Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 19.01.2013 y. 10-son "OʻzDEU avto" AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarning jismoniy shaхslar oʻrtasidagi oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 08.02.2013 y. 529-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.02.2013 y.

N 529-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

19.01.2013 y.

N 10


BUYRUI



"OʻzDEU avto" AJda ishlab chiqarilgan

avtomobillarning jismoniy shaхslar oʻrtasidagi

oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash

qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb

hisoblash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 11 avgustdagi 180-son "Vazirlar Mahkamasining "OʻzDEU avto" AJ mahsulotini eksport qilishni rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 17 iyundagi 302-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 33-son, 317-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. "Oʻzbeksavdo" AK va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1998 yil 10 noyabrda 05-1/18-180, 24/8-1772-son bilan tasdiqlangan "OʻzDEU avto" AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarning jismoniy shaхslar oʻrtasidagi oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalari" (roʻyхat raqami 529, 1998 yil 11 noyabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                                B. Matlyubov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 11 fevral, 6-son, 80-modda