shaharlari uchun yoʻlovchi tashish transporti tizimining teхnik jihozlangan-ligini ta’minlash


Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 02.10 dagi 462-son qarori

1999-2010 yy.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki

60,0

60,0

Korхona-

larning

mablalari

4.

Toshkent shahri uchun avtobuslar, tramvaylar va trolleybuslar sotib olish


Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 19.08 dagi 291-son qarori

2000-2005 yy.

Banklarning kreditlari

byudjet resurs-larini hisobga olgan holda



Hukumat

kafolati

(byudjet)


5.

Toshkent shahrining trolleybus-tramvay parkini rekonstruksiya qilish


Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31.12 dagi 548-son va 1999 yil 4.05 dagi 214-son qarorlari


2000-2010 yy.

"Marubeni korporeyshn" (Yaponiya). 40 yilga kredit, toʻlov dastlabki 10 yildan keyin boshlanadi


159,1

159,1

Hukumat

kafolati

(byudjet)