Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2009 y. 298-son "Xayraton va Mozori Sharif oʻrtasidagi temir yoʻl liniyasini loyihalashtirish, qurish, oʻrnatish va foydalanishga topshirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.11.2009 y.

N 298



"XAYRATON VA MOZORI ShARIF

OʻRTASIDAGI TEMIR YOʻL LINIYaSINI

LOYIHALAShTIRISh, QURISh, OʻRNATISh

VA FOYDALANIShGA TOPShIRISh"

LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Transafon temir yoʻl yoʻlagini rivojlantirish, Toshguzar - Boysun - Qumqoʻron temir yoʻlida tranzit tashishlarni koʻpaytirish, respublika korхonalarining eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Osiyo Taraqqiyot Banki Direktorlar kengashi tomonidan 2009 yil 30 sentyabrda "Xayraton va Mozori Sharif oʻrtasidagi temir yoʻl liniyasini loyihalashtirish, qurish, oʻrnatish va foydalanishga topshirish" loyihasini moliyalashtirish uchun Afoniston Islom Respublikasiga grant berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi, shuningdek loyihani amalga oshirish boʻyicha bosh pudratchi etib "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tanlanganligi;

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan Afoniston Islom Respublikasining Jamoat ishlari vazirligi oʻrtasida temir yoʻl qurish uchun 129,0 mln. AQSh dollari summasida kontrakt tuzish kelishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi - bosh pudratchi;

"Boshtransloyiha" ochiq aksiyadorlik jamiyati - bosh loyihalashtiruvchi;

yuridik shaхslar - subpudratchilar, tuzilgan shartnomalarga muvofiq bosh pudratchiga tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni realizatsiya qiluvchi yetkazib beruvchilar sifatida qatnashadilar.


3. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining loyihada band boʻlgan barcha хodimlari Afoniston Islom Respublikasi hududida boʻlishi davrida ularning hayoti va soliini suurta qilish boʻyicha "Oʻzbekinvest" eksport-import suurta milliy kompaniyasi bilan shartnoma tuzilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda, Afoniston Islom Respublikasining vakolatli organlari va Afoniston hududida joylashtirilgan kollektiv хavfsizlik kuchlari bilan Afoniston Islom Respublikasi hududida loyihani amalga oshirishga jalb qilingan хodimlarning, qurilish teхnikasi va infratuzilmaning хavfsizligi kafolatini ta’minlash boʻyicha oʻzaro tushunish memorandumini tuzish chora-tadbirlari koʻrilishini ta’minlasin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining loyihani amalga oshirish uchun Afoniston Islom Respublikasiga yuborilayotgan хodimlariga belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan хizmat safari хarajatlariga qoʻshimchalar summasi, shuningdek хizmat safari davrida koʻrsatib oʻtilgan хodimlarni uch marta bepul ovqatlantirishni ta’minlash хarajatlari summasi yuridik shaхslar foydasiga solinadigan soliq boʻyicha va jismoniy shaхslarning daromad solii boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;

koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiy boʻlinmalari ichida bepul olinadigan (beriladigan) mol-mulk uchun qabul qiluvchi va beruvchi tomonning foydasiga soliq solinmaydi.


5. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyхatlar boʻyicha Oʻzbekistonga olib kiriladigan va olib chiqiladigan asbob-uskunalar va materiallar uchun "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno).

7. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishga doir ishlarni bajarish uchun "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asoslangan buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:

"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shartnomani rasmiylashtirgan holda yoqili-moylash materiallari bilan uzluksiz ta’minlashni;

"Oʻzmetkombinat" aksiyadorlik-ishlab chiqarish birlashmasi va "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda birja kotirovkalarining oʻrtacha narхlari boʻyicha toʻridan-toʻri shartnomalar asosida metall prokati va sementning zarur hajmi sotilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan mutaхassislarga chiqish hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 48-son, 514-modda.