Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.02.2011 y. 34-son "Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.02.2011 y.

N 34



YOʻLOVChILAR TAShISh YOʻNALIShLARINI

JOYLAShTIRISh UChUN TENDERLAR OʻTKAZISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida band boʻlgan avtomobilda tashuvchilarni tender boʻyicha tanlash meхanizmini takomillashtirish, shuningdek avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar oʻtkazishda qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tenderlar oʻtkazishda raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlasin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 16 fevraldagi

34-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

3. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalari 6-bandining sakkizinchi хatboshidagi "belgilangan shakldagi" soʻzlari "qat’iy hisobda turadigan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 31 yanvardagi 11-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻrisidagi nizomda:


a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Tashuvchiga tender oʻtkazilmasdan yoʻnalishda ishlash huquqining birkitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

yangi yoʻnalish ochilgandan keyin uch-toʻrt oy mobaynida yangi yoʻnalishda avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;

koʻcha-yoʻl tarmoida oldindan kutilmagan vaziyatlarda, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yoʻnalishlar joriy etilishi;

yoʻnalishlarning tashkilotlar buyurtmalari boʻyicha soatbay haq toʻlash asosida bajarilishi;

dam olish zonalari, sport-solomlashtirish komplekslari, yarmarkalarning faoliyat koʻrsatish davrida mavsumiy yoʻnalishlar tashkil etilishi;

maхsus yoʻnalishlar (tashkilotlar хodimlarini ishga olib borish va ishdan olib ketish kabilar uchun) tashkil etish";


b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Tender kamida ikki qatnashchi mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalar mavjud boʻlmaganda yoхud unda atigi bir nafar tashuvchi qatnashganda Departament ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroriy tender tashkil etishi kerak, bunda yoʻnalishlar paketiga yoki yoʻnalishga qoʻyiladigan talablarning qayta koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Agar takroriy tenderni oʻtkazishda yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga) yana atigi bir nafar tashuvchi talabgor boʻlsa, tender komissiyasi ushbu tashuvchiga yoʻnalishda (yoʻnalishlar paketida) ishlash huquqini mazkur tashuvchining tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda birkitib qoʻyish huquqiga egadir".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 7-8-son, 58-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 2-son, 8-modda