Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirining 24.10.2012 y. 77-son "Cheklangan tariflar boʻyicha aholi tashishda muntazam shahar yoʻlovchilar tashuvini bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻgʻrisidagi nizom va unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 09.11.2012 y. 963-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.11.2012 y.

N 963-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRINING

24.10.2012 y.

N 77


BUYRUI



Cheklangan tariflar boʻyicha aholi tashishda

muntazam shahar yoʻlovchilar tashuvini bajarish

bilan  band  boʻlgan  tashuvchilarni  moliyalash

toʻrisidagi nizom va unga oʻzgartirishlarni

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida


(2012 yil 19 noyabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17 sentyabrdagi 273-sonli "Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 38-son, 437-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000 yil 17 avgustda 76-son bilan tasdiqlangan Cheklangan tariflar boʻyicha aholi tashishda muntazam shahar yoʻlovchilar tashuvini bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 963, 2000 yil 30 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2000 y., 16-son);

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008 yil 3 iyuldagi 70-son "Cheklangan tariflar boʻyicha aholi tashishda muntazam shahar yoʻlovchilar tashuvini bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi buyruq (roʻyхat raqami 963-1, 2008 yil 16 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 29-30-son, 288-modda).


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda "Toshshahartransхizmat" uyushmasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Vazir                                                                                                 R. Azimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 45-son, 519-modda