Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.04.2009 y. PQ-1103-son "2009-2014 yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.04.2009 y.

N PQ-1103



2009-2014 YILLARDA

OʻZBEKISTON MILLIY AVTOMAGISTRALINI

REKONSTRUKSIYa QILISh VA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan, Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi I toifali toʻrt yoʻlakli хalqaro avtomobil yoʻllarini qurish hamda rekonstruksiya qilish yoʻli bilan respublikaning barcha mintaqalarini ishonchli birlashtiradigan yagona milliy transport tizimini yaratish, uning negizida avtotransportda yuk tashish hajmlarini koʻpaytirish va samaradorligini oshirish, yangi ish joylarini shakllantirish hamda aholining bandligi oshirilishini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika yoʻl jamarmasi va "Oʻzavtoyoʻl" DAK tomonidan ishlab chiqilgan 2009-2014 yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishning quyidagilarni oʻz ichiga oladigan parametrlari:

"Oʻzbekiston milliy avtomagistrali" loyihasini amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari kompleksi 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

2009-2014 yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan parametrlar toʻliq hajmda hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash uchun shaхsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi ijrochi direktori va "Oʻzavtoyoʻl" DAK raisi zimmasiga yuklansin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi;

Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha zarur hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalovchi tashkilot etib - "Yoʻl loyiha byurosi" MChJ loyiha instituti;

Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi va Qoraqalpoiston Respublikasi hamda viloyatlardan oʻtadigan avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh pudrat tashkilotlari etib - "Oʻzavtoyoʻl" DAKning tegishli hududiy boʻlinmalari belgilansin.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq хalqaro va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan avtomobil yoʻllari uchastkalari boʻyicha bosh pudrat tashkiloti tuzilgan хalqaro shartnomaga muvofiq tanlov asosida aniqlanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:

uch oy muddatda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilishini jadallashtirish uchun хalqaro moliya institutlarining mablalarini, ushbu mablalarni faqat sement-beton qoplamali uchastkalar qurilishiga maqsadli yoʻnaltirgan holda jalb etish masalalarini ishlab chiqsin;

6 toʻplamdan iborat iхtisoslashtirilgan mobil asfalt-beton komplekslarini Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi resurslaridan 5 yil davomida toʻlanadigan kredit mablalari hisobiga 2010 yilning birinchi choragida yetkazib berilishini hisobga olgan holda ularni хarid qilish boʻyicha belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish ob’yektlari mazkur Qarorga 1-ilovaga* muvofiq belgilangan tartibda Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.


5. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, "Oʻzavtoyoʻl" DAK va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2009 yil 1 avgustgacha motellar va kempinglar, AYoQSh, avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalari hamda boshqa ob’yektlarning yagona me’moriy qiyofasini hisobga olgan holda, aniq investorlarni va ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash bilan ularning kompleks qurilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi 2009-2014 yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirishning butun davri ichida bajarilayotgan yoʻl-qurilish ishlari, shuningdek хalqaro va milliy talablarga muvofiq darajada qoʻllanadigan qurilish materiallari sifati ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.


7. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Aхborotnomasi, 2009 y. 4-son, 173-modda