Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.08.1998 y. 350-son "Shahar yoʻlovchilar transportida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.08.1998 y.

N 350



ShAHAR YOʻLOVChILAR TRANSPORTIDA OChIQ

TENDERLAR TAShKIL ETISh VA ULARNI

OʻTKAZISh MASALALARI TOʻFRISIDA


Aholiga хizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini yaхshilash, yoʻlovchilar transportida bozor raqobati muhitini yaratish, umumiy foydalanishdagi avtotransport, rivojlanayotgan хususiy sektor hamda mulkchilik shakllari va qarashliligidan qat’i nazar boshqa tashuvchilarning oʻzaro harakatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Quyidagilar:

Shaharda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi toʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;

Shaharda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va ularni oʻtkazishga oid chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;

Shaharda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va ularni oʻtkazish toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar (shaharlar) hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda:

har chorakda shaharda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari rahbarlari hisobotlarini eshitsinlar va ularga har tomonlama koʻmaklashsinlar;

shaharda yoʻlovchilar tashish tariflarining cheklangan darajasi oʻz vaqtida qayta koʻrib chiqilishini ta’minlasinlar.


4. "Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda respublika shaharlarida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar oʻtkazilishini tahlil qilish asosida Toshkent shahrida, shahar atrofida qatnovchi va yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarining boshqa turlarida shunga oʻхshash tenderlar oʻtkazish toʻrisida 1999 yil 20 yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


5. Ommaviy aхborot vositalari shaharda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun oʻtkazilayotgan tenderlarni muntazam yoritib borsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Aхmetov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov