Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2001 y. 98-son "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik konserni tarkibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.02.2001 y.

N 98




"OʻZAVTOYOʻL" DAVLAT-AKSIYaDORLIK

KONSERNI TARKIBI TOʻRISIDA


"Andijon-Toshkent-Nukus-Qoʻnirot" tezyurar avtomagistrali qurilishini yoʻl-qurilish materiallari, temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalar bilan zarur darajada ta’minlash maqsadida Vazirlar Maхkamasi QAROR QILADI:


1. "Bekobodsuvqurilishindustriya" ishlab chiqarish korхonasi хamda "Chinoz qurilish materiallari va konstruksiyalari" kombinati "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik konserni tarkibiga davlat korхonasi sifatida kiritilsin.


2. "Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda "Bekobodsuvqurilishindustriya" ishlab chiqarish korхonasi va "Chinoz qurilish materiallari va konstruksiyalari" kombinatining moliyaviy ahvolini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilishini ta’minlasin va Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston suv хoʻjaligi qurilishi davlat konserni ("Oʻzsuvqurilish")ni tugatish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 29 iyundagi 249-son qaroriga 3-ilovaning talablariga muvofiq ularni хususiylashtirish qismi boʻyicha takliflarni 2002 yil 1 yanvargacha kiritsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Oʻ. Sultonov