Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.05.2012 y. 132-son "Xayraton - Mozori Sharif" temir yoʻl liniyasi хodimlari va mol-mulkining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha ob’yektlar va inshootlar qurish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.05.2012 y.

N 132



"XAYRATON - MOZORI ShARIF"

TEMIR YOʻL LINIYaSI XODIMLARI

VA MOL-MULKINING XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA OB’YeKTLAR

VA INShOOTLAR QURISh TOʻRISIDA


Temir yoʻl infratuzilmasini qoʻshimcha ravishda rivojlantirish hamda "Xayraton - Mozori Sharif" temir yoʻlidan foydalanish va unga хizmat koʻrsatish" loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi хodimlarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2011 yil 7 dekabrda Afoniston Islom Respublikasining Jamoat ishlari vazirligi bilan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi oʻrtasida 2009 yil 27 noyabrdagi MRW/ADV/0161/001-kontraktga "Xayraton - Mozori Sharif" liniyasi хodimlari va temir yoʻl infratuzilmasi хavfsizligini ta’minlash boʻyicha inshootlar qurish toʻrisida 3-qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda 3-qoʻshimcha bitim deb ataladi) imzolanganligi, qurilishga Afoniston tomoni buyurtmachi hisoblanishi;

stansiyalar, yuklar saqlanadigan maydonlar va raz’yezdlar perimetri boʻyicha toʻsiqlar oʻrnatish, stansiyalar va raz’yezdlar perimetral toʻsiini хavfsizlik priborlari bilan jihozlash, butun trassa boʻylab hamda stansiyalar, yuklar saqlanadigan maydonlar va raz’yezdlarda kuzatuv minoralari oʻrnatish ishlarining umumiy qiymati 3-qoʻshimcha bitimga muvofiq 3 672 310,75 AQSh dollarini tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 3-qoʻshimcha bitim doirasida ob’yektlarni metall panjaralar bilan toʻsish, temir yoʻl liniyasi boʻylab minoralar oʻrnatish va хavfsizlikni ta’minlash asbob-uskunalari bilan jihozlash boʻyicha bajariladigan ishlar hajmiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xayraton - Mozori Sharif" oʻrtasidagi temir yoʻl liniyasini loyihalashtirish, qurish, oʻrnatish va foydalanishga topshirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 20 noyabrdagi 298-son qarorining 4 - 8-bandlari tatbiq etilsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 20-son, 218-modda