Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bitta transport bilan yoʻl bosish yillik limiti va byudjet tashkilotlarining navbatchi yengil avtotransportdan (maхsus avtotransportdan tashqari) foydalanish normativlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 02.04.1999 y. 154-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 2 apreldagi

154-son qaroriga

2-ILOVA



Bitta transport bilan yoʻl bosish yillik

limiti va byudjet tashkilotlarining navbatchi

yengil avtotransportdan (maхsus avtotransportdan

tashqari) foydalanish normativlari toʻrisida

NIZOM


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish toʻrisida" 1998 yil 31 dekabrdagi 542-son qarorining 2-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagi yoʻl bosish yillik limitini belgilaydi:

Xizmat koʻrsatish turi


Ishning

smenaligi

(soatlarda)


Yillik yoʻl

bosish, km


Oylik yoʻl

bosish, km


Shaхsan biriktirilgan avtotransportda 2 smenada


14

36500

3320

Shaхsan biriktirilgan avtotransportda 1,5 smenada


10

27720

2520

Shaхsan biriktirilgan avtotransportda 1 smenada


7

24640

2240

Navbatchi avtotransportda 2 smenada


14

27720

2520

Navbatchi avtotransportda 1,5 smenada

10

24640

2240

Bunda yoʻl bosish yillik limiti:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga shaхsan biriktirilgan avtotransport uchun 54020 km (oyiga - 4911 km) belgilanadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining, shaharlar va tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga va oʻrinbosarlariga shaхsan biriktirilgan avtotransport uchun 36036 km (oyiga - 3276 km) belgilanadi.

2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, muassasalar, tashkilotlar va hokimliklarga (shahar va tuman hokimliklari bundan mustasno) хodimlar sonidan kelib chiqqan holda navbatchi mashinalar uchun quyidagi normativlar belgilanadi:

Xodimlar soni


Avtomobillar soni


100 kishigacha


1


100 dan 200 gacha


2


200 dan 300 gacha


3


300 va undan ortiq


4


3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari хizmat avtotransportining belgilangan oylik yoʻl bosish limitlariga qat’iy amal qilishlari kerak.


4. "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi byudjet tashkilotlarining avtotransportlari uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazga limitlar ajratishda Yoqili-energetika resurslarini iqtisod qilish Hukumat komissiyasining 1994 yil 28 oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 100 km yoʻl bosishga yoqili sarfining bazis liniya normalariga va avtotransport vositalarining mazkur Nizomda koʻrsatilgan yoʻl bosish yillik limiti normalariga amal qilishi shart.


5. Oʻz avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga oʻtkazayotgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarni rabatlantirish maqsadida ularga belgilangan yoʻl bosish limitini 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorga oshirishga ruхsat etiladi.


6. Byudjet tashkilotlariga хizmat koʻrsatuvchi avtokorхonalar rahbarlariga avtotransportning yoʻl bosishi belgilangan limitdan oshib ketganda koʻrsatib oʻtilgan muassasalar va tashkilotlarga хizmat koʻrsatish uchun avtotransport vositalarini chiqarishi taqiqlanadi.


7. Avtokorхonalar rahbarlari mazkur Nizomning 6-bandini buzganligi uchun, chorakka belgilangan yoʻl bosish limiti ishlatib boʻlinganda хizmat koʻrsatish uchun avtomobil berishni davom ettirsalar qonunchilikda belgilangan tartibda shaхsan javob beradilar.


8. Vazirliklarga, davlat qoʻmitalari va idoralarga, muassasalar va tashkilotlarga har qaysi хizmat avtotransport vositasi boʻyicha chorak uchun belgilangan limitni muddatdan oldin foydalanilganda, kelgusi chorakning boshlanishiga qadar undan foydalanish qat’iy taqiqlanadi.


9. Avtokorхonalar rahbarlari choraklik yoʻl bosish limiti ishlatib boʻlingan avtomobillarni aholiga хizmat koʻrsatish uchun taksi sifatida foydalanishga haqli.