Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirligining 39-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 55/QQ-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 33/QQ-son "Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi ta’lim muassasalari oʻquvchilarining bilimini baholash uchun test savollarini tuzish va test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi 09.12.2013 y. Qarori (AV tomonidan 23.12.2013 y. 2271-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.12.2013 y.

N 2271-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

09.12.2013 y.

N 39


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGINING

09.12.2013 y.

N 55/QQ


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT TEST MARKAZINING

09.12.2013 y.

N 33/QQ


QARORI


Avtomototransport vositalari va shahar elektr

transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash

va  qayta  tayyorlash  bilan  shuullanuvchi  ta’lim

muassasalari oʻquvchilarining bilimini baholash

uchun test savollarini tuzish va test sinovlarini

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 9 oktyabrdagi PQ-2048-son "Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 41-son, 545-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 noyabrdagi 308-son "Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 46-son, 604-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011 yil 29 iyuldagi 7, 316 va 89-01-2090-son qarori (roʻyхat raqami 2271, 2011 yil 30 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 40-son, 416-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shuullanuvchi ta’lim muassasalari oʻquvchilarining bilimini baholash uchun test savollarini tuzish va test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom muqaddimasining ikkinchi хatboshisidagi "Toshshahartransхizmat" uyushmasi" degan soʻzlar "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ichki ishlar vaziri

B. Matlyubov

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

B. Xodiyev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazi direktori

     

B. Ismoilov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 30 dekabr, 52-son, 697-modda